115
o’rta ta`lim maktabining 8-9 sinflarida mehnat ta`limi jarayonida egallaydilar.
Tadqiqot ishida dastlabki paragraflarda bu jarayonning muhimligini ta`kidlovchi
ikki omil tahlil qilib berildi, ya`ni birinchidan, kasbga moslashtirish ishlari to’g`ri
yo’lga qo’yilganida o’quvchilar o’z qiziqishlari, mayllari, qobiliyatlari, salomatligi
va boshqa sifatlaridan kelib chiqib kelajagini to’g`ri belgilab olishini ta`minlaydi;
ikkinchidan, jamiyatimizning har bir jabhasida o’z kasbini mahorat darajasida
egallagan, mustaqil va ijodiy fikrlovchi mutaxassislarga ega bo’ladi.
O’quvchilarni kasbga moslashtirishda o’qitishning yangi pedagogik
texnologiyalaridan foydalanish xususiyatlari mazmun-mohiyati
tahlili asosida
darsdan tashqari mashg`ulotlarni tashkil qilish maqsad va vazifalari, o’quvchi
kasbiy sifatlarini dastlabki pedagogik-psixologik tashhis qilish, tanlagan kasbi
to’g`risida axborot berish, o’quvchi shaxsini ijtimoiy-kasbiy moslashtirish, kasbiy
maslahatlar, kasbiy-iqtisodiy tarbiya metodlarini qo’llash yo’llari ko’rsatib berildi.
SHu bilan birgalikda darsdan tashqari mashg`ulotlari, ommaviy shakldagi darsdan
tashqari mashg`ulotlar hamda o’quvchilarning
mehnat birlashmalari kabi
mashg`ulot shakllaridan foydalanishga oid tavsiyalar berildi.
SHuningdek, darsdan tashqari mashg`ulotlarni tashkil qilishda kasbga
moslashish ishlari texnologiyasining funktsional tuzilmasi ishlab chiqildi. Unga
ko’ra ta`lim jarayonini loyihalash va maqsadini belgilash bosqichining tashqi
omillar, ta`lim jarayoni, ichki omillar ta`sirida amalga oshirilish mazmuni ko’rsatib
berildi.
Darsdan tashqari mashg`ulotlarni tashkil qilish o’quvchilarni kasbga
moslashtirish jarayoni bilan uyg`unligini ta`minlash mexanizmini ishlab chiqish m
aqs adida o’quvchilarni kasbga moslashtirish tuzilmasi ishlab chiqildi.
Tuzilmaning ikki asosiy tashkil etuvchisi: mehnat ta`limi
darslari jarayoni va
darsdan tashqari mashg`ulot turlarining bir-birini rivojlantirishini ta`minlash uchun
ularning har bir bo’g`inining o’zaro bog`liqlik asoslari ishlab chiqildi. Bu vazifani
amalga oshirishda mehnat ta`limi davlat ta`lim standarti va tadqiqotchi tomonidan
ishlab
chiqilgan
kasbga
moslashtirishga
asoslangan
darsdan
tashqari
mashg`ulotlarning umumiy tuzilmasi asos sifatida olindi.
116
Kasbga moslashtirish ishlari tizimli ravishda, izchil takomillashtirib
borilgandagina kelajakda mukammal kasb egasi bo’lishiga erishiladi. Bu
maqsadda ishlab chiqilgan ―Ganchkorlik‖, ―Tikuvchilik‖, ―Esh hunarmand‖,
―Naqqoshlik‖, ―Elektrotexnika‖, ―Esh duradgor‖ to’garaklarining o’quv reja va
dasturlari o’quvchilarning umumiy o’rta ta`lim muassasasidagi
darsdan tashqari
davrini qamrab olgan holda, umumta`lim fanlari bilan uzviy aloqadorlikda amalga
oshirilishi, nazariy va amaliy bilimlarining ta`lim standartlari darajasiga to’la javob
bera oladigan bitiruvchilar tayyorlash imkonini beradi.
O’quvchilarni kasbga moslashtirishning ishlab chiqilgan texnologiyasi
hamda to’garaklar o’quv dasturlarini amaliyotga tadbiq etishning eng samarali
echimi sifatida kasbga moslashtirish ishlarini tashkil qilishda darsdan tashqari
mashg`ulotlar mazmunini tanlashning tashkiliy-pedagogik mezonlari ishlab
chiqildi. Ushbu mezonlarda o’quvchiga tushuncha berilayotgan kasbning turlari
va nomlari bo’yicha real mavjud kasblarning
mikdoriga nisbatan optimal
munosabatni sakdash, kasb tanlash ishida mahalliy va mintaqaviy ehtiyojlar
asosida kasbga moslashtirishning ustuvorligi, bo’lajak kasb turi bilan bog`liq
faoliyatning
mazmuni
va
tuzilmasini
asoslash,
o’quvchining o’zi
moslashtirilayotgan kasb ob`ektlarining xususiyatlari to’g`risida ma`lumotga ega
bo’lishligi kabi holatlar o’z aksini topgan.
Darsdan tashqari mashg`ulotlarni tashkil qilishda o’quvchilar umumii
o’rta ta`lim o’quv dasturi bilan uzviy bogliq ravishda kasbga moslashtirish oid
tushunchalarni uzluksiz egallab bordilar. To’garaklar
uchun ishlab chiqilgan
dasturlarni amalga oshirish murakkab pedagogik-psixologik hamda tashkiliy
jarayonlarni o’z ichiga olganligi sababli, tadkiqot ishida o’quvchilar qabul qilishi
lozim bo’lgan barcha axborotlar oqimini guruhlar buyicha tizimlashgirib chiqildi.
Bunda o’quvchilarni kasbga moslashtirish ishlarini axborot bilan ta`minlash
tuzilmasini taxlil qilish asosida o’quvchilarning umumiy o’rta ta`lim o’quv dasturi
asosida dars jarayonida tanishishi mumkin bo’lgan tanlagan kasbi va u to’g`risidagi
axborotlar jamlandi hamda tizimlashtirildi.
Amalga oshirilgan tajriba-sinov ishlari natijasida o’quvchilarni
117
darsdan tashqari mashqulotlar jarayonida kasbga moslashtirishning tavsiya
etilayotgan pedagogik texnologiyasini ta`lim muassasalari amaliyotiga joriy etish
yo’li bilan o’rganildi.
Bunda dastlab, darsdan tashqari mashqulotlar jarayonida
kasbga moslashtirish ishlari xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’quvchi
shaxsini shakllantirishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish shakllari va
mazmuni ishlab chiqildi. So’ngra shu asosda ishlab chiqilgan ta`lim mazmuni va
metodlari bevosita o’quvchilarning darsdan tashqari mashqulotlari jarayonida
sinab ko’rildi. O’quv qo’llanmada o’quvchilarni kasbga moslashtirish
texnologiyasining ishlanganlik
darajasi taxdil qilinib, ta`limda yangi
pedagogik texnologiyalarni qo’llashning eng maqbul yo’nalishiga
o’quvchilarni kasb moslashtirish ishlariga to’g`ri yo’naltirish orqali erishish
mumkinligi ilmiy asoslandi.