• 2. Umumiy o’rta ta`lim maktablarida kasb-hunarga yo’naltirish ishlari 1-9 sinflarda uzluksiz tarzda o’quvchilarga nima asosida beriladi
  • 3. Kasbga yo’naltirish ishlari kimlar tomonidan amalga oshiriladi
  • Mavzu yuzasidan test savollari




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet23/39
    Sana25.11.2023
    Hajmi1,3 Mb.
    #105188
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39
    Bog'liq
    касб й и п а укув кулланма (восстановлен)

     
    Mavzu yuzasidan test savollari: 
    1. Maktabgacha ta`lim muassasalarida kasb olami haqidagi dastlabki 
    tushunchalar qanday beriladi? 
    A) boshlang`ich mehnat ko’nikmalari, o’yinlar orqali 
    B) boshlang`ich mehnat ko’nikmalari, kasblar orqali 
    C) kitoblar, o’yinlar orqali 
    D) ekskursiyalar, kitoblar orqali 


    88 
    2. Umumiy o’rta ta`lim maktablarida kasb-hunarga yo’naltirish ishlari 1-9 
    sinflarda uzluksiz tarzda o’quvchilarga nima asosida beriladi? 
    A) testlar asosida 
    B) shaxsning qiziqish va qobiliyatlari asosida 
    C) shaxsning psixologik-pedagogik tashxisi asosida
    D) shaxsning ko’nikmalari asosida 
    3. Kasbga yo’naltirish ishlari kimlar tomonidan amalga oshiriladi? 
    A) kasbga yo’naltiruvchi mehnat ta`limi o’qituvchilari, mutaxassislar, 
    psixologlar, asosiy fan o’qituvchilari amalga oshiradilar 
    B) mutaxassislar, psixologlar, asosiy fan o’qituvchilari va sinf rahbarlari 
    amalga oshiradilar 
    C) kasbga yo’naltiruvchi mehnat ta`limi o’qituvchilari, mutaxassislar, asosiy 
    fan o’qituvchilari va sinf rahbarlari amalga oshiradilar 
    D) kasbga yo’naltiruvchi mehnat ta`limi o’qituvchilari, mutaxassislar, 
    psixologlar, asosiy fan o’qituvchilari va sinf rahbarlari amalga oshiradilar 
     
     
     
     
     
    § 8. O’QUVCHILARNING KASBIY LAYOQAT, MOYILLIK, 
    QIZIQISH HAMDA QOBILIYATLARNI ANIQLASH 
    METODLARI 
    Ma`lumki, xalqimiz qadimdan yosh avlod tarbiyasi, xususan yoshlarni 
    mehnatga tayyorlash, ularga hunar o’rgatishga alohida e`tibor berib keladi. Buni 
    hunar-hunardan unar, yigit kishiga qirq hunar oz kabi maqollarimizda ham 
    ko’rishimiz mumkin.
    Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng bu sohaga e`tibor yanada 
    kuchaydi. YAngi turdagi ta`lim, jumladan maktabdagi mehnat ta`limi va uni 
    negizida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirib, kollejlarda o’qishni davom 
    ettirishga tayyorlash uchun kasb-hunar ta`limi muassasalari tashkil etilishi 
    jadallashtirilmoqda. Ularni o’z ishining ustasi bo’lgan, erkin fikrlaydigan barkamol 


    89 
    shaxs tarbiyasi jamiyatimizning ustivor vazifalari sirasiga kiritilmoqda, zero aynan 
    shunday yoshlar davlatimizning buyuk kelajagini bunyod eta oladi. 
    Bugungi kunda har bir insonning kasblar olamida o’z o’rnini topishi, kasbiy 
    o’zligini anglashi, jamiyatda o’z o’rnini topishga intilishi va unga qiziqishi kun 
    sayin ortib bormoqda. Minglab kasblar ichida qaysi birini tanlash, shaxsning unga 
    moyilligi, layoqati va qiziqishlarining mos kelishi yoki kelmasligini bilish, shaxs 
    istiqbolida muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada bolalarga qiziqtirgan kasblar 
    haqida ko’plab ma`lumotlarni maktabgacha ta`lim muassasalarida kasb olami 
    haqidagi dastlabki tushunchalar, boshlang`ich mehnat ko’nikmalari o’yinlar orqali 
    beriladi. 
    Umumiy o’rta ta`lim maktablarida kasb-hunarga yo’naltirish ishlari 1-9 
    sinflarda uzluksiz tarzda o’quvchilarga berish, shaxsning psixologik-pedagogik 
    tashxisi asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonni kasbga yo’naltiruvchi mehnat 
    ta`limi o’qituvchilari, mutaxassislar, psixologlar, asosiy fan o’qituvchilari va sinf 
    rahbarlari amalga oshiradilar. Kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik 
    hududiy tashxis markazlari bu ishlarni muvofiqlashtiradi hamda metodik rahbarlik 
    qiladi. har bir umumiy o’rta ta`lim maktablarida har yili tuziladigan va maktab 
    direktorii rahbarlik qiladigan kasb-hunarga yo’naltirish komissiyalari faoliyat 
    ko’rsatadilar. Komissiyalar bitiruvchilarga tanlagan akademik litsey va kasb-hunar 
    kollejlarining tayyorlov yo’nalishlariga yakuniy xulosalar asosida tavsiyanomalar 
    beradi. Kasb-hunarga yo’naltirishning ayrim elementlari o’rta maxsus, kasb-hunar 
    ta`limi tahlili va oliy ta`lim muassasalarida, mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza 
    qilish vazirligining bo’linmalarida, mudofaa vazirligi va oliy ta`limdan keyingli 
    ta`lim muassasalarida hamda maktab bitiruvchilarini akademik litsey, KHK va oliy 
    ta`lim muassasalarida o’qishni davom ettirishi, korxonalarda ishlashida kasb 
    tanlash ishlari ham amalga oshirilishi chuqur va kengaytirish holatlari davom etadi. 
    Mamlakatda kasbga yo’naltirish yaxlit tizimi asta-sekin shaklanmoqda. 
    Mazkur yagona tizim xozirgi holatida maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, 
    kasb-hunarga yo’naltirish markazlari, yoshlar ijtimoiy harakati, oliy o’quv yurtlari, 
    bandlik xizmatining tegishli davlat tuzilmalari, mulkchilik shaklidan qat`iy nazar 


    90 
    korxona va muassasalar o’z tarkibiy tuzilmalarida hamda ularning o’rtasidagi ikki 
    tomonlama va ko’p tomonlama hamkorlik faoliyatlarni bugungi kunda mavjud 
    me`yoriy-huquqiy hujjatlar zaminida – o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish 
    borasidagi ishlarni asta-sekin tashkil etmoqdalar. 
    Bu borada qayd etilgan o’quv muassasalar, korxona va tashkilotlarni tegishli 
    kadrlar 
    bilan 
    ta`minlash, 
    ayniqsa: 
    psixologlar, 
    kasbiy 
    maslahatchilar, 
    psixofiziologlar, sotsiologlar va boshqalarni tayyorlashni ko’paytirish hisobiga 
    shakllantiriladi. 
    Buni inobatga olgan holatda pedagogik institut va universitetlarda 
    tayyorlanayotgan mehnat ta`limi va kasb-hunar o’qituvchilarini o’quv rejalarida 
    bo’lajak o’qituvchilar faoliyatida – ―O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish‖ 
    kursining o’qitish metodikasiga e`tibor katta. 
    O’quvchilarni – bo’lajak kasbini ongli ravishda tanlashi, tanlagan kasbi 
    yuzasidan to’la axborot va ma`lumotlarga ega bo’lishi uchun 8-9 sinflarning 
    birinchi yarmida ―ishlab chiqarish asoslari‖ kursida etarli materiallar kiritilgan 
    hamda ularni to’la hajmida o’zlashtirishga xos imkoniyatlarni yaratilishi ko’zda 
    tutilgan. 
    SHunday qilib, o’quvchilarni 5-7 sinflarida tanlangan mehnat ta`limi 
    zaminida o’zlashtirgan bilim-ko’nikmalari, umumta`lim fanlari asosida kasblar 
    to’g`risidagi bilib olgan axborotlar hamda maktab va maktabdan tashqari 
    tizimlardagi dars va ommaviy mashg`ulotlarda kasblar to’g`risida olayotgan 
    ma`lumotlar – ularga ongli ravishda aniq bir kasbni tanlashga olib keladi. 
    SHuni inobatga olgan holda, 9-sinfda – maktab tizimida olib borilgan kasb 
    tanlash ishlarini, 9-sinflarda esa, kasb tanlashga xos tashkiliy-ommaviy va 
    hamkorlik tadbirlarini olib borilishi rejalangan. Ular yuzasidan quyidagi 
    o’quv-mavzu rejalar ishlab chiqilgan. 
    Mavzular tezis holatda yoritilgani uchun, ularni qo’shimcha materillar, sxema 
    va boshqa ma`lumotlarni har tomonlama o’rganishga yo’naltirilgan. Unga kasb 
    tanlashga xos pedagogik-psixologik va metodik materiallarni qo’shimcha 
    manbalardan foydalanib to’ldiring, boyiting, chuqurlashtiring va kengaytiring. 


    91 
    Qo’shimcha materi allardan ko’pincha hududiy, mahalliy va ilg`or tajribalar 
    yuzasidan ma`lumotlarga e`tiborni kuchaytiring. Mavzuga taaluqli xududiy 
    akademik litsey va kasb-hunar kollejlar faoliyatlarini o’quv-tarbiya ishlarini, 
    kasblarga yo’naltirilgan materiallarni kengroq qilib ifodalang. Azkur mavzularni 
    o’quvchilar mustaqil holatda o’zlashtirishga alohida e`tibor bering. O’quvchilar 
    o’zlashtirayotgan materiallarni tizim yoki model holatiga keltirishga ko’proq 
    e`tiborni yo’naltiring. Bu borada, o’quvchilarni o’quv materiallarini o’zlashtirish 
    jarayonlarida ko’rsatayotgan harakatlarini quyidagicha yo’naltiring: 
    1) mavzuga xos materiallarni to’plash, tahlil etish, xulosa chiqarish; 
    2) turli manbalardan qo’shimcha materiallarni izlash va ularni aosiy 
    materiallar bilan uyg`unlashtirish, kengaytirish va boyitish; 
    3) mavzuni mustaqil ravishda o’zlashtirish jarayonida mavjud bo’lgan 
    muammolarni aniqlash, ularni echish holatini aniqlash hamda muammolarni 
    bartaraf etish tadbirlarini belgilab olish;
    4) agar mavzuni o’zlashtirish jarayonini tajribaga qo’yish va uni o’tkazish 
    usullari bilan maqsadga erishishni talab etsa, demak, mazkur usullardan unumli 
    foydalanishga alohida e`tibor berish zarur; 
    5) mazkur mavzularni ayrimlarini tadqiqot usullari bilan o’zlashtirish 
    metodikaini aniqlab hamda uni amalda tadbiq etish. 
    SHunday qilib, mazkur to’plamda kasbga yo’naltirish masalalarini 
    o’quvchilar, asosan, mustaqil ravishda o’zlashtirishlariga qaratilgan. SHu bilan 
    birga quyidagi mavzulardan birini tanlab pedagogika, psixologiya va kasb tanlash 
    bilan uyg`unlashtirilgan holda ifodalashni tavsiya etiladi: 
    1. Referat ishi mavzusini g`oyasiga binoan quyidagi shakllarda ishlab 
    chiqiladi: 
    - loyihalar tayyorlash; 
    - modellar ishlab chiqish; 
    - takomillashtirilgan dasturlar; 
    - dasturilamal rejalar va hakozolar. 


    92 
    2. Referat ishini himoya natijasidan kelib chiqqan holda komissiya qaroriga 
    binoan amalga tadbiq etish uchun viloyat rahbarlariga tegishli tavsiyalar beriladi. 
    3. Referat ishini to’la amalga tadbiq etilishiga qarab tinglovchi-xodimni 
    tegishli mahalliy tashkilotlar rahbariyati tomonidan moddiy va ma`naviy taqdirlash 
    masalalari qo’yiladi. Bitiruv ishi yuzasidan kafedradan tayinlangan ilmiy rahbar 
    sizga amaliy yordam ko’rsatadi. 
    4. Referat ishiga tavsiya etilgan mavzular: 
    I. Kasb-hunar ta`limi pedagogikasining dolzarb muammolari: 
    1. Kasb-hunarga yo’naltirilgan pedagogikasining dolzarb muammolari; 
    2. Kasb-hunarga yo’naltirilgan pedagogik jarayonni optimallashtirish; 
    3. Muammoli ta`lim; 
    4. Qo’shimcha darslar; 
    5. O’quv jarayonidagi ishchi o’yinlar; 
    6. O’quvchilarni o’quv-ishlab chiqarish jarayonida faolligini oshirish; 
    7. Pedagogik mehnat ilg`orlarining tashkiliy-metodik tizimining asoslari; 
    8. Tayanch konspektlarni tuzish metodikasi; 
    9. Pedagogik tajriba va g`oyalar; 
    10. Pedagogning ilmiy labaratoriyasi; 
    11. Pedagogik tajriba va ijodkorlik; 
    12. Pedagogik mahorat; 
    13. Pedagogik faoliyatda mantiq; 
    14. Pedagog etikasi; 
    15. Pedagogikada notiqlik san`ati; 
    II. Kasb-hunarga yo’naltirish psixologiyasining dolzarb muammolari: 
    1. Kasb-hunar ta`limi psixologiyasi; 
    2. Jamoaning psixologik muammolari; 
    3. Pedagog obro’ining shakllanishi; 
    4. O’quvchilarning psixologik xususiyatlari; 
    5. O’quvchilarning bilish va qiziqishlarini shakllantirish; 
    6. SHaxsning hissiy-irodaviy tavsifi; 


    93 
    7. Xotira va uni rivojlantirish yo’llari; 
    8. Muloqotning psixologik xususiyatlari; 
    9. Diqqat va uning o’quv-ishlab chiqarish faoliyatidagi roli; 
    10. Fikrlash, tasavvur, ta`lim jarayonida ularni rivojlantirish; 
    11. O’quvchilarni kasb tanlashga tayyorlashning psixologik asoslari. 
    III. Kasb tanlashning dolzarb muammolari: 
    1. Kasb tanlashning ijtimoiy asoslari; 
    2. Kasb tanlashning iqtisodiy asoslari; 
    3. Kasb tanlashning psixologik asoslari; 
    4. Kasb tanlashning tibbiy asoslari; 
    5. Kasb tanlashning fiziologik asoslari; 
    6. Kasb tanlashning yuridik asoslari; 
    7. Kasb tanlashning pedagogik asoslari; 
    8. Kasb tanlashning tarbiyaviy asoslari; 
    9. Gumanitar predmetlardan kasb tanlash asoslari; 
    10. Fizik-matematik predmetlardan kasb tanlash asoslari; 
    11. Biolog-fiziolog predmetlardan kasb tanlash asoslari; 
    12. Mehnat va kasb ta`limidan kasb tanlash asoslari. 
    SHunday qilib, maktab tizimidagi hamda mehnat ta`limi negizidagi kasb 
    tanlashni hamda maktabdagi sinf va sinfdan tashqari ishlarda o’quvchilarni 
    kasb-hunarga yo’naltirish asoslarini muntazam ravishda olib borishi ishlab chiqildi, 
    tadbiq etilishi belgilandi, mezon va darajalari keltirildi. 
    Keltirilgan materiallar turli shaklda, hajmda va holatlarda keltirilmoqda. 
    Magistrantlar ulardan axborot, ma`lumot, tavsiya, qayta ishlab chiqish, maqola, 
    risola va magistrlik dissertatsiya qo’llanishi uchun taqdim etilmoqda. Taqdim 
    etilgan materiallar: rasmiy hujjatlardan, risola, maqolalar va boshqa manbalardan 
    olingan. 
    Bu borada magistrantlar o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish bo’yicha 
    umumiy o’rta ta`lim maktablari direktori, amaliyotchi psixologi, kasb-hunarga 
    yo’naltiruvchi, sinf rahbarlarining asosiy vazifalarini kasb tanlash ishlari bilan 


    94 
    uyg`unlashtirib olib borishlarini tashkiliy va ilmiy-pedagogik asoslarini taxlil 
    qilishlari lozim.
    O’quvchilarning kasbiy layoqat, moyillik, qiziqish hamda qobiliyatlarni 
    hisobga olinmasa quyidagi kamchiliklarni keltirib chiqarish mumkin: 
    O’qituvchining kasb-hunar tanlashda uning qobiliyati qizishi xisobga 
    olinmasligi. 
    O’qituvchining kasb-hunarni tanlashdan uning aniq kasbga bo’lgan qiziqishi 
    qobiliyati salomatligi va boshqa omillari har tomonlama o’rganilmaydi, natijada 
    o’quvchining shaxsiy mayli qiziqishiga emas balki o’qituvchining o’quv rejasiga 
    asoslanib umumiy kasb tanlashga xos o’qishga turli mazmundagi tarbiyaviy 
    tadbirlarda ishtirok etishga madaniy-axloqiy ishlarni tashkil etish va o’tkazishga 
    majburan jalb etiladiganga o’xshab ketadi. Bunday tabiiy xolat oqibatida har ikkala 
    shaxsda (o’qituvchi o’quvchi) ham kasb tanlash ishlarda faollik tashabbuskorlik 
    ijodkorlik yo’qoladi. 
    O’qituvchining o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish talim-tarbiyaviy 
    ishini aniq va ijodiy rejalashtirmasligi. 
    Bu sabab mehnat ta`limining yagona o’quv rejasi tarbiyasiga qo’yilgan 
    talabning bir xilligi hamda ota-kasb va ustoz-shogird tizimlaridagi kasb 
    manaviyatiga e`tiborsiz qarash natijasidir. Natijada o’qituvchi dars jarayonida reja 
    va dasturdan kelib chiqib o’quvchini mehnat va kasb tanlashini manaviy 
    shakllantirish imkoniyatlarining didaktik adabiyotlarga boy manaviy merosimiz 
    durdonalariga diniy manbalarga o’lkashunoslik materiallariga tayangan holda 
    ta`limining tarbiyaviy tomoniga aloxida e`tibor bermaydi. O’qituvchi dasturga yoki 
    darslikka suyanib qolmasligi o’quvchilarning qiziqish va o’z imkoniyatlariga qarab 
    tanlanlangan kasbiga ota –kasb va ustoz - shogird talablariga tayanib ish olib 
    bormasligi. O’quvchi diqqaatini, qalbini, ongi va foliyatini zabt eta olmaydigan 
    xohlagan kasbini tanlashgan voz kechish ularning manaviy extiyojini qondira 
    olmaydigan mohir ustalar va mutaxasislar ijodi va foliyatini ijodiy o’rganishdan 
    uzoqligi salbiy ta`sir qiladi. 
    O’qituvchilarning mehnat jarayonida va ularni kasb-hunarga yo’naltirish 


    95 
    yuzasidan talim va tarbiyadagi uzviy birlikning yo’qligi. 
    Mazkur yo’nalishdagi kamchiliklar shu bilan izoxlanadiki mehnat talimining 
    dars jarayonida uning tarbiya va kasb-hunarga yo’naltirish qonuniyatlari undagi
    tarbiya jarayonini tashkil etishda talim qonunyatlariga etarlicha e`tibor qilinmaydi. 
    Mehnat talimi dars jarayonida o’quvchilarni kasb-xunarga yo’naltirish o’quv 
    materiallari vositasida to’plangan bilim malaka va ko’nikmalar ijtimoiy foydali 
    madaniy foliyat jarayonida qo’llanilmaydi. Darsdan va ta`lim muassasasidan 
    tashqari ish sifatida tashkil etilmaydi uning natijalari darsda o’quvchilarning bilim 
    foliyatini kasb tanlashning follashtirish uchun foydalanilmaydi. 
    Eng asosiy o’qituvchilarni kasb-hunarga yo’llash ta`limini tarbiyaviy 
    xarakteriga etiborning nihoyatda pastligi hisoblanadi. Respublikamizdagi fan 
    o’qituvchilari ish tajribalarini o’rganish natijasida aniqlanganki aksariyat 
    o’qituvchi va ustozlar talimning tarbiyaviy jarayoni tashkil etishdan iborat deb 
    bo’lmaydilar degan xulosaga keldilar. 
    Talimning 
    tarbiyaviy 
    xarakterini 
    amalga 
    oshirish 
    uchun 
    tarbiya 
    qonunyatlarini o’quvchilarni kasb hunarga yo’llash talim qonuniyatlarini negiziga 
    sindirib yuborish xar bir mavzuni o’rganishda asosiy maqsad puxta bilim berish 
    emas balki har tomonlama voyaga etgan o’quvchi shaxsni shakllantirishdan iborat 
    bo’lmog`i ko’zda tutilishi kerak. 
    Har bir maktab O’zbekistonda migratsiya vazifasini hisobga olgan holda 
    atrofdagi ishlab chiqarish korxonalarni fermer xujaliklarini agrosanoat 
    majmualarni shaxsiy uylarda tashkil etiladigan yakka mehnat foliyatlarini 
    istiqboliga tayangan holda mehnat ta`limi negizida o’quvchilarni bir necha 
    kasb-hunarga yo’naltirishning kasb-korlik tayyorgarlikka uyg`unlashtirishgan 
    holda mustaqil ravishda belgilab oladi. 
    Mehnat talimi jarayonida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishdan 
    asta-sekin aniq kasb-korlikka tayyorgarlik mazmunida mehnat kasb ishlab 
    chiqarish va boshqa sohalardagi materiallar uyg`unlashtirilgan holda aks etiladi. 
    Mehnat ta`limi mazmunidan o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish jarayonida 
    ularni kamida 3 ta kasbga tayyorgarlik holatini o’quvchilar amaliy foliyatlarini 


    96 
    bozor mnosabatlari bilan uyg`unlashtirilgan holda aks etiladi. Negizida 
    o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish imkoniyatlarini anik kasb-korlikka 
    tayyorgarlik o’quv rejasi dasturlari va didaktik materiallari yagona tarkibda va 
    uzluksiz tamoyillar asoslariga binoan ishlab chiqiladi. 
    Mehnat talimi zaminida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishgina umumiy 
    mehnat umumiy texnika umumiy texnalogiya umumy ishlab chikarish umumiy 
    kasblar yangi malumotlar bilan uyg`unlashtirilgan va uzviy bog`langan tizim 
    xamda tamoyillar asoslarida o’zlashtirishni tashkil kilinadi. 
    Mehnat 
    talimida 
    o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishda ularni 
    kasb-korlikka tayyorgarlikning o’quv jarayonlarida noananviy vaziyatlar va yangi 
    dars texnologiyalar uzluksiz hamda yangilangan holatda qo’llaniladi, kasb-hunarga 
    yo’naltirishda ular o’quvchilarni o’zlashtirilgan mehnat va kasb-korlik bo’yicha 
    tayyorlash jarayonlaridagi shakllanayotgan bilimlar ko’nikmalar mahoratlar 
    malakalar va ijodkorliklar uzluksiz boyitilib kengaytirib va chuqurlashtirib boriladi, 
    mehnat talimda o’quvchilarni kasb hunarga yo’naltirishni kasb-korlik 
    tayyorgarligida nazariy bilimlarni o’zlashtirish xususiyatlarini inobatga olgan 
    holda ularning asosiy qismlarini o’quvchilar darsdan tashqari va amaliy 
    mashg`ulotlar jarayonida mustaqil ravishda uzviy bog`lab o’rganishga maxsus 
    etibor beriladi. 
    O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish jarayonini uyg`unlashtirilgan mehnat 
    va kasbkorlik bo’yicha tayyorlashda nazariy darslar amaliy mashg`ulotlar ishlab 
    chikarish faoliyatlarni uzviy bog`langan jarayonda tashkil etiladi hamda 
    boshqariladi. 
    O’quvchilarni kasb-hunarga yo’llash holatini uyg`unlashtirilgan mehnat va 
    kasb-korlik bo’yicha tayyorlash jarayonlarning xususiyatlarini hisobga olgan holda 
    – ularda test reyting kim oshdi namoyishlarini ko’rgazmalarni ma`lum bir tizim va 
    tamoyllar asosida uzviy bog`lab o’tkaziladi. 
    Mehnat jarayonlarini 1-sinfdan 9-sinfgacha o’quvchilarni kasb-hunarga 
    yo’naltirib umumiy talim fanlar bilan uzviy bog`langan hamda ularni kasbiy 
    yo’naltirilgan holda boyitib kengaytirib va chuqurlashtirib olib boriladi. 


    97 
    O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish holatini uyg`unlashtirilgan mehnat 
    va kasbkorlik buyicha tayyorlashni bog`cha –maktab –KXK ma`lum holda
    uzluksiz tizim va tarkibida tashkil qilinadi. 
    Uyg`unlashtirilgan mehnat ta`limi va kasb-korlika tayyorgarlikka manaviy 
    marifat huquqiy ekologik asoslari bilan uzviy bog`langan holatda o’quvchilarni 
    kasb-hunarga yo’naltirilgan jarayonlari o’zlashtirilishi ta`minlanadi. 
    Uyg`unlashtirilgan mehnat talimi va kasb-korlikka tayyorgarlikani maxsus 
    tashkil etilgan o’quv-tarbiya jarayonlarini samarasini oshirishda ulardagi didaktik 
    asoslarda muallifni ilmiy asoslangan o’quv materiallarning mazmunini tadqiqot 
    shakllari metodlari va vositalari muntazam ravishda tadbiq etiladi shunda 
    o’quvchilarni maktab sharoitida mehnat va kasbgacha tayyorgarlikka zaminni 
    paydo bo’lgan hamda ular maktabni bitirgach kasb-hunar kolejlarga tegishli 
    yo’nalishga tayyorlangan holda o’qishni davom etiradilar. 
    Bu borada quydagi materiallardan zamin asosida kulanilsa – maqsadga 
    muvofiq bo’la oladi.
    I. Mavzu: Prezident Islom Karimovning asarlarida ishlab chiqarishning isloh 
    qilish ayrim masalalari. 
    II. Maqsad: O’quvchilarni – Prezident Islom Karimovning asarlarida ishlab 
    chiqarishni isloh qilishga oid nutqlari bilan tanishtirish hamda shu yo’nalish 
    bo’yicha ularni tafakkurini kengaytirilgan holatda mehnat ta`limi va kasb tanlashga 
    uzviyligini yoritish. 
    III. Ko’riladigan masalalar:
    1. 
    Ta`lim tarbiyaning ma`no va mazmunini-o’quvchilarni kasb-hunarga 
    yo’naltirishni ishlab chiqarishda shakllanayotgan islohotlar bilan uyg`unlashtirish 
    ahamiyati. 
    2. 
    Milliy mafkurani ongimizga singdiruvchi amaliy ta`lim tarbiyani 
    ishlab chiqarish asoslari bilan o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirishni 
    uyg`unlashtirib amalda tadbiqetishlari. 
    3. 
    Mehnat ta`limi tayyorgarlikni o’quvchilarni kasbga yo’llash bilan 
    mumtoz hunarmandchilik bilan uyg`unlashtirish bugungi va kelgusi avlod 


    98 
    tafakkurini kengaytirish asoslari. 
    O’zbekistonda mustaqillik davrining ta`lim-tarbiya tamoyillari birinchi 
    navbatda ajdodlarimizning bu boradagi tajribalaridan faxrlanish tuyg`ularini tarkib 
    toptirish va rivojlantirish bilan xarakterlanadi. Binobarin, fan va madaniyatning 
    mumtoz namoyondalari qoldirgan ilmiy nazariy me`ros bugungi va kelgusi avlod 
    tafakkuri doirasini kengaytirishga bevosita yordam beradi. SHuning uchun 
    O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov dastlab tarixiy tafakkur tarziga 
    asosiy diqqat e`tiborni qaratadi.
    Mazkur va boshqa asarlarida Prezident Islom Karimov respublikamizda 
    keyingi yillarda ro’y berayotgan katta iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy va xuquqiy 
    o’zgarishlar haqida bayon etilgan. O’qituvchilarga tushunarli bulishi uchun 
    o’qituvchi Islom Karimovning yuqorida nomlari keltirilgan risolalarning 
    ko’rsatilishi, zarur bo’lsa ularning mazmunini qisqacha ta`riflab berishi mumkin. 
    ―O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida‖ nomli mazkur 
    asarda mamlakatimizda mustaqillik e`lon qilingandan keyingi davrda amalga 
    oshirilgan ishlarga yakun yasalgan, sodir bo’lgan ijtimoiy siljishlar, iqtisodiy 
    islohotlar, kishilar ongida ro’y berayotgan o’zgarishlar va boshqa zarur masalalar 
    tahlil qilingan. 
    SHunday ekan O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning shu va boshqa 
    asarlarini mukammal va atroflarcha o’rganish, unda olg`a surilgan g`oyalarni 
    o’zlashtirib olish maqsadga muvofiqdir. CHunki asar har bir O’zbekiston 
    fuqarosini porloq kelajagimiz uchun halol va faol mehnat qilishga chorlaydi. 
    ―Islohotlarning muvaffaqiyati har birimizning qo’limizda. O’zbekistonda 
    yashovchi barcha aholining qo’lidadir. Mamlakatimizni erkin, boy ravnaq 
    topayotgan mamlakat bo’lsin desak, farzandlarimiz baxtiyor va to’kin-sochin 
    yashasin desak, islohotlarning ikkinchi bosqichida xam maqsad va vazifalarni 
    amalga oshirish uchun butun kuch g`ayratimizni sarflamog`imiz darkor. Bu 
    bosqich mamlakatimizning jadal rivojlanishi, uning qudrati xamda jaxon xalk 
    ta`limiyatidagi obro’ e`tiborni kuchaytirish uchun mustahkam zamin yaratishga 
    qaratilgandir. Ushbu maqsadlarga erishish bizning muqaddas burchimiz, kelajak 
    avlodlar oldidagi ezgu majburiyatimizdir.‖- deyilgan asarda. (I.A.Karimov. 


    99 
    O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida.-Toshkent: O’zbekiston, 
    1995. 267 b.) 
    SHunda mehnat ta`limi o’qituvchisi mazkur kursning davr talabiga binoan, 
    o’quvchilarga davlatimiz oldida tutgan g`oyat muhim ishlab chiqarish bilan 
    bog`liq vazifalar mamlakatni iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy isloh qilish, iqtisodiy 
    munosabatlarni demokratiyalashtirish, kelajak poydevori bo’lmish yuksak 
    ma`naviyatdan Vatan ravnaqi yulida foydalanish masalalarini ularga sodda va 
    tushunadigan misollar bilan uyg`unlashtirgan holda tushuntiriladi. 
    «Ta`lim to’g`risidagi» qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ni qabul 
    qilishdan maqsad, avvalgi 11 yillik ta`lim tizimi ilmiy jihatdan asoslab 
    berilmaganligi yaqqol ko’zga tashlandi. Sababi, balog`atga etmagan, mustaqil 
    mehnat faoliyatiga tayyorlanmagan yoshlar oldida ikkita ulkan xavf-xatar: ishlab 
    chiqarish uchun keraksiz bo’lib qolish va kasb-hunar egallay olmasliklari mumkin. 
    Amaldagi qonun va dasturlarini amalga oshirishning asosiy bo’g`inida 
    uzluksiz ta`lim tizimi yotadi. 

    Download 1,3 Mb.
    1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   39




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish