§ 2. UMUMIY O’RTA TA`LIMDA KASBGA YO’NALTIRISH
ISHLARINING TUZILMASI VA MAZMUNI
Umumiy o’rta ta`lim maktablarini bitirgan o’quvchilarning taxminan 90%
kasb-hunar kollejlariga, 10% esa akademik litseylarga o’qishga borishlari
mo’ljallangan. Bunday ijtimoiy talablarni qondirish maqsadida maktabda kasbga
yo’naltirish yuzasidan olib boriladigan ishlarni mazmunan yangilash, izchil yo’lga
14
qo’yish zarurligi yuzaga kelmoqda. Dars jarayonida xalq ho’jaligida bevosita
ishlab chiqarish bilan mashg`ul mehnat ahllariga hurmat va izzat tuyg`ularini
singdirib borishga alohida e`tibor qaratish lozim.
Kasb-hunarga yo’llash bo’yicha olib boriladigan ishlarning barcha shakl va
metodlari o’quvchilarning maqsadli ravishda kasb tanlashlariga xizmat qilishi
lozimdir.
Maktabda kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini yo’lga qo’yishda an`anaviy
amaliy mashg`ulot, suhbat, dialogli munozaralar bilan birga pedagogik o’yin,
konferentsiya, mustaqil fikrlar, mahalla, ishlab chiqarish korxonalarining jamoalari
bilan birgalikda o’tkaziladigan tadbirlar kabi yangi pedagogik texnologiya
elementlaridan unumli foydalanish tavsiya etiladi.
Umumiy o’rta ta`lim davlat standartlariga asosan maktabda kasbga
yo’naltirish bo’yicha mashg`ulotlar 8-9 sinflarda amalga oshiriladi. 8-sinfda
kasblar haqida ―O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limidagi tayyorlov yo’nalishlari,
kasblar va ixtisosliklar tasniflagichi‖ asosida axborot berish davom ettirilishi bilan
bir qatorda o’quvchilarga kasb egallash yo’llari, kasb tanlashda tibbiy
nomuvofiqliklar, kasbga yaroqlilik va hokazolar tushunchalari berib beriladi.
Maktabda o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish birgina mehnat ta`limi
o’qituvchisining ishi emas, balki butun maktab jamoasining, mahalla, ota-onalar,
jamoatchilikning birgalikdagi ishidir. Maktabda fan o’qituvchilari mavzuni yoritish
jarayonida kasblar bilan bog`lab o’tishsa, maktab psixologi va rahbariyati
o’quvchilarning individual qobiliyatlari, qiziqishlarini hisobga olgan holda
ta`lim-tarbiya ishlarini olib borishsagina o’quvchilarga kasb tanlashlarida ko’mak
bergan bo’lishadi. SHu bilan birga takrorlash zarurki, magistrlar O’zbekiston
Respublikasida yuz berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, ―Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi‖ning qabul qilinishi o’quvchi yoshlarni va aholini kasb-hunarga
yo’naltirish tizimini takomillashtirish – ish o’rinlarini bo’shab qolish jarayonlari
jadallashadigan va ishchilarning malakalariga qo’yiladigan sifat talablari oshib
borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoitida yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
Aholini ratsional va samarali bandligini ta`minlashdagi kasb-hunarga
15
yo’naltirishning asosiy roli shundan iboratki, yoshlar va aholi tomonidan kasbning
ongli va ilmiy asoslangan tanlovi ularni mehnat faoliyatida yuqori natijalarga
erishishda zamin yaratadi, iqtisodiyot sohalaridagi kasb-hunarga bo’lgan mavjud
ehtiyojlarni hisobga olgan holda mehnat resurslarini oqilona taqsimlaydi hamda
insonlarning ish qidirish, ta`lim va kasbiy faoliyat turini tanlashlaridagi zo’riqish
holatlarini oldini olishga yordam beradi.
Bu borada asosiy yo’nalish qilib, O’zbekiston Respublikasining ―Ta`lim
to’g`risida‖gi Qonuni, ―Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi‖, halqaro mehnat
tashkilotining Nizomlari, konventsiyalari va takliflar, bir qator boshqa hujjatlar,
shuningdek, rivojlangan mamlakatlarning bu sohadagi ishlarining amaliy
tajribalari asos qilib olindi.
Kasb-hunarga yo’naltirish ishlari O’zbekiston Respublikasi xalq ta`limi
vazirligining o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik
tashxis Markazlari tomonidan bosqichma-bosqich va muntazam ravishda amalga
oshirilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan rasmiy jihatdan qabul qilingan
qarorlardan birida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish yuzasidan umumiy
qoidalarda quyidagilar ta`kidlangan:
1. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis
markazi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi
203-sonli ―O’zbekiston Respublikasida umumiy o’rta ta`limni tashkil etish
to’g`risida‖gi Qaroriga asosan tashkil etilgan.
2. O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis
markazi har bir tuman, shahar xalq ta`limi bo’limlari tuzilmasida, o’z hududlari
doirasida bolalar rivojlanishiga psixologik-pedagogik jihatdan tashhis qo’yish,
ularning qobiliyati va moyilligini aniqlash, bolani 6 yoshdan boshlab maktabga
qabul qilish to’g`risida tavsiyanomalar berish, o’quvchilarni har yili
tibbiy-pedagogik
tekshirishlardan
o’tkazish, bolalarga va ota-onalarga
o’quvchilarni
o’qitishda,
tarbiyalashda
va
ijtimoiy
moslashtirishda
psixologik-pedagogik yordam ko’rsatish, shuningdek, maktab o’quvchilariga,
16
ularning
qobiliyatlarini,
kasb-hunarga
moyilliklarini,
qiziqishlarini
va
ko’nikmalarini hisobga olgan holda, akademik litsey yoki kasb-hunar kollejidagi
ta`lim yo’nalishini tanlashda ko’maklashish maqsadida tuzilgan.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis
markazi va u orqali boshqa tashkilotlarning ilmiy-metodik rahbarligida:
- o’quvchilarning kasb-hunarga layoqat yo’nalishlari va qobiliyatlari
darajasini tashhis etish ishlarini maktablarda muntazam ravishda olib borilishini;
- har bir o’quvchi haqida uning qiziqishlari, intilish va layoqatlari, erishgan
yutuq va kamchiliklari, aqliy va umumiy rivojlanishi haqidagi ko’p yillik
psixologik va pedagogik tashhis ma`lumotlari bankini tashkil etilishi, tartibga
keltirilishi, maxsus daftar va dasturlar yordamida qayd etib borilishini;
- Kasb-hunar klassifikatori va hududda mavjud bo’lgan o’rta maxsus,
kasb-hunar ta`limi yo’nalishlari bo’yicha axborot to’playdi va targ`ibot qilishni
tashkil etadi.
Maktab pedagogika kengashi bilan birgalikda attestatsiya yakunlariga ko’ra 9
sinflarning bitiruvchilari o’qishni akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida
davom ettirish to’g`risida asosli tavsiyanomalar beradi.
YAngi tashxis metodikalarining yaratilishida, sinab ko’rilishida tajriba
maydonchasi vazifasini o’taydi, metodik va ommabop qo’llanmalar yaratishda
ishtirok etadi.
Markaz ta`lim muassasalarining tibbiy-sanitariya holatini nazorat etadi,
ularning tegishli mutaxassislar bilan ta`minlanishida xalq ta`limi va sog`liqni
saqlash bo’limlari, maktablar rahbariyati bilan hamkorlik qiladi, davriy ravishda
ularning hisobotlarini talab etadi, davlat va jamoatchilik tashkilotlari bilan
bajarilishi lozim bo’lgan faoliyatlarni muvofiqlashtiradi.
Ta`limda iqtidorli bolalarning rivojlanishini maktab psixologlari orqali
nazorat qiladi, iste`dodli deb topilgan o’quvchi-yoshlarning hududiy bankini
yaratadi. Ularning ijtimoiy-oilaviy muhiti haqida ma`lumotlar yig`ishni tashkil
qiladi, intellekt ko’rsatkichlarini, kasb-hunarga moyilliklarini, qiziqishlarini va
ko’nikmalarini hisobga oladi, ehtiyojga qarab tegishli metodik, psixologik, tibbiy
17
yordam usullarini qo’llaydi.
Markaz o’z hududi doirasidagi yashovchi bolalar orasidan jismonan zaif va
aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lganlarni nazoratga oladi, ular haqida alohida
ma`lumotlar bankini yaratadi, maktab jamoasi, ota-onalar bilan hamkorlikda ularga
oilada, shuningdek tegishli maxsus ta`lim muassasalarida bilim olishlari uchun
tavsiya beradi, ularga metodik, psixologik va tibbiy yordam berishni tashkil qiladi.
Maktablar va maktabdan tashqari ta`lim muassasalarida bolalar va
yoshlarning kasbiy tayyorgarligini shakllantirishda, kasb-hunarga yo’naltiruvchi
tadbirlarning o’tkazilishida metodik va amaliy yordam beradi, qilingan ishlar
natijalarini tahlil qiladi va umumlashtiradi. O’z hududi doirasida mutaxassislarga
bo’lgan ehtiyojni Mehnat vazirligining bo’linmasi orqali oladi, o’rganadi va zarur
bo’lgan kasb-hunarlar haqida maktablardagi kasb-hunarga yo’naltiruvchi
mutaxassislar bilan maxsus kechalar, suhbat va ko’rik-tanlovlar, turli musobaqalar
uyushtirishda yordam ko’rsatadi.
Yilda bir marta hududdagi maktab o’quvchilarini tibbiy ko’rikdan o’tkazishda
tuman,
shahar
sog`liqni
saqlash
bo’limlari
faoliyatlarini
maqsadli
muvofiqlashtiradi, jismonan zaif, kasal bolalarni sog`lomlashtirish ishlarining
nazoratini maktab tibbiy xodimlari, ota-onalar, jamg`armalar, kasaba uyushmalari
va boshqalar bilan birgalikda amalga oshiradi.
Bu borada magistrantlar o’zining ilmiy izlanish hamda ilmiy-pedagogik
izlanishlarida quyidagilarga e`tiborni kuchaytiradilar:
1. Maktab sharoitida:
- o’quvchilarni barcha o’quv predmetlar mazmunidan kelib chiqqan holatda
kasb-hunarga yo’naltirish ishlari modelini ishlab chiqadilar;
- shu fanlarning amaliyoti yuzasidan o’tkazilayotgan mashg`ulotlar
jarayonida o’quvchilarga shu fanga xos kasblar yuzasidan dastlabki amaliy ishlarni
tashkil qilish ko’nikmalarini hosil qiladilar.
2. Kasb-hunar kollejlari sharoitida:
- o’quvchilarni barcha o’quv predmetlari mazmunidan kelib chiqqan holda
maktabda tanlagan kasbiga mavjud ―moslashish‖ jarayonini shakllanishini
18
ta`minlaydi;
- shu fanlarning amaliyoti yuzasidan o’tkazilayotgan mashg`ulotlar va
amaliy ishlar jarayonida o’quvchilarga shu ishlarga xos kasblar yuzasidan
shakllangan elementlarni kasbiy darajaga ko’tarishni ta`minlaydi.
Magistrantlar
mazkur
ishlarni
bajargandan
keyin
―Kasblarning
psixofiziologik tahlili va kasbiy talablarning ilmiy-pedagogik asoslari‖ga xos
materiallarni ―Ilmiy pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi‖ni belgilab beruvchi
asosiy hujjatlarida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi IX bob
37-moddasida kasb-hunarni tanlash, egallash va ulardan foydalanishga batafsil
to’xtash, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda Davlat ta`lim standartlarini
ta`riflashga o’tish lozim. Bu magistrantlar ―ishlab chiqarish va kasb-hunarga
yo’naltirish asoslari‖da mazkur mavzuga oid (8-9 sinflar uchun chop etilgan
qo’llanmalardagi)
materiallarni
ilmiy-pedagogik
asoslarini
mukammal
o’zlashtirishga kirishish lozim.
I-IV sinflarning o’quvchilari kasb tanlashdan hali uzoq turadilar. Biroq ular
o’rtasida to’g`ri yo’lga qo’yilgan kasb tanlash ishi shunday bir negiz bo’lishi
kerakki, yuqori sinflardagi o’quvchilarning kasbga bo’lgan qiziqishlari, o’y va
niyatlari keyinchalik shu negiz asosida rivojlanadigan bo’lsin.
Beistisno barcha kasblar uchun zarur va muhim bo’lgan shaxs xislatlari bor,
bular-mehnatsevarlik, hamma kasb va mutaxassislikdagi mehnat ahliga nisbatan
hurmat-ehtirom, mehnat qilish zarurligini tushunish va anglash, o’z ishini
rejelashtira va nazorat qila bilish, ish joyini to’g`ri tashkil qilish, ish batartib va
intizomli bo’lish, toqatlik, sabotlilik, topshiriqni bajarishning eng oqilona usulini
tanlab ola bilish, materiallar hamda vaqtni tejash va shu kabilardir. Ana shu
xislatlar va fazilatlarning hammasini ballarda birinchi sinfdan boshlab
shakllantirish lozim.
Bolalarni kasblar olamiga asta-sekin olib kirish, ularni shu olamda mo’ljal
olishga o’rgatish zarur. O’qituvchi o’quvchini darslarda kuzatish, u bilan
suhbatlashish, bola faoliyati mahsulini tahlil qilish jarayonida uning ba`zi bir
xususiyatlarini, mayllarini payqab oladi, bu xislatlarni rivojlantirish yuzasidan
19
tegishli ishlarni ado etganlan keyin bular keyinchalik kasbni blgilashda asosiy omil
bo’lishi mumkin.
Bolaning kasbiy muhim xislatlarini barvaqt aniqlash esa keyinchalik unga o’z
xususiyatlariga qarab kasbni to’g`ri tanlash, uni muvaffaqiyatli ravishda
o’zlashtirish, mehnatda yuksak natijalarga erishish imkonini berishi mumkin.
Ko’pgina olimlar o’tkazgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, maktab
o’quvchilarining taxminan 30 foizida tanlangan kasbga nisbatan barqaror
qiziqishlar boshlang`ich sinflardayoq shakllanar ekan. O’qituvchining vazifasi -
o’quvchilarning qiziqishlarini mumkin qadar oldinroq aniqlashdan va jamiyat
talab-ehtiyojlariga muvofiq shu qiziqishlarini rivojlantirishdan, inson shaxsini har
tomonlama uyg`un kamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.
Mehnat ta`limi darslari kasbga yo’naltirish ishini olib borish uchun alohida
imkoniyatlarga ega. Buni mehnat darslari kasbga yo’naltirishga qaratilgan
yo’lining tahlil misolida ham ko’rish mumkin. I-IV sinflarda mehnat ta`limining
asosiy maqsadlaridan biri-o’quvchilarda inson uchun mehnat birinchi zaruriyat,
ijtimoiy burch ekanligiga, har qanday kasbni egallash uchun mustahkam va chuqur
bilimlar kerakligiga ishonch hosil qilishdan iborat. Mehnatga muxabbatni va
ishlash istagini faqat mehnatda tarbiyalash mumkin. shu boisdan ham mehnat
ta`limi darslarida qariyb 80 foiz vaqt amaliy ishlar uchun ajratilgan.
SHu bilan birga darslarda bolalar odamlar mehnat faoliyatining asosiy
sohalari
bilan,
ularning
qiziqishlari
va
qobiliyatlarini
rivojlantirishga
ko’maklashuvchi sanoat va qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga oid eng ko’p
tarqalgan kasblar bilan tanishtiriladi. O’qituvchi ilgari tuzgan kasbga yo’naltirish
rejasiga muvofiq tarzda dars reja-konspektini yoza turib, kasbga yo’naltirish darsi
oldiga maqsad qo’yib, kasbga yo’naltirishga oid ma`lumotlarni unga kiritadi. Bu
esa biron-bir kasb, asbob, ishlab chiqarish texnologiyasi, muayyan mehnat
operatsiyalarini o’rgatishdan, kasb jihatidan muhim xislatlarini tarbiyalashdan,
o’quvchilarni ilgari belgilangan reja asosida o’rganishdan yoki ana shu tarkibiy
qismlarning hammasini qo’shib olib borishdan iborat bo’lishi mumkin.
20
Quyi sinflarning o’quvchilari xilma-xil materiallar (qog`oz, karton, tabiiy
materiallar, tunuka, sim, yog`och, fanera, plastmassa, tolali materiallar) bilan ish
ko’radilar, ular ishlashga oid o’zlariga bop, ma`qul bo’lgan operatsiyalarni
o’rganadilar. Ular texnik va texnologik tusdagi masalalarni echishni o’rganadilar,
turli materiallar hosil qilish va qo’llanish ishini, bu materiallarning odamlar
turmushidagi ahamiyatini bilib oladilar, u yoki bu texnologik opratsiyalarni
bajarish uchun mo’ljallangan eng oddiy asboblardan foydalanish yo’llari bilan
tanishadilar va foydalanishni o’rganadilar, tegishli kasblar to’g`risida ma`lumotlar
oladilar. CHunonchi, o’quvchilar uchun ishlab chiqilgan (transport) konstruktori
bolalarni 18 xil turli transport mashinalari va kasblar bilan tanishtirish imkonini
beradi.
O’quvchilar qurilish konstruktori bilan ishlab, qurilish kasblari, ularning
muhimligi va zarurligi to’g`risida, qurilish bilan bog`liq bo’lgan odamlar
mehnatining mazmuni haqida ma`lumotlar oladilar, qurilish ob`ektlarini
modellashtirishni o’rganadilar. Bu ishlar bolalarda texnik tafakkurni, makonga oid
tasavvurlarni, ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga yordam beradi, ularda quruvchi
mehnatiga hurmat bilan qarash hissini tarbiyalaydi.
Texnik konstruktor bilan ishlash chog`ida bajariladigan topshiriqlar
o’quvchilarni mashinasozlik elektrotexnika asoslari bilan tanishtiradi, ularda texnik
tafakkurni rivojlantiradi, unchalik murakkab bo’lmagan texnik qurilmalarni bilib
olish imkonini beradi. Bolalar mashinasozlikka oid keng tarqalgan va zarur kasblar,
ana shu kasblarning mehnat mazmuni bilan tanishtiradilar.
―O’simliklarni o’stirish va hayvonlarni hayoti bilan tanishtirish‖ bo’limlari
bolalarni qishloq xo’jalik asoslari bilan tanishtirishni ko’zda tutadi. O’quvchilar
xonaki o’simliklarni parvarish qiladilar, piyoz, xonaki o’simliklar etishtirish
yuzasidan tajriba o’tkazadilar. Ular maktab o’quv-tajriba uchastkasida ishlab, erda
mehnat qiladilar; tuproqni yumshatadilar, o’simliklarning o’sishini kuzatadilar, o’z
mehnatining natijalarini ko’radilar, odamlar mehnatini qadrlashni, erni e`zozlashni
o’rganadilar.
21
O’quvchilar chorvachilik kasblari bilan ham tanishadilar, hayvonlarni to’g`ri
parvarish qilishni o’rganadilar.
O’qituvchining o’quvchilarda erga omilkorlik bilan qarash hissini
shakllantirishi, qishloq xo’jaligidagi mehnat to’g`risida to’g`ri tasavvur berishi, o’z
mehnati va o’z jamoasi mehnati natijalaridan xursand bo’lishni o’rgatishi
muhimdir. SHu boisdan ishni shunday rejalashtirish kerakki, bolalar chorva
mollarni parvarish qiladigan, hosilni yig`ishtirib oladigan, mehnat natijalarini
hisob-kitob qiladigan bo’lsinlar. Bunday hollarda bolalarning ishga qiziqishi
kuchayadi va kasbga yo’naltirish ishi alohida mazmun kasb etadi.
YUqori sinflarda o’quvchilar kasblar bilan professiogrammalar yordamida
tanishadilar. kichik yoshdagi o’quvchilar uchun esa hiskoya qilib berish, suhbatlar
o’tkazish, kasb namoyondalari bilan uchrashish, diafilmlar, kinofilmlar ko’rish,
albomlarni ko’zdan kechirish, sayohatlar o’tkazish ko’proq maqbuldir.
Bu sohada olib borilayotgan barcha ish shakllaridan suhbat o’tkazish
hammadan ko’p foydalanilmoqda. Suhbat bolalarning faol ishtirokida o’tishi
muhimdir. SHu maqsadda o’qituvchi kasblar to’g`risida, ayniqsa ota-onalari,
qarindoshlari yoki tanish-bilishlari mazkur kasblari haqida ma`lumotlar to’plash
yuzasidan o’quvchilarga topshiriqlar berishi mumkin. suhbatlar hikoya qilib berish,
fotosuratlarni namoyish qilish, ta`limning texnik vositalarini qo’llanish bilan
to’ldirishi mumkin. Informatika va hisoblash texnikasi imkoniyatidan foydalanish
ayniqsa muhimdir.
Darsning amaliy qismi mazkur kasbdagi odamlarning mehnati bilan bog`lansa
ayni muddao bo’lur edi. Masalan, ―Tolali materiallar bilan ishlash‖ bo’limini
o’rgana turib, o’quvchilar bichiqchi kasbi bilan tanishadilar; turli choklash ishlarini
bajarib, tugmalar qadab, kiyimlarni mayda tuzatish ishlarini ado etib, olgan
ma`lumotlarini mustahkamlaydilar.
O’quvchilarni dasturda ko’zda tutilgan kasblar bilan tanishtirishdan tashqari
kasbini targ`ib qilish, ya`ni bolalarni ushbu hudud uchun zarur bo’lgan kasblar
bilan tanishtirish, ularda yana shu kasblarga nisbatan hurmat-ehtiromni tarbiyalash,
shu kasblarning jozibali jihatlarini ochib berish lozim.
22
Bu borada darslardan tashqari o’quv dasturida ko’zda tutilgan korxonalarga
qilinadigan ekskursiyalar katta rol o’ynashi mumkin.
Kasbga yo’naltirish ishiga kompleks yondashish o’quvchilarni har
tomonlama o’rganishni ham ko’zda tutadi. Bu tadbir o’quvchilar buyon ishlashning
to’g`ri shakllari va metodlarini qidirib topishga yordam beradi. O’rganishni
metodlar bilan o’tkazish, eng muhimi - bu ishni muntazam ravishda va
sobitqadamlik bilan amalga oshirish kerak.
Kuzatish - o’quvchilarni o’rganishning keng ommalashgan metodidir. Bu
metod muayyan maqsadni ko’zlaydi, ish reja asosida olib boriladi, kuzatishning
yakunlovchi natijalari qayd qilinadi. Mehnat ta`limi darslari kuzatish o’tkazish
uchun keng imkoniyatlar yaratib beradi.
Diagnostik suhbatlar o’tkazish ham qo’llaniladi. Bunday suhbatlar yakka
tartibda yoki jamoa tarzida o’tkazilishi mumkin.
Quyi sinflarda o’tkaziladigan mehnat darslarida o’quvchilar faaoliyati
natijalarini tahlil qilish uchun yaxshi imkoniyatlar mavjud. CHunki mehnatning
turli ob`ektlarini tayyorlash chog`ida har bir bolaning shaxsiy xususiyatlari g`oyat
ravshan namoyon bo’ladi: bir xil bola texnik konstruktorni yaxshi biladi, ikkinchi
xil bola tikishda mahorat ko’rsatadi, uchinchi xil bola esa maktab uchastkasida o’z
qobiliyatlarini namoyon etadi va h.k. O’quvchilarning hujjatlarini va amaliy ish -
xarakatlarini tahlil qilish ham bola shaxsini o’rganishda o’qituvchiga yordam
berishi mumkin.
O’quvchilarning shaxsini o’rganish ularni tarbiyalash bilan chambarchas
bog`liqdir. O’qituvchi o’quvchining alohida xususiyatlarini payqab, unda mavjud
iste`dod nishonlarini rivojlantirish metodlarini topa olishi, uning xulq-atvoridagi
salbiy jihatlarini bartaraf etishi mumkin va h.k. Ba`zi bolalarda kasbga moyillik
yaxshi namoyon bo’ladi, ko’pchilik bolalarda bu narsa birdaniga aniqlanmaydi.
O’qituvchining boladagi iste`dod nishonalarini aniqlashi, bularni qobiliyatini
rivojlantirish va shakllantirishda ko’maklashimni muhimdir.
YUqorida ta`kidlab o’tilganidek, kasbga yo’naltirish ishi - o’quv jarayonining
uzviy tarkibiy qismidir. Quyi sinflardan boshlanadigan bu ish jamiyat uchun zarur,
23
har bir kishining xususiyatlariga mos kasblarga barqaror qiziqishni tarbiyalashga
yordam beradi. Mehnatga qiziqishning mavjudligi va mehnat qilishga
shaylik-shaxs etukligining eng muhim ko’rsatkichlaridan biridir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ish o’quvchilarni kasb-korni ongli ravishda
tanlashga, ularni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga, moddiy ishlab chiqarish, fan,
texnika borasida va shu kabi sohalarda ularda ishga qiziqishni shakllantirishga ko’p
jihatdan yordam beradi.
Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda olib borilayotgan kasbga yo’naltirish ishida
o’quvchilarning yosh va bilish xususiyatlariga qarab bir necha bosqichni ko’rsatib
o’tish mumkin.
Birinchi bosqich (I-IV) sinflarning o’quvchilari bilan ishlash - moddiy ishlab
chiqarish sohasida mehnat bo’lgan ijtimoiy qiziqishlarni shakllantiradi,
o’quvchilarda umuman mehnatga ijobiy munosabatda bo’lishni, eng muhimi -
jismoniy mehnatga shunday munosabatda bo’lishni, ishchi degan nomni hurmat
qilishni, qo’lidan keladigan o’z mehnati bilan atrofdagi kishilarga quvonch
bag`ishlashga va bundan ma`naviy qoniqish olishga intilishni shakllantiradi.
Bu boradagi ishlar oldindan tuzilgan reja asosida olib boriladi. Bu rejaga
muvofiq ekskursiya uyushtirish eng ommalashgan kasblar to’g`risida qishloq
maktablarining o’quvchilari uchun jamoa xo’jaligida, shahar maktablarining
o’quvchilari uchun korxonalarda, ota-onalarning ishlari va ularning mehnatda
erishgan muvaffaqiyatlarida suhbatlar tashkil qilish ko’zda tutiladi.
Ekskursiyalar chog`ida ishlab chiqarish jarayonida qatnashayotgan
odamlarning mehnatiga, xom ashyodan tayyor mahsulot olishga berayotgan
mehnat qurollariga asosiy e`tibor beriladi, jamiyat va ayrim odamlar turmushida
mehnatning roli o’qtirib o’tiladi.
Ikkinchi bosqich (V-VII) sinflarning o’quvchilari bilan ishlash - biron ish
qilishga undaydigan bosqich. Ma`lumki, ta`lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarda
bilishga bo’lgan qiziqish, odatda, kasbga bo’lgan qiziqishdan oldin shakllanadi.
SHu boisdan ushbu bosqichida kasbga yo’naltirish sohasida olib borilayotgan ishda
o’quvchilarda ish turlari (texnika bilan ishlash, tabiat ob`ektlari va shu kabilar bilan
24
ishlash) ni bilishga bo’lgan qiziqishni uyg`otish muhimdir. Kasbga yo’naltirishning
ana shu bosqichida texnikaga va mehnatga (texnika ijodkorligi va qishloq xo’jalik
tajribachiligiga) oid sinfdan tashqari mashg`ulotlar, viktorinalar, o’yinlar katta rol
o’ynashi lozim. Bu bosqichda o’quvchilarda ijtimoiy maqsadlarning shakllanishi
davom etadi, shu bilan birga kasbga yo’naltirish ham boshlanadi.
Uchinchi bosqich (asosan VIII-IX) sinflarning o’quvchilarini qarab oladi - bu
bosqichida o’quvchilar o’z kuchlarini konkret mehnatda tekshirib ko’radilar,
o’quvchilarning kasbga bo’lgan qiziqishlari va mayllari yanada shakllanadi.
O’quvchilar bu bosqichdao’z kasbiy niyatlarining birmuncha umumiy kasblar
bo’yicha amaliy ko’nikma va malakalar bilan mustahkamlaydilar. Bu bosqich
konkret kasbni tanlash, uni o’zlashtirish yo’llarini belgilash bilan tugaydi.
O’quvchilarni qiziqishlari (predmetlar, predmet-texnika, ishlab chiqarish-texnika
va shu kabilar) bo’yicha to’garaklarda ishlashi ushbu bosqich uchun diqqatga
sazovordir.
Kasbga yo’naltirish ishini amalga oshirishning umumiy tizimida maktab
tizimi dastlabki bosqich hisoblanadi. Kasbga yo’naltirish ishi maktab tizimining
vazifalari:
- shaxsning yuksak ma`naviy-axloqiy fazilatlariga ega bo’lgan fuqarolarni
tarbiyalashdan;
- politexnik va boshlang`ich kasbiy malakalarning muayyan tizimini
egallagan bo’lg`usi malakali mutaxassisni tayyorlashdan;
- ham shaxsiy mehnat, ham jamoa mehnati muyyan tashkilotchilik
malakalarini shakllantirishdan iborat.
Kasb egallashgacha bo’lgan tayyorgarlik maktab yoshlarini moddiy ishlab
chiqarsh sohasida mehnatga hozirlashga umumiy qismi bo’lib qoladi. Zarur
politexnik tayyorgarlikni olgan yigit yoki qiz ishlab chiqarish kasbini tez egallaydi,
bunda o’rta maxsus yoki oliy ma`lumot olish jarayoni jadallashadi.
O’quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash - butun pedagoglar jamoasining,
ota-onalar va zavod jamoatchiligining ko’p yillik ta`lim-tarbiya ishidir. YOshlarni
ma`naviy -psixologik jihatdan mehnat faoliyatiga tayyorlashga shaxsni har
25
tomonlama kamol toptirishning o’zaro bog`liq jarayoni deb qaraladi, bu jarayonda
qobiliyat va e`tiqod bilan birga o’smirning shaxsi harakatlantiruvchi kuch kuch
sifatida namoyon bo’ladi.
Qobiliyat va qiziqishlarni shakllantirishning politexnik asoslari va maktab
yoshlarni boshlang`ich ishlab chiqarish tayyorgarligini kengaytirish bilan uzviy
bog`liq bo’lishi ishchi kasblarini egallashga yo’naltirishning hal qiluvchi shartidir.
Mehnat tarbiyasi jarayoni birmuncha ilk bosqich amalga oshirilgan taqdirda
bunga erishiladi.
O’rta va yuqori bosqich ta`limida davomiylik shu narsada ifodalanadiki
o’quvchilar muntazam printsip asosida tuzilgan yagona dasturlar bo’yicha
ishlaydilar. Bunday dasturlar asta-sekin murakkablashtirilib borishni, bilimlarni,
ko’nikma va malakani, mehnatning muayyan usullarini egallashni ta`minlaydi.
Ta`lim va kasbga yo’naltirish bilan qo’shilgan unumli mehnatda muntazam
qatnashish eng ko’p pedagogik samara beradi.
O’rta maktablarni tamomlab yoki kasb-hunar ta`limi tizimida, o’quv
kombinatlarida zarur tayyorgarlikdan o’tib, xalq xo’jaligining turli tarmoqlarida
darhol ishlay boshlagan yoshlarning soni yil sayin ko’payib bormoqda.
Maktabda kasbga yo’naltirish sohasidagi hamma ishlarning bir-biriga
muvofiqlashtirilishini ta`minlash maqsadida maktab direktori raisligida kasbga
yo’naltiruvchi kengash tuziladi.
Kengash tarkibiga maktab direktorining tarbiyaviy ishlar bo’yicha muovini,
kasbga
yo’naltiruvchi o’quv-metodik kabinet mudiri, mehnat ta`limi,
o’quvchilarning ijtimoiy-foydali, unumli mehnatini kasbga yo’naltiruvchi
o’qituvchi yoki tashkilotchi, bitiruvchi sinflarning minf rahbari, maktab
kutubxonachisi, maktab o’quvchilar tashkilotining vakillari, maktab vrachi,
ota-onalar qo’mitasining a`zolari, homiy korxona vakillari kiradi.
Kasbga yo’naltiruvchi kengashning ish rejasi maktab kengashi ko’rib chiqadi
va tasdiqlaydi.
Kasbga yo’naltiruvchi kengashning vazifalari kasbga yo’naltirish bo’yicha
umummaktab va sinflarning tadbirlarini rejalashitirish va tashkil qilishdan, kasbga
26
yo’naltirish ishiga oid ilg`or tajriba ma`lumotlarini yig`ish, umumlashtirish va
ommalashtirishdan iborat. kasbga yo’naltiruvchi kengash tuman maktablararo
o’quv-ishlab chiqarish kombinatlari, yoshlarni kasbga yo’naltirish va ishga
joylashtirish komissiyasi, kasb-hunar ta`limi tizimidagi ta`lim muassasalari,
bazaviy korxonalar va tashkilotlar, o’quvchilarning ota-onalari bilan aloqa bog`lab
turadi.
Kasbga yo’naltirish ishini rejalashtirilgan chog`da kengash mahalliy
sharoitlarni va maktab ishining o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish lozim.
Kengashning kasbga yo’naltirish ish rejasi maktab ta`lim-tarbiya ishi
umummaktab rejasining tarkibiy qismidir.
Kasbga yo’naltirish kengashining majlislariga muassasalar, homiy korxona,
oliy o’quv yurtlarining vakillari, balog`atga etmaganlar ishi bo’yicha komissiya
a`zolari mehnat resurslaridan foydalanish o’rganlarining vakillari taklif qilinadilar.
O’quvchilarni kasbga yo’naltirishishini o’tkazgan chog`da maktab xodimlari
va maktab ma`muriyatining vazifalari o’quvchilarni kasbga yo’naltirishga oid
yo’riqnomalar, buyruqlar, qarorlar bilan tanishishdan, ilmiy-metodik adabiyotni
o’rganishdan, chiqarilgan metodik tavsiyanomalarni o’rganish va o’z ishlarida
foydalanishdan iborat.
Sinf rahbarining vazifalari avvalo o’quvchining shakllanayotgan shaxsini,
uning mayillari, qiziqishlari, qobiliyatlarini chuqur va har tomonlama o’rganishdan
iborat. Bu sohada unga fan o’qituvchilari, ota-onalar bilan, savol varaqasini
to’ldirish va o’quvchining shaxsiy varaqacha-tavsifnomasini to’ldirgan holda uni
muntazam ravishda kuzatish yordam beradi. Sinf rahbari o’quvchining shaxsini
o’rganish negizida muayyan dastur asosida bir maqsadga qaratib kasbga
yo’naltirish ishini olib boradi. Bunda sinf soatlaridan, fakultativ mashg`ulotlardan
va ekskursiyadan foydalaniladi. Kasbga yo’naltirish ishi o’quvchilarning
ota-onalari bilan mustahkam aloqada o’tkaziladi.
O’quvchilar yiliga bir marta savol varaqasini to’ldiradi. Bundan
maqsad-o’quvchilarning hayotiy rejalarini aniqlab olishdir. Sinf rahbarlari savol
varaqasini asosida o’quv yili oxirida kasbga yo’naltiruvchi maktab kengashiga
27
topshirish uchun u yoki bu kasbni ongli ravishda tanlagan yoki zarur malaka
darajasi bo’yicha kasb egallagan hamda o’qish va ish xususidagi o’z istaklarini
bildirgan o’quvchilarning ro’yxatlarini tuzadilar.
O’quvchilar mehnat ta`limi darslarida mehnatning har xil turlariga oid
bilimlarnigina olib qolmay, shu bilan birga o’z faoliyatlari jarayonida maxsus
malakalarga ham ega bo’ladilar, o’z qobiliyatlarini rivojlantiradilar, mehnatda o’z
kuchlarini sinab ko’radilar. SHu boisdan mehnat ta`lim o’qituvchisi mehnat darsini
shunday tashkil qilishi kerakki, toki har bir o’quvchi mehnatni sevishni o’rganib
olsin, odamlarga naf keltiradigan bo’lsin, ish jarayonidan va uning natijalaridan
zavqlansin.
Mehnat o’qituvchisi o’z ishida bilim va malakani egallashda o’quvchilarga
eng ko’p faollik va mustaqillikni ta`minlaydigan shakllari va metodlaridan
foydalanishi lozim. Laboratoriya - amaliy, o’quv-ishlab chiqarish ishlari, ishlab
chiqarish ekskursiyalari, tajribasi shunday ish shakllari va metodari jumlasiga
kiradi. bu ishlar mustaqil kuzatishlar, tajribalar, tahlillar, hisob-kitoblar, ishlab
chiqarish va ijodiy vazifalarni hal qilishni hamda bevosita ijtimoiy-foydali, unumli
mehnatni o’z ichiga oladi.
Mehnat ta`limi jarayonida o’qituvchi kasb qilib olingan mehnat to’g`risidagi
ma`lumotlarni konkret mavzularni o’rganish bilan mantiqiy bog`lashi mumkin.
CHunonchi, elektrotexnika fizikasi va bo’limini o’rgangan chog`da o’qituvchi xalq
xo’jaligada elektr quvvatining roli va ahamiyatini, uni ishlab chiqarish hamda
iste`molchiga etkazib berish usullarini ko’rsatishi, shuningdek ushbu tarmoq
kasblari uchta katta guruxda bo’lishni tushuntirib berish mumkin. Birinchi guruxga
elektrotexnika uskunalari, mashinalari, apparatlari va asboblarini ishlab chiqarish
bilan bog`liq kasblar (elektrotexnika mashinalarini yig`uvchi slesar, sozlovchi
slesar o’rovni elektromontyor, izolyatsiya qiluvchi va shu kabilar); ikkinchi
guruxga elektr quvvati uzatish bilan bog`liq kasblar (podstantsiyalarning
elektromantyori, elektr tarmoqlarini ishlatuvchi elektromontyor va shu kabilar);
uchinchi guruxga elektr quvvatidan foydalanish bilan bog`liq kasblar
(elektromontajchi slesar, ta`mirchi elektromantyor va shu kabilar) kiradi.
28
O’quvchilarni kasbga yo’naltirishda o’qituvchining shaxsi juda katta rol
o’ynaydi.
O’qituvchining shaxsi - o’qituvchining ijodiy rivojlanishini, yuksak
pedagogik mahoratini, ishda doimiy novatorligini, omilkorligini, bolalarga
nisbatan muhabbat va hurmatini belgilab beradigan xislatlar majmuidir. Ayni
shunday o’qituvchi o’quvchilarda o’ziga nisbatan hurmat-ehtirom, ishga havas
tug`diradi, o’ziga o’xshash bo’lish, u bilan do’stlashish eng ezgu istaklar, istiqbol
to’g`risidagi, o’z kasbi haqidagi orzularni baham ko’rish ishtiyoqini yaratadi.
Maktabda qiziqishlar bo’yicha o’tkaziladigan xilma-xil mashg`ulotlar orasida
to’garak ishi alohida ahamiyat kasb etadi. Maktabda to’garaklarning asosiy
ko’pchiligini mehnat ta`limi o’qituvchilari olib boradi.
Bular - ishlab chiqarish - texnika to’garaklaridir. O’qituvchi bunday
to’garaklarda o’quvchilarda ixtirochilik, konstruktorlik singari maxsus
qobiliyatlarni ijodiy rivojlantirish uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish
imkoniyatiga ega.
Mehnat ta`lim o’qituvchisi o’quvchi shaxsini o’rgangan chog`da kasbga
yo’naltirish maqsadida quyidagi qoidalarga: shaxs kamol topadigan konkret
vaziyatda konkret jamoada shaxsning xulq-atvorini kuzatish; faoliyat orqali
shaxsni o’rganish; shaxsni qandaydir qotib qolgan narsa tariqasida emas, balki
taraqqiyotda ko’rib chiqish; shaxsning vaqtincha psixologik holatini, o’rtoqlariga
munosabatini hisobga olish kabi qoidalarga amal qilishi maqsadga muvofiqdir.
Mehnat ta`limi o’qituvchisining ishida psixologik diagnostikasiga katta o’rin
ajratiladi. Psixologik diagnostika jarayonida u maktab, kasb-hunar kolleji kasb
maslaxatchisi bilan birgalikda har bir o’quvchining kelgusidagi kasbni tanlashi
jarayonida shaxsiy xususiyatlarini aniqlashi mumkin.
SHunday qilib, mehnat ta`limi o’qituvchisi ishida quyidagi yo’nalishlarni;
- kasbga oid bilimlar - o’quvchilarni mehnat faoliyati sohalari, xalq
xo’jaligining ayrim tarmoqlari, kasblar va mutaxassisliklar bilan tanishtirish;
29
- psixologik pedagogik maslahat - mehnat faoliyatining turlari to’g`risida,
o’quvchi xislatlari, bilimlari va mayllariga eng muvofiq bo’lgan kasblar va
mutaxassisliklar haqida o’quvchiga gapirib berish;
- kasb tarbiyasi - o’quvchilarda u yoki bu kasbga nisbatan barqaror
qiziqishlarini shakllantirish;
- amaliy kasbiy ko’nikish - mehnat faoliyatining turli sohalarida kuchlarni
amaliy jihatdan sinab ko’rish uchun shart-sharoitlar yaratish;
- kasbga yo’naltirish maqsadida o’quvchining shaxsini o’rganish, mehnatga
bo’lgan qiziqishlarni va kasbga qiziqishlarni shakllantirish kabi yo’nalishlarni
ko’rsatib o’tish mumkin.
Mehnat ta`limi o’qituvchisining kasbga yo’naltirish ishi o’zaro bog`liq
tarkibiy qismlarning butun bir kompleksi bilan, shu jumladan kasbga yo’naltiruvchi
o’quv-metodik kabinet faoliyati, sinf rahbarining, fan o’qituvchilarining ishi,
ota-onalar va shu kabilar bilan mahkam bog`langandir. Mehnat o’qituvchisi bular
bilan yaqindan aloqa bog`lamay turib samarali ishlashi mumkin emas.
Mehnat ta`limi darslarida kasbga yo’naltirish ishini olib borgan o’quvchilarni
mehnat faoliyatiga tayyorlashdagi boshqa fanlar bilan o’zaro aloqani ham hisobga
olish lozim.
Maktabda har bir o’quv fani o’quvchilarni kasbga yo’naltirishni amalga
oshirishdagi o’ziga xos imkoniyatlariga ega, lekin u mehnat turlari, kasblarning
xilma-xilligi va shu kabilar to’g`risida o’quvchilar bilimlarini shakllantirishning
birdan bir manbai bo’lishi mumkin emas. SHu sababdan ham kasbga yo’naltirish
ishida mehnat o’qituvchisining faoliyatini sinf rahbarlari va fan o’qituvchilari ishi
bilan muvofiqlashtirish g`oyat muhimdir.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, o’quvchilarda kasbga bo’lgan barqaror qiziqishni
shakllantirish ishlari samaradorligini oshirish uchun:
-
fan
asoslarini
o’qitishning, mehnat ta`limining va fakultativ
mashg`ulotlarning fanlararo aloqalarini, davomiyligini, politexnik va kasbga
yo’naltirish yo’nalishini ro’yobga chiqarish;
30
- politexnik ma`lumot, mehnat ta`limi va kasbga yo’naltirishning o’quvchilar
ijtimoiy-foydali, unumli mehnati bilann o’zaro aloqasini ta`minlash;
- o’quvchilarning bir maqsadga qaratilgan ijtimoiy ahamiyatli o’quv-ishlab
chiqarish topshiriqlarni bajarishlari;
-
xalq
xo’jaligining turli sohalarida o’quvchilarning qiziqishini
rivojlantirishga shaxsiy, tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish;
- o’quvchilarni kasbga yo’naltirish sohasida maktab o’qituvchilari bilan ishlab
chiqarish jamoalarining birgalikda ish ko’rishi;
- sanoat qishloq xo’jalik kasblarini targ`ib qilish lozim.
Tabiiy - matematik turkum fanlarni o’rgangan chog`da o’quvchilar konkret
iqtisodiy hududdagi etakchi kasblar bo’yicha mehnat mazmuni bilan tanishish, ana
shu kasblarni muvoffaqiyatli egallash uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va
malakalarni olish imkoniyatiga egadirlar.
Maktab
o’quvchilari
gumanitar
fanlar
bo’yicha
o’tkaziladigan
mashg`ulotlarda kasb tanlash masalalarida g`oyaviy-axloqiy, dunyoqarashga oid
bilim oladilar.
|