VI. Kasb-hunarga yo’naltirish tizimini boshqarish




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/39
Sana25.11.2023
Hajmi1,3 Mb.
#105188
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
касб й и п а укув кулланма (восстановлен)

VI. Kasb-hunarga yo’naltirish tizimini boshqarish 
Kasb-hunarga yo’naltirish tizimining tashkiliy tuzilmasi aholining barcha 
qatlamlari tomonidan ongli ravishda kasb tanlashlarini ta`minlashga qaratiladi.
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalar, o’smirlar va o’quvchi yoshlarni kasbiy 
o’zligini anglashga ko’maklashishga yo’naltirilgan asosiy ishni ta`lim tizimining 
ijtimoiy – psixologik xizmati amalga oshirishi lozim. 
Umumiy o’rta ta`lim maktablari, maktablararo o’quv ishlab chiqarish 
muassasalari, o’rta maxsus, kasb – hunar va oliy ta`lim muassasalarining shtatlariga 
kasb tanlash bo’yicha maslahatchi lavozimi kiritilmog`i lozim.
CHaqiriqqacha bo’lgan yoshlarni kasb – hunarga yo’naltirish ishlarini 
mudofaa vazirligi bo’limlari, «Vatanparvar» tashkilotlari tomonidan amalga 
oshirilishi lozim.
Ma`lum bir kasbiy tajriba va bilimga ega bo’lgan yoshlarning kasbiy 
shakllanishi yoshlar tashkilotlarining ijtimoiy xizmatlari va tegishli jamg`armalar 
tomonidan qo’llab-quvvatlaniladi.
YOsh avlodni, xususan o’smirlarni kasb-hunarga yo’naltirishning tibbiy 
jihatlari tuman, shahar tibbiy muassasalarining vrachlari tomonidan hal etiladi.
Sog`liqni saqlash vazirligi na uning hududiy boshqaruv organlarida mazkur 
soha ishlari uchun mas`ul xodimlar belgilanmog`i zarur.
Iqtisodiyotning tarkibiy o’zgarishlari natijasida ishdan bo’shagan na aholining 
band bo’lmagan qismini kasb-hunarga yo’naltirish tegishli maslahat punktlari 
(byuro) va mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari tomonidan amalga 
oshiriladi. 
Har xil mulkchilik shaklidagi korxonalarda ish bilan band bo’lgan aholini 
kasb-hunarga yo’naltirish (ishlab chiqarishda kasbiy va ijtimoiy moslashish nuqtai 
nazaridan) mazkur korxonalarning ijtimoiy rivojlantirish va kadrlar xizmati 
xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat kasb-hunarga yo’naltirish tizimi bilan bir qatorda fuqarolar va 


129 
korxonalarga kasb-hunarga yo’naltirish masalalari bo’yicha pullik xizmat ko’rsata 
oladigan, jumladan tijorat yo’nalishidagi byuro, agentliklar tuzilishi mumkin.
CHeklangan mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan shaxslarni kasb-hunarga 
yo’naltirish Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish, Sog`liqni saqlash 
vazirliklari zimmasiga yuklatiladi. Tizimning barcha boshqaruv bosqichlarida 
mazkur vazirliklar shu ish uchun mas`ul xodimlar ajratadi.
Oliy va O’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida turli patologiyalarga 
mansub nogironlarni kasbiy tayyorgarlik olishlari uchun maxsuslashtirilgan 
bo’linmalar tarmog`i yaratilishi lozim.
Kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini umumiy ilmiy-metodik ta`minoti, tegishli 
toifali xodimlarni qayta tayyorlash, malakasini oshirish, ijtimoiy-iqtisodiy, 
psixologik-pedagogik 
va 
tibbiy-fiziologik 
muammolari 
bo’yicha ilmiy 
tekshirishlarni muvofiqlashtirish ishlarini O’zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi 
vazirligining kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik respublika 
Tashxis markazi amalga oshiradi.

Download 1,3 Mb.
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



VI. Kasb-hunarga yo’naltirish tizimini boshqarish

Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish