II. Kasb-hunarga yo’naltirishning maqsadi, vazifalari va asosiy tamoyillari




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/39
Sana25.11.2023
Hajmi1,3 Mb.
#105188
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39
Bog'liq
касб й и п а укув кулланма (восстановлен)

II. Kasb-hunarga yo’naltirishning maqsadi, vazifalari va asosiy tamoyillari 
Kasb-hunarga yo’naltirish – umuminsoniy madaniyatni shakllantirish 
jarayonining tarkibiy qismlaridan biri sifatida yosh avlodni kasbiy tiklanishi, tabiat 
in`om etgan (tug`ma) qobiliyatlarini rivojlantirishda ko’maklashish, insonga kasbiy 
o’zligini anglashiga yordam beruvchi maxsus chora – tadbirlar majmuasi bo’lib, 
uning imkoniyat va ehtiyojlarini hisobga olgan holda, bandlik va maqbul ta`lim 
turini tanlash ishlarida, turli xil malakali kasb mutaxassislariga bo’lgan ehtiyojlarda 
jamiyatning g`amxo’rligi sifatida namoyon bo’ladi.
Kasb-hunarga yo’naltirish ishining bosh maqsadi o’ziga xos usullar 
yordamida mutaxassisning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini kuchaytirish va 


123 
aholining samarali bandligini oshirishga erishishdan iborat.
Kasb-hunarga yo’naltirishning asosiy maqsadi – yosh avlodni ongli va 
mustaqil ravishda kelgusi ta`lim yo’nalishini (akademik litsey yoki kasb – hunar 
kolleji) tanlashiga yoki shaxsning psixofiziologik xususiyatlari, qiziqishi, 
qobiliyati, moyilliklari va jamiyatning kadrlarga bo’lgan ehtiyojidan kelib chiqqan 
holda mehnat qilish sohasini tanlashga tayyorlashdan iborat.
Kasb-hunarga yo’naltirigp quyidagi ikki asosiy vazifani hal qilishga 
qaratilgan:
- mehnat imkoniyatlarini oqilona taqsimlash va foydalanish hisobiga 
mamlakatning iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash;
- shaxsni ijtimoiy va iqtisodiy himoyalash, chunki o’z qiziqishlari, moyillik va 
imkoniyatlariga mos kelgan kasbni tanlagan inson ham kasbiy, ham moddiy 
jihatdan tezroq uni o’zlashtiradi va sezilarli natijalarga erishadi.
Kasb-hunarga yo’naltirish ishining pirovard natijasi ijtimoiy- iqtisodiy omil 
bo’lib, shaxsga ham, davlatga ham real foyda keltiradi.
Kasb-hunarga yo’naltirishda quyidagi tamoyillar asos qilib olingan:
- kasb-hunarga yo’naltirish xizmatlarining majmuaviy xarakterdaligi;
- iqtisodiy rivojlanish va mehnat bozorini o’rganish va prognoz qilish orqali 
jamiyat va shaxs qiziqishlarini muvofiqlashtirish;
- shaxsni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashxis qilish 
shakli, uslublari va vositalarining ilmiy asoslanganligi;
- O’zbekiston fuqarolarining va (lozim bo’lganda) boshqa davlat 
fuqarolarining o’qish, ish joyi, yoshi, jinsi, millati va diniy dunyoqarashidan qat`iy 
nazar kasb-hunarga yo’naltirish xizmatlaridan foydalanishga teng huquqligi;
- kasb tanlash yoki almashtirish, ta`lim turi va ishga joylashish 
imkoniyatlariga nisbatan kasbiy va boshqa axborotlarning tushunarliligi;
- umumiy o’rta ta`lim maktab o’quvchilariga psixologik-pedagogik va 
kasb-hunarga yo’naltirish xizmatlarini ko’rsatishning majburiyligi va bepulligi, 
aholining boshqa guruhlariga davlat darajasida kafolatlangan kasbiy tashxis va 
maslahat berishning ixtieriyligi;


124 
- kasbiy tanlov, tashhis va maslahat xulosalarining ob`ektivligi, maxfiyligi va 
tavsiyaviy xarakterda ekanligi; 
Kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining asosiy ob`ekti:

umumiy o’rta ta`lim maktablarining 1 – 9 sinf o’quvchilari; 

oliy o’quv yurtlari talabalari va o’rta maxsus, kasb – hunar ta`limi 
muassasalarining o’quvchilari;

band bo’lmagan aholining turli guruhlari;

ishdan bo’shashi kutilayotganlar;

ish qobiliyati cheklangan shaxslar.

Download 1,3 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   39




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Kasb-hunarga yo’naltirishning maqsadi, vazifalari va asosiy tamoyillari

Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish