• Kasbga yo’naltirish quyidagi qismlarini o’z ichiga oladi
  • III. Kasbga yo’naltirish ishlarining mohiyati va mazmuni




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet32/39
    Sana25.11.2023
    Hajmi1,3 Mb.
    #105188
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39
    Bog'liq
    касб й и п а укув кулланма (восстановлен)

    III. Kasbga yo’naltirish ishlarining mohiyati va mazmuni 
    Kasbga yo’naltirish-bu har bir individumning o’ziga xos individual 
    xususiyatlari va mehnat bozorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, o’z kasbiy 
    o’rnini topishi uchun shaxsga ta`sir etishning ilmiy asoslangan shakl, usul va 
    vositalar tizimidir. U insonning kasbiy qiziqishi va imkoniyatlari hamda 
    jamiyatning aniq bir kasbiy faoliyat turiga ehtiyojlarining mutanosibligiga 
    erishishga yo’naltirilgandir.
    Kasbga yo’naltirish – mohiyat va samaradorlikni baholash ko’rsatkichlariga 
    ko’ra ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Kasbga yo’naltirishni hal etish vazifalari 
    bo’yicha ijtimoiy-iqtisodiy, tibbiy- fiziologik va psixologik-pedagogik mohiyatta 
    ega muammodir. Kasbga yo’naltirish insonning qobiliyati va iqtidorini maqsadli 
    rivojlantirishda, uning kasb mahorati, ish qobiliyati va salomatligini asrashga 
    imkon yaratadi hamda aholini ijtimoiy himoyalash va bandligi sohasidagi davlat 
    siyosatining muhim elementlaridan biri sifatida namoyon bo’ladi. Kasbga 
    yo’naltirish shaxsning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, uning ijtimoiy 
    va kasbiy faolligini oshirish hamda majburiy ishsizlikning oldini olishda muhim rol 
    o’ynaydi. Kasbga yo’naltirish tadbirlari inson tomonidan o’z kasbiy malakasini 
    oshirishning qulay shakllarini izlash, ijtimoiy-iqtisodiy tashabbuskorlik, 
    intellektual va mehnat mustaqilligini rivojlantiradi.
    YOsh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashga, uni har tomonlama 


    125 
    va barkamol rivojlantirishning shart – sharoiti sifatida qaraladi. Bu shaxsning 
    ma`naviy, aqliy, mehnat, estetik va jismoniy tarbiyasi, ya`ni barcha o’quv – tarbiya 
    jarayoni bilan uzviy birlikda amalga oshiriladi.
    Kasbga yo’naltirish quyidagi qismlarini o’z ichiga oladi:
    Kasbiy axborot, kasbiy maslahat, kasbiy tanlov va saralash, kasbiy 
    moslashish.
    Kasbiy axborot-ma`lum bir kasbni egallash xohishi bo’lgan shaxsga, turli 
    mutaxassisliklarni egallashning shakl va sharoitlariga, kasbiy malakalarning o’sish 
    imkoniyatlariga, mehnat bozorining holati va ehtiyojiga, kasbiy qiziqishlarning 
    shakllanishiga, shaxsning istak va ko’nikmalariga qo’yilgan talablar hamda 
    eamonaviy kasblarning istiqboli va mazmuni to’g`risidagi ma`lumotlarni to’plash, 
    targ`ibot qilish chora – tadbirlaridir.
    Kasbiy maslahat – kasb tanlash, kasbni yoki faoliyat turini o’zgartirishda 
    yordamga muhtoj bo’lgan shaxsning individual – psixologik xususiyatlari, shaxsiy 
    fazilatlari, kasbiy qiziqishlari, moyilligi, sog`ligi va mehnat bozori ehtiyojlarini 
    o’rganish asosida psixolog – maslahatchi bilan ilmiy tashkil etilgan o’zaro muloqot 
    tizimidan iborat. Kasbiy tanlov va saralash – kasbiy faoliyatning alohida, turlariga 
    yaroqlilik darajasini aniqlashga yo’naltirilgan shaxsning psixofiziologik 
    xususiyatlari (tanlash) yoki aniq bir kasbga bo’lgan psixofizioligik me`yoriy 
    talablar (saralash) asosida shaxsni har tomonlama o’rganish tizimidir.
    Kasbiy moslashish – ishlab chiqarishda kasbiy faoliyatning ijtimoiy- 
    psixologik va tashkiliy-texnik sharoitlariga shaxsni moslashtirishga, uni 
    muvaffaqiyatli ravishda kasbni egallashi uchun shart sharoitlarni yaratishga 
    yo’naltirilgan choralarning majmuaviy tizimidir. 
    Professiografiya (axborot, tashxis, korrektsiyalovchi, shakllantiruvchi va 
    kasbiy tashxis (shaxsni o’rganishning psixologik, psixofiziologik, tibbiyo va 
    boshqa usullarining 
    majmui) kasbga yo’naltirishning axborot uslubiy 
    ketma-ketligining asosi hisoblanadi.

    Download 1,3 Mb.
    1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   39




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III. Kasbga yo’naltirish ishlarining mohiyati va mazmuni

    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish