• HUDUDIY XUSUSIYATLARINI ANIQLASH HAMDA TA`LIM JARAYONIGA TADBIQ QILISH
  •  Kasblarga qo’yiladigan psixofiziologik talablarni anio’lashda ilmiy




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/39
    Sana25.11.2023
    Hajmi1,3 Mb.
    #105188
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39
    Bog'liq
    касб й и п а укув кулланма (восстановлен)

    3. Kasblarga qo’yiladigan psixofiziologik talablarni anio’lashda ilmiy 
    pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishning mantiqiy ketma-ketligi qanday? 
    A) tadqiqot farazi hamda izlanish materiallaridagi g`oyalarini o’rganish va 
    ishlab chiqish mantiqi va metodlari, yangi g`oyani ro’yobga chiqarish bosqichlari 
    hamda ilmiy pedagogik tadqiqot 
    B) tadqiqot farazi va ishlab chiqish mantiqi va metodlari, yangi g`oyani 
    ro’yobga chiqarish bosqichlari hamda ilmiy pedagogik tadqiqot 
    C) tadqiqot farazi hamda izlanish materiallaridagi g`oyalarini o’rganish va 
    ishlab chiqish mantiqi, yangi g`oyani ro’yobga chiqarish bosqichlari hamda ilmiy 
    pedagogik tadqiqot 
    D) tadqiqot farazi hamda izlanish materiallaridagi g`oyalarini o’rganish va 
    ishlab chiqish mantiqi va metodlari, ilmiy pedagogik tadqiqot 


    79 
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
    § 7. KASBGA YO’NALTIRISHDA MEHNAT RESURSLARINI 
    HUDUDIY XUSUSIYATLARINI ANIQLASH HAMDA TA`LIM 
    JARAYONIGA TADBIQ QILISH 
    O’zbekistonda bozor munosabatlariga o’tishning o’z modelini, ya`ni 
    islohotlarni ravon va bosqichma-bosqich amalga oshirishga asoslangan modeli 
    ishlab chiqilgan. U ko’pchilik mamlakatlarning bozor munosabatlariga keskin 
    o’tishi va davlatning iqtisodiyotga minimal aralashuviga asoslangan modelidan, 
    shuningdek minimal darajada iqtisodiyotni demokratlashtirish bilan davlatning 
    iqtisodiyotga minimal aralashuviga asoslangan modelidan farq qiladi. O’zbekiston 
    modeli iqtisodiy masalalarda davlatning faol ishtirok etishi zarurligi va bozor 
    hamda 
    demokratik 
    o’zgarishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish
    kontseptsiyalariga asoslanadi. 
    O’zbekistonda davlatga bir vaqtning o’zida bosh isloxotchilik va jamiyat 
    ijtimoiy xayotining barqarorligini ta`minlovchi hamda kafolatlovchi bosh rol 
    berilgan. Respublikada davlatning roli bozor iqtisodiyotini rivojlantirishda ham, 
    shuningdek iqtisodiy o’zgarishlarning salbiy oqibatlaridan aholini muhofaza 
    qilishda ham ko’zga tashlanmoqda. Kuchli ijtimoiy siyosat o’tish davrida bosh 


    80 
    masalalardan biri deb e`lon qilingan. Islohotning birinchi bosqichi uchun aholini 
    ijtimoiy muhofaza qilishga ajratilgan harajatlar miqdori respublika byudjetining 
    deyarli uchdan bir qismini tashkil etdi. Biroq bozor tomon siljigan sari ushbu 
    muxofazaning mexanizmlari va nufuzi o’zgarmoqda. har bir konkret davr uchun 
    o’zgaruvchan iqtisodiy sharoitlarni hisobga olgan holda ijtimoiy moslashuv 
    choralari qayta ko’rib chiqildi. Bu sohadagi kelajak strategiyasi aholini ijtimoiy 
    muhofaza qilishning keng qamrovli tizimidagi, ijtimoiy kafolatlarni tizimiga 
    asta-sekin o’tishi, shuningdek aholini davlat dotatsiyalari va subsidiyalari olishdan, 
    xususiy biznes sohasida daromadlar olish imkoniyatlariga yo’naltirish ko’zda 
    tutiladi.
    Islohot boshlangandan buyon o’tgan davr ichida O’zbekiston aholisi 2700 
    ming kishiga (12,9 %) ko’paydi. Umumiy o’sishning deyarli to’rt qismi qishloq 
    aholisiga to’g`ri keladi, uning solishtirma og`irligi 59,9 % dan 62,1 % ga o’sdi. 
    Andijon, Qashqadaryo, Samarqand va Surhodaryo viloyatida 70 % ni tashkil etadi. 
    Qolgan viloyatlarda 50 % dan 69 % gacha o’zgarib turadi. Respublikada ayollar 
    soni erkaklar soniga nisbatan 101,7 % tashkil etadi.
    90 yillarda o’sish sur`ati pasaydi, ko’payish yuqoriligicha qoldi. Tug`ilish 
    ko’rsatkichi ham pasaymoqda. 1997 yil 26% tashkil etdi. 1996 yili ko’zda tutilgan 
    iqtisodiy o’sish demografik tendentsiyalarning o’zgarishi ham o’z ta`sirini 
    ko’rsatdi. SHahar aholisi o’sish sur`ati ko’payib, qishloqniki pasaya bordi. Tashqi 
    migratsiya qisqardi, nikohlar soni o’sa boshladi. Orolbo’yi regionining og`ir 
    ahvolda ekanligini ta`kidlash joiz. Ekologik omilning salbiy ta`siri ilgari faoliyat 
    ko’rsatgan ishlab chiqarish turlarini hamda ish o’rinlarini qisqartirishga olib 
    kelmoqda, chunki dengizning mavjudligi bilan bevosita bog`liq bo’lgan mazkur 
    ekosistema uchun an`anaviy hisoblangan hunarmandchilik va boshqa tarmoqlar 
    yo’qolib bormoqda. 1997 yili regionning mehnat birjasida 6,1 ming kishi ro’yxatga 
    olingan. 
    1997 yilning oxirida O’zbekistonda mehnatga layoqatli yoshdagi aholining 
    solishtirma salmog`i 49,5% ni (11,4 mln.kishi), 16 yoshgacha bolalar va o’smirlar 
    – 42,8% ni (9,9 mln.kishi) nafaqa yoshdagi shaxslar 7,7 % ni (1,8 mln. kishi)ni 


    81 
    tashkil etdi. YOshlarning 9 yillik maktabdan so’ng kasb-hunar kollejlari va 
    akademik litseylarda 3 yil ta`lim olishlari majburiy belgilanganligi, mehnatga 
    layoqatsiz yoshni 18 yoshga olib keldi. Bu o’z navbatida mehnat bozoridagi 
    vaziyatni birmuncha kamaytirishi mumkin. 1997 yilda mehnatga layoqatli 
    fuqarolar soni 1991 yilga nisbatan 1592.1 ming kishiga (15,7 %) o’sgan. Bu 
    o’sishning yarmidan ko’prog`i (863,1%) oxirgi 3 yilga to’g`ri keladi. Bundan 
    vaziyat xozirgi kunda mehnat bozorida ba`zi bir keskinliklarni, kadrlar tayyorlash 
    sohasi uchun esa qo’shimcha vazifalarni keltirib chiqaradi. 
    Respublikamizda mehnatga layoqatsiz yoshdagi shaxslar sonining katta 
    miqdorda ekanligi, daromadlar, samarali bandlik, ijtimoiy sug`urta kafolatlarini 
    ta`minlashga asoslangan, kuchli ijtimoiy siyosat olib borish zarurligini belgilab 
    berdi.
    Bu borada bolalarni bo’sh vaqtlarida turli faoliyatlarga jalb qilib, ularni 
    ko’rgazmalarga, muzeylarga borishni tashkil qilib, ota-onalar o’z farzandlarini oila 
    sharoitidan kelib chiqqan holda qavmu-qarindoshlar, amaki-tog`alar, amma-xolalar, 
    aka-ukalar, opa-singillar hamda mahalla-qo’shnilarni mehnat-kasblari bilan 
    tanishtirishlari lozim. SHu bilan oiladagi o’g`il-qizlar, o’z kuchlarini va 
    qiziqishlarini hisobga olgan holda mavjud ishlarni ―sinab ko’rish‖ tamoyiliga 
    binoan bajarishlari maqsadga muvofiqdir. 

    Download 1,3 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   39




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Kasblarga qo’yiladigan psixofiziologik talablarni anio’lashda ilmiy

    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish