Mavzu yuzasidan topshiriqlar




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/39
Sana25.11.2023
Hajmi1,3 Mb.
#105188
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39
Bog'liq
касб й и п а укув кулланма (восстановлен)

Mavzu yuzasidan topshiriqlar 
1. 
―Maktab va hayot‖ ilmiy-metodik jurnali (2006 yil № 2)da chop 
etilgan ―Iste`dod – inson kamoloti darajasi‖ maqolasidagi g`oya va fikrlarni 
ilmiy-pedagogik asoslari yuzasidan tajriba-sinov dasturini ishlab chiqib maktab va 
kollej sharoitlarida amalga oshirishni ta`minlash. 
2. 
Tajriba-sinovda ishtirok etgan o’quvchilar o’rtasida reyting o’tkazish 
uchun o’quvchilarga qaratilgan 15 ta og`zaki savollar, daftar yuritish, 15 amaliy va 
15 mustaqil ishga oid materiallar ishlab chiqish. O’quvchilarning bajarilgan har bir 
ish uchun quyidagi ballarni belgilash: 


100 

Og`zaki so’rashga – 5 ball; 

Daftar yuritish – 5 ball; 

Amaliy ish – 10 ball; 

Mustaqil ish – 15 ball. 
3. 
―Sinfdan va maktabdan tashqari kasbga yo’naltirish ishlari‖ 
yuzasidan ma`ruza matni tayyorlash. 
4. 
―Tajriba-sinov ishlarini tashkillashtirish va o’tqazish metodikasi‖ 
yuzasidan tabiiy hamda labaratoriya tadqiqotlarida izlanishni ta`kidlovchi 
faoliyatlarni ta`riflash hamda tajriba-sinov ishlarini tashkil etish metodikasini 
ishlab chiqish (aniq mavzu misolida). 
 
§ 9. KASBGA YO’NALTIRISHDA O’QUVCHI SHAXSIGA 
INDIVIDUAL YONDOSHISH METODIKASI 
Individual mustaqil ishlar kasbga yo’naltiruvchi mehnat o’qituvchilari, 
maktab psixologi va sinf rahbarlarining kasb tanlash masalalari yuzasidan metodik 
va psixologik adabiyotlarni, shuningdek kasbga yo’naltiruvchi ekskursiyalar 
tashkil qilishni o’z ichiga oladi. SHu maqsadda o’quv yilining boshida butun yilga 
mo’ljallangan shaxsiy reja tuzib chiqadilar. 
Kasbga yo’naltirishda o’quv materialini mazmuni fan va texnika taraqqiyotini 
hozirgi darajasiga mos ravishda o’quvchilarga tushunarli bo’lishi kerak. Bundan 
tashqari o’quvchilarni aqliy va jismoniy tayyorgarligini ham nazarda tutish kerak. 


101 
O’quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini turli anketa savollari va testlar 
yordamida ham aniqlasa bo’ladi. Quyida H.F.Rashidov, SH.T.Ergashev hamda 
S.Boltaboevlar tomonidan taklif qilingan o’quvchilarni kasbiy yo’nalganligini 
aniqlash metodikasini e`tiboringizga havola etamiz [10].
Ushbu metodikaga ko’ra sizga turli kasblar va mashg`ulotlarga oid savollar 
havola etiladi. Savollar tartiblangan bo’lib, javoblar varaqasidagi raqamlarga mos 
keladi. Siz o’z qiziqishlaringizni hisobga olgan holda har bir savolga bergan 
javobingizni 1,2,3 yoki 4 ball bilan baholashingiz lozim bo’ladi. Qo’yiladigan 
ballar quyidagicha izohlanadi: 
- Umuman qiziqarli emas - 1 ball; 
- Unchalik qiziqarli emas - 2 ball; 
- Qiziqarli - 3 ball; 
- Juda qiziqarli - 4 ball. 
Savollar ichida sizga notanish bo’lgan bir qator kasblar ham keltirilgan. 
Bunday hollarda siz ―ushbu kasblar haqida nimalarni bilasiz?‖ degan savolga 
taxminan javob berishingiz lozim bo’ladi. Uzoq o’ylamang. Ko’proq hayolingizga 
kelgan dastlabki fikrlashingizni javob varaqasiga tushiring. 

Download 1,3 Mb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   39




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish