• Ijtimoiy kasbiy moslashuv
  • Kasbiy moslashish
  • Ызбекистон республикаси




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/39
    Sana25.11.2023
    Hajmi1,3 Mb.
    #105188
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39
    Bog'liq
    касб й и п а укув кулланма (восстановлен)

    Kasbga saralab olish qiyin kechadi. SHu bois oliy va o’rta maxsus o’quv 
    yurtlari abiturientlari bilan pedagogik testdan tashqari kasb-hunarga yo’naltirish va 
    psixologik-pedagogik markazlarning ilmiy asoslangan tavsifnoma-tavsiyasi 
    asosida suhbat o’tkazish maqsadga muvofiqdir. 
    Ijtimoiy kasbiy moslashuv (ko’nikish) insonning kasbini nechog`lik to’g`ri 
    tanlaganligini ko’rsatuvchi bosqich hisoblanib, bu bosqichda kasb-hunarga 
    yo’naltirish ishlari hamda kasb-hunarga tayyorgarlikning kamchiliklari, yangi 
    qiziqish, ehtiyojlar shaxsning hayotiy rejasi qay darajada to’g`ri yoki noto’g`ri 
    ekanligi kabilar aniqlanadi. SHuning uchun ham moslashuv kasb-hunarga 
    yo’naltirish ishlari samaradorligining o’ziga xos mezoni bo’lib xizmat qiladi. 
    Kasbiy moslashish umumta`lim maktabi, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, 
    oliy o’quv yurtida o’quvchi yoki talabaning o’zi tanlagan kasbga moslashishi va 
    ko’nikishidan shuningdek, ishchi va xizmatchilarning kasbiy mehnat sharoitlariga 
    muvofiqlashish jarayonidan iborat bo’lib, uning natijasida xalq xo’jaligini 
    mutaxassis kadrlar bilan ta`minlash mustahkamlanadi. 
    Bu davr maktabda mehnatga tayyorlash, kasb tanlash, kasbiy tayyorgarlik, 
    mehnat faoliyatining boshlanishi hisoblanadi. Bir qator tadqiqotchilar kasbiy 
    moslashishni ikki bosqichga bo’lishadi: ishlab chiqarishgacha (maktab, kollej, oliy 
    o’quv yurti) va ishlab chiqarishda (bevosita ishda, ishlab chiqarish sharoitlarida) 
    kasbga moslashish. SHu narsani hisobga olish kerakki, kasbiy moslashish 
    mehnatga moslashish jarayoni sifatida bolalikdan boshlanadi (bola uyda gul 
    o’stirayotganda, uy hayvonlarini parvarish qilayotganda, uy ishlariga 
    yordamlashayotganda muayyan darajada ilk kasbga moslashish jarayoni 
    boshlanadi). 
    9-sinfni bitirayotgan o’quvchilar uchun akademik litsey yoki kasb-hunar 
    kollejlarida keyinroq oliy o’quv yurtida yoki ishlab chiqarishda kasbga moslashish 


    53 
    davom etadi. 
    Kasbiy 
    moslashish 
    deganda 
    yana 
    insonning 
    egallagan 
    kasbiga 
    ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan moslashish jarayoni ham tushuniladi. Moslashuv 
    jarayonida shaxsning u yoki bu ijtimoiy, kasbiy guruhga faol ishtiroki, bu 
    guruhdagi ijtimoiy psixologik munosabatlarni o’zlashtirishi amalga oshadi. 

    Download 1,3 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   39




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ызбекистон республикаси

    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish