• 7.3. Ilmiy metodik va axborot ta`minoti
  • 7.4. Moliyalashtirish va moddiy – texnik ta`minot
  •  Kadrlar bilan ta`minlash




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet37/39
    Sana25.11.2023
    Hajmi1,3 Mb.
    #105188
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
    Bog'liq
    касб й и п а укув кулланма (восстановлен)

    7.2. Kadrlar bilan ta`minlash 
    Respublikaning kasb-hunarga yo’naltirish tashkilotlarining kadrlar bo’yicha 
    tarkibi doktorlik va nomzodlik ilmiy darajasiga ega bo’lgan olimlar yoki ta`lim 
    sohasida ma`lum amaliy ish tajribasiga ega bo’lgan, ta`lim muassasalarida – 
    kamida besh yil ishlagan pedagog va injener – pedagoglardan shakllanadi.
    Ularni tegishli kadrlar bilan ta`minlash psixologlar, kasbiy maslahatchilar, 
    psixofiziologlar, sotsiologlar va boshqalarni tayyorlashni ko’paytirish hisobiga 
    shakllantiriladi.
    7.3. Ilmiy metodik va axborot ta`minoti 
    O’zbekiston Respublikasida kasbga yo’naltirish bo’yicha ilmiy, amaliy, 
    uslubiy va nazariy ishlanmalarni tayyorlash, ularni sinovdan o’tkazish va kasbga 
    yo’naltirish tizimiga tatbiq etish masalalari o’quvchilarni kasb – hunarga 
    yo’naltirish va psixologik – pedagogik respublika Tashxis markazi tomonidan 
    uning ilmiy Kengashi va nashriyot bo’limi orqali hal etiladi. Ishonchli 


    131 
    axborot-uslubiy va dasturiy ta`minotni yaratish (kasbiy talim, ijtimoiy-iqtisodiy 
    holatlar to’g`risida umumiy xarakterga ega bo’lgan axborot-qo’llanma materiallar 
    banki, mehnat bozorining joriy va istiqboldagi ehtiyojlari shuningdek, kasbiy 
    xarakterdagi axborot-qo’llanma materiallar banki – qo’llanmalar, kataloglar, 
    kartotekalar, profkartalar, professiogrammalar, psixogrammalar; kasblarning 
    rivojlantirish istiqboli to’g`risidagi ma`lumotlar; aholining turli qatlamlari bilan 
    kasbga yo’naltirishni o’tkazish texnologiyasi bo’yicha metodik tavsiyalar, 
    shuningdek, individual kasbiy maslahat va kasbiy tanlov; individual test o’tkazish, 
    kasbiy tashxisning kompyuter variantini hisobga olgan holda shaxsni psixologik 
    tashxis qilish metodikalari majmuasi). 
    7.4. Moliyalashtirish va moddiy – texnik ta`minot 
    Kontseptsiya davlat, mahalliy byudjet, byudjetdan tashqari, aholi bandligiga 
    yordam berish Davlat jamg`armasi, nogironlarni ijtimoiy himoyalash jamg`armasi 
    (cheklangan mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan shaxslarni kasbga yo’naltirish 
    bo’yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun), boshqa davlat, yoshlar va jamoat 
    jamg`armalari, korxonalar va fuqarolarning shaxsiy mablag`lari hisobidan amalga 
    oshiriladi.
    Byudjetdan tashqari mablag`lar: maslahat va uslubiy yordamlar o’tkazish 
    bo’yicha shartnomaviy mablag`lar, pullik xizmat ko’rsatish va boshqa 
    yo’nalishdagi faoliyatdan tushgan mablag`lar. O’rnatilgan tartibda ajratiladigan va 
    to’lanadigan bank kreditlari. Tashkilotlardan, muassaslardan, xususiy shaxslardan, 
    chet el investorlaridan, hokimliklarning homiylik yordamlaridan tushgan 
    mablag`lar. 
    Mablag`lardan foydalanish O’zbekiston Respublikasi hududidagi amal 
    qilayotgan qonunlar, moliya vazirligining tegishli me`yoriy hujjatlariga muvofiq 
    amalga oshiriladi. 
    Kasbga yo’naltirish ishlarining moddiy-texnika ta`minoti uchun birinchi 
    navbatda quyidagilar zarur: 


    132 
    - kasbga yo’naltirish Markazlari va boshqaga yo’naltirish tuzilmalari uchun 
    amaldagi me`yorlar asosida tegishli ish joylarini ajratish; 
    - ularni elektron hisoblash, audio, video va nusxa ko’paytiruvchi texnika, 
    jihozlar va asbob-uskunalar, aloqa vositalari, transport faoliyatining tegishli 
    yo’nalishiga mos bo’lgan poligrafik baza bilan jihozlash. 

    Download 1,3 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish