126
yo’nalishlari
Aholini kasbga yo’naltirish tizimini rivojlantirish
va takomillashtirishning
asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
– kasb – hunarga yo’naltirishning davlat tizimini huquqiy, ijtimoiy – iqtisodiy,
uslubiy-axborot, moddiy-texnik va moliyaviy imkoniyatlarini rivojlantirish,
faoliyatning ilmiy-metodik va me`yoriy hujjatlar bilan ta`minlanganligiga erishish;
– davlat va hududlar bosqichida kasb-hunarga yo’naltirish tizimi tuzilmalari
faoliyatini boshqarishni takomillashtirish;
– kasb-hunarga yo’naltirish tizimi faoliyatiga
kompleks yondoshish uning
ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalganligini kuchaytirish;
– kasbga yo’naltirish xizmatini amalga oshiruvchi davlat tizimini
mustahkamlash va nodavlat tashkilotlar tizimini tashkil etish;
– kasbga yo’naltirish sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va
ularning malakalarini oshirish;
– hozirgi zamon talablariga javob beradigan me`yorlar
va standartlar
majmuasini ishlab chiqish, kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining shakl va usullarini
doimiy yangilab borish;
– Kontseptsiyani amalga oshirish uchun zaruriy huquqiy-me`yoriy hujjatlarni
ishlab chiqish, amaldagi qonunchilik aktlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar
kiritish bo’yicha takliflar kiritish;
– kasbga yo’naltirish sohasida tajribalar almashish maqsadida xalqaro
tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;
– amaldagi ta`lim tizimi bo’linmalarida,
yoshlarning ijtimoiy xizmat, davlat
bandlik xizmati, ishlab chiqarish va aholini ijtimoiy
himoyalash tashkilotlarida
kasb-hunarga
yo’naltirish
ishlarini
tashkil
qilish,
kengaytirish
va
takomillashtirishda faol ishtirok etish;
– kasb-hunarga yo’naltirish ishlari bilan band bo’lgan mutaxassislarning
mehnat
samaradorligini oshirish, ularning moddiy va ma`naviy manfaatdorligini
oshirishning amaliy shakllarini joriy etish.