48
- kasb-hunarga yo’naltirishda maktab, oila, homiy tashkilot, kasb-hunar
kolleji va jamoatchilikning o’zaro aloqadorligi
printsipi yoshlarning kasb
tanlashlariga yordam berishni ko’zda tutadi. U maqsadli va muvofiqlashtiruvchi
faoliyatni hamkorlikda amalga oshirish imkonini beradi;
- kasb-hunarga yo’naltirishning tarbiyaviy xarakteri shundaki, u uyg`un
rivojlangan shaxsni shakllantirishda mafkuraviy, mehnat, iqtisodiy, axloqiy, estetik,
huquqiy va jismoniy tarbiyani birgalikda olib borishni taqozo qiladi;
- kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini amalga oshirishda
tashhis va tarbiyaviy
yondoshishning o’zaro aloqadorligi. Bu tamoyil bir yondoshuvning ikkinchi
yondoshuvga qarama-qarshi qo’yilishini bartaraf etadi;
- o’quvchilarga individual va tabaqalashtirilgan yondoshuv ularning
o’zlashtirish
darajasi, yoshi, kasbiy qiziqishi, shakllanganlik darajalari,
hayotiy
rejalariga bog`liq ravishda amalga oshiriladi. Bir guruhda samarali bo’lgan vosita
ikkinchi guruh uchun samarasiz bo’lishi mumkin. O’quvchilarni tabaqalashtirib,
guruhlarga ajratish ta`sir etish vositalarini tartibga soladi. Tabaqalashtirish, o’z
navbatida, individual yondoshishga sharoit yaratib beradi;
- kasb-hunarga yo’naltirish
ishlarini ommaviy, guruhli va yakka tartibdagi
shakllari o’quvchilarning ota-onalar bilan hamkorlikda ish olib borishini, an`anaviy,
ommaviy shakldan iloji boricha qochib, ish olib borishning
hamma shakllaridan
foydalanishni ko’zda tutadi;
- kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining mazmuni, shakl va metodlari
shaxsning
kasbiy rivoji va, ayni bir paytda, mahalliy hududning kadrlarlarga
bo’lgan ehtiyojiga mos bo’lishini nazarda tutadi.