Kasbga yo’naltirishning metodologiyasi




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/39
Sana25.11.2023
Hajmi1,3 Mb.
#105188
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39
Bog'liq
касб й и п а укув кулланма (восстановлен)

Kasbga yo’naltirishning metodologiyasi kasbni ongli ravishda mustaqil 
tanlash bo’yicha ilmiy muammoning tadqiqot metodlari tuzilishi hamda asosiy 
yo’l-yo’riqlari to’g`risidagi ta`limot bo’lib, bunda jamiyatning kadrlarga bo’lgan 
ehtiyojini hisobga olgan holda yoshlarning qiziqishlarini aniqlash, ularga kasb 
tanlashda ilmiy yordam berish tushuniladi. 
Kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini tashkil etishga ta`sir ko’rsatadigan 
kontseptual xarakterdagi g`oyalar uning asosiy qoidalarini tashkil etadi. Bu 


49 
g`oyalardan biri diagnostik tadqiqotlar asosida yoshlarning qiziqish, layoqat va 
qobiliyatlarini tashhis qilib, ularni to’g`ri kasb tanlashga yo’naltirish ishlarini 
tashkil etish hisoblanadi. Bu g`oya XX asrning 30-yillarida keng tarqalgan bo’lib, 
bunda testlar keng qo’llanilgan. Testlarning takomillashtirilmaganligi, noto’g`ri 
qo’llanilganligi va boshqa bir qator sabablarga ko’ra, tashhisli tadqiqot 
―tarbiyalovchi kontseptsiya‖ bilan almashtirildi va ular bir-biriga qarama-qarshi 
qo’yildi. Ammo o’sha vaqtdayoq tashhis ham, tarbiya ham kasb-hunarga 
yo’naltirishning amaliy ishlarida birdek muhim ahamiyatga ega ekanligi aniq va 
ravshan edi. 
Mamlakatimizda ta`lim tizimini tubdan isloh qilish boshlanib, ―Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturi‖ amaliyotga joriy etilayotgan bugungi kunda tashhisning 
roli ortib bormoqda. Mamlakatimizning barcha tumanlarida kasb-hunarga 
yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlarining ochilganligi fikrimiz 
isbotidir. Bugungi kunda kasb-hunarga yo’naltirish tizimining asosiy vazifasi 
o’quvchilarga ularning qiziqish, layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini to’g`ri 
tashhis qilib, ixtiyoriy majburiy ta`lim tizimini, ya`ni akademik litsey yoki 
kasb-hunar kollejida davom ettiriladigan ta`lim yo’nalishini ongli va to’g`ri 
tanlashlarida asqotadigan, ilmiy asoslangan, to’laqonli maslahatlar berishdir. Bu 
maslahatlar tavsiya xarakteriga ega bo’lib, haqiqiy tanlashni o’quvchining o’zi 
amalga oshiradi. 
Umumta`lim maktablarining kasb-hunarga yo’naltirish ishining maqsad va 
vazifasi shu hudud ehtiyoji uchun zarur kasblarga - kasb-hunar kollejlarining 
mavjud soha yo’nalishlariga, o’quvchilarning imkoniyatlarini hisobga olgan holda 
tavsiya berishdan iborat. Buni muvaffaqiyatli amalga oshirish esa kasb-hunarga 
yo’naltirish tizimidagi turli yo’nalish bo’yicha olib borilgan ishlarning sifatiga 
bog`liq. 
Kasbga yo’naltirish tizimining asosiy tarkibiy qismlari: kasblar to’g`risida 
nazorat, dastlabki kasbiy tashhis, kasb tanlashga oid maslahatlar, kasb-hunarga 
saralab olish, ijtimoiy-kasbiy muvofiqlik, kasbiy tarbiya kabilardan iborat. 


50 
Kasblar to’g`risida axborot berish o’quvchilarni turli xil mehnat turlari
kasblar shajarasi, kasblarning o’ziga xos xususiyatlari, xalq xo’jaligi jumladan, ular 
yashayotgan hududning kadrlarga bo’lgan ehtiyojlari, eng yaqin joylashgan 
kasb-hunar kollejlari va ularda tayyorlanayotgan mutaxassisliklar tavsifi bilan 
tanishtirishni o’z ichiga oladi. Kasblar haqida tartibsiz ma`lumot bermaslik uchun 
o’quvchilar oladigan bilimlarni ma`lum bir tizimga solish lozim. Kasblar haqida 
axborot berish o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini hisobga olgan 
holda olib borilishi zarur. 

Download 1,3 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   39




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish