V. Kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini rivojlantirishning asosi bosqichlari Kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini rivojlantirishning asosi bosqichlari
quyidagicha:
Birinchi bosqich (maktabgacha ta`lim yoshi) – maktabgacha ta`lim yoshidagi
bolalarda (katta guruh) mehnat bilan band bo’ladigan insonlarga, ularning
mashg`ulotlariga, shuningdek qo’llaridan keladigan faoliyat turlari bo’yicha
dastlabki mehnat ko’nikmalarini ijobiy, hissiy – ta`sirchan shakllantirsh;
Ikkinchi bosqich (1 – 4 sinflar) – kichik maktab yoshidagi o’quvchilarda
bilishga oid va o’yin ko’rinishidagi ijtimoiy – foydali mehnat faoliyatini amalga
tatbiq qilish orqali, mehnatta hurmat, uning inson hayotida va jamiyatda tutgan
o’rnini anglashini, ota-onalarining kasblariga hamda ommaviy kasblarga bo’lgan
qiziqishini rivojlantirish;
Uchinchi bosqich (5-7 sinflar) – o’smirlarda kasbiy yo’nalganlik bo’yicha
kasb tanlash va jamiyatdagi o’z o’rnini topish bilan bog`liq bo’lgan qiziqishi,
qobiliyati, ijtimoiy qadriyatlarning izlanuvchan – sinchkov ko’rinishlarini
shakllantirish;
To’rtinchi bosqich (8-9 sinflar) – o’quvchilarda kasbiy o’zlikni anglashni
shakllanish davri, ya`ni o’quvchilarni aniq bir kasbni tanlashning shaxsiy ma`noga
egaligini tushunib etishi, qadriyatlar to’g`risidagi o’z tasavvurlarini, faoliyat
sohasini tanlashning jamiyat maqsadlari bilan qiyoslay olishini shakllantirish davri;
Beshinchi bosqich (akademik litsey va kasb – hunar kollejlarining birinchi
kurs o’quvchilari) – ijtimoiy-kasbiy maqomni aniqlash, ya`ni aniq bir mehnat
faoliyati sohasidagi bilim na ko’nikmalar haqida har taraflama tasavvurlarni
shakllantirish, ularni o’zlashtirinna kirishish, ishlab chiqarish mehnat jamoasining
tartib – qoida va qadriyatlariga qo’shilishni shakllantirish davri;
Oltinchi bosqich (kasb-hunar kollejlarining oxirgi kurs o’quvchilari, oliy
o’quv yurtlari talabalari) – kasbiy faoliyatta kirishish. Bu kasbiy faoliyatta jiddiy
tayyorgarlik hamda mehnat jamoasidagi ish va tajribaning shakllanish davri.
Ettinchi bosqich (katta yoshdagi mehnat bilan band bo’lgan odamlar,
ishsizlar) – shaxsiy imkoniyatlar va oldingi kasbiy-ijtimoiy tajribalarni hisobga
128
olgan holda, zarurat bo’lganda boshqa kasbiy faoliyatga qayta yo’naltirish.