Ызбекистон республикаси




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/39
Sana25.11.2023
Hajmi1,3 Mb.
#105188
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39
Bog'liq
касб й и п а укув кулланма (восстановлен)

 
1-jadval. 
Maishiy xizmat ko’rsatish sohani, uning tarmoqlarini, korxonalarini 
o’rganish jarayonida o’quvchilarni mazkur sohaga tegishli kasblarni 
tanlashga yo’naltirish 
Maishiy xizmat tarmoqlari 
Aholiga uy-ro’zg`or 
yuzasidan xizmat 
ko’rsatish 
Savdo xizmati 
Umumiy ovqatlanish 
xizmati 
Maishiy xizmatga mansub 
kasblar 
* sartaroshlik 
* oshpaz 


82 
* tikuvchi 
* sanoat mollari sotuvchisi * kulinar 
* xammom va kir yuvish 
qabulchisi 
* oziq-ovqat mollari 
sotuvchisi 
* qandolatchi 
* teleradio ustasi 
* molshunos ta`minotchi 
* ofitsiant 
* yotoqxona navbatchisi 
* shef-oshpaz 
* kassir 
* oshxona rahbari 
* oshxona xizmatchisi 
SHu tarzda bolalarni oiladagi mehnat qilish ―ota-kasb‖ tizimidagi kasblarni 
tanlashga olib keladi. Bu holat bolalarni mehnatga jalb etish asosida kasb tanlashga 
qisman foydalaniladi: qishloq holatidan ko’ra – shaharda yashovchi bolalarning 
yarmidan ko’pi doimiy mehnat topshirig`iga ega emaslar hamda oila sharoitidan 
kelib chiqib kasb tanlashga imkoniyatlari cheklangan. 
SHunga qaramasdan, oila sharoitidan kelib chiqqan holatda, bolalarga 
mehnatsevarlikni shakllantirish, mehnatning hamma turi qo’lidan keladigan ish 
mazmunini bajarishda mehnatga va kasb tanlashga qiziqishlarini rivojlantirish 
bilan chambarchasuzviy bog`langan.Bu borada, muntazam qiziqish bolalarni 
faollikka, ijodga, yaxshi sifatli natijaga erishish uchun kuch jamlashga undaydi. 
Kichik yoshdagi bolalarning mehnatini tashkil qilishda quyidagilardan kelib 
chiqish kerak: mehnat ular uchun quvonchli hissiyotlar bilan to’la qiziqarli jarayon 
sifatida namoyon bo’lishi lozim. 
Kasbga yo’naltirishda mehnat resurslarini hududiy xususiyatlarini hisobga 
olmaslik natijasida bir necha kamchiliklarga yo’l qo’yilishini kuzatishimiz 
mumkin: 
1. O’quvchilar u yoki bu kasbdagi odamga munosabatni kasbning o’ziga 
bo’lgan munosabat bilan bir xil deb qaraydilar. Muayyan odam, uning yuksak 
ma`naviy xislatlari, aql-farosati, dadil ishlari o’quvchiga ma`qul bo’ladi. Bunday 
qoyil qolish beixtiyor sevimli qaxramon shug`ullanayotgan ishga ham o’tiradi. 
Binobarin, o’smir unga taqlid qilish yo’lidagi muddaosiga qandaydir axloqiy 


83 
xislatlardagina unga o’xshash bo’lishni emas, balki o’zini ham ana shu kasbga 
bag`ishlashni istaydi. Bunda o’quvchi o’sha ma`naviy fazilatlar boshqa ishda ham 
namoyon bo’lishi mumkinligi haqida o’ziga ko’pincha hisob bermaydi. Badiiy 
adabiyotlardagi, kinofilmdagi qahramonlar ko’pincha ana shunday munosabatni 
tug`diradi, tanish-bilishlaridan, qarindosh-urug`lardan birontasi, chunonchi 
o’qituvchilar taqlid qilish uchun ko’pincha namuna bo’lib xizmat qiladilar. 
Taqlid qilish uchun o’qituvchi namuna bo’lgan chog`da o’quvchi unga 
bo’lgan yaqinligi, mehribonligi u o’qigan fanga ham tadbiq etadi. SHunday ham 
bo’ladiki, masalan, o’quvchida biologik fanlarga bo’lgan qiziqish, havas aniq 
-ravshan ko’rinib turadi, lekin unga adabiyot o’qituvchisi yoqqanligi uchun u 
o’zining butun fikr-zikrini adabiyot bilan bog`laydi. 
2. O’quv fanini kasb bilan bir xil deb tushunish. O’smir maktabdagi fanlarni 
o’zlashtirishdagi muvaffaqiyatlariga asoslanib, ko’pincha bo’lg`usi kasbni 
belgilaydi. O’quvchiga adabiyot yoqib qolgan bo’lsa, bu u adabiyotni amaliy 
jihatdan qo’llanish bilan bog`liq bo’lgan kasblar to’g`risida tasavvurga ega 
bo’lmasa ham adabiyot mening sevgan fanim, deydi. U kasbni emas, balki 
bilimning o’zini qiziqturuvchi sohasinigina tanlaydi, bu sohada nimani 
istayotganini va nima qilish mumkinligini mutlaqo tasavvur qilmaydi. 
3. Kasbni tashqi jihati bilangina qiziqish. O’smirlarni romantika bilan 
yo’g`rilgan kasblar qiziqtiradi. Ular uchuvchi, geolog, ixtirochi bo’lishni orzu 
qiladilar. Bu - mutlaqo tabiiy hol, albatta. Lekin o’quvchilar ko’pincha o’zlarini 
qiziqtirayotgan kasblarning faqat romantik jihatlarinigina ko’rib, shu kasblarga xos 
bo’lgan qiyinchiliklarni bilmaydilar. 
CHunonchi, geolog kasbida o’quvchilarni ko’pincha sayohat qilish 
imkoniyati qiziqtiradi, ammo ular geologning kundalik og`ir ishini: uzoq vaqt 
davomida 
mashaqqatli 
kuzatishini, 
juda 
aniq 
o’lchashlar 
bilan 
shug`ullanishzarurligini, turli joylarda o’sha bir xil qidiruv ishini oy sayin 
takrorlash kerakligini esdan chiqarib qo’yadilar yoki bilmaydilar. 
O’quvchi kasbi esa ko’pincha turli jasoratlar, odatdan tashqari tez parvozlar, 
qahramonona qutqaruv ekspeditsiyalari, dadil uchishlar va shu kabilar haqidagi 


84 
tasavvurlar bilan bog`langan. Holbuki, uchuvchilar avvalo va hammadan ko’proq 
yo’lovchi, yuk va bagaj tashish bilan shug`ullanadilar, o’quvchining faoliyati esa 
shoferning ishini eslatadi. 
O’quvchilar u yoki bu kasb to’g`risidagi o’z romantik tasavvurlarigagina amal 
qilib, kasb egallashga o’zlarini jiddiy tayyorlamaydilar va natijada maxsus o’quv 
yurtlarida yoki tajribada kasb qiyinchiliklariga duch keladilar. 
4. Mehnatning aqliy mazmuni aqliy mazmuni ba`zi kasblarda, ayniqsa 
ommaviy kasblarda o’sish imkoniyatlari haqidagi noto’g`ri tasavvurning 
mavjudligi navbatdagi kamchilikdir. YOshlarimiz, odatda, engil yo’llarni 
qidirmaydilar, balki ma`naviy xislatlarni, qobiliyatlarni, mahoratni rivojlantirish 
mumkin bo’lgan joylarda ishlashga harakat qiladilar. Bu esa juda soz, albatta. 
Lekin ayni shu sababdan maktab o’quvchilari jamiyatga zarur bo’lgan kasblar 
ijodiy, aqliy jihatdan o’sish uchun etarli darajada imkoniyat bermaydi, deb ana 
shunday kasblarni ko’pincha e`tiborsiz qoldiradilar. Kiyim tikishda zo’r qobiliyat 
ko’rsatayotgan qiz qanday bo’lmasin shifokor bo’lishni orzu qilishini, dastgohda 
yuksak mahorat bilan ishlayotgan yigit tokarlik kasbi haqida eshitishni ham 
istamayotganligi singari faktlarni ayni shu narsa bilan izohlash mumkin. 
5. O’z qobiliyatlariga to’g`ri baho bera bilmaslik. O’quvchi biron ishni ado 
etishi uchun o’zida ko’proq qanday qobiliyat borligini ko’pincha aniqlay olmaydi, 
maktab esa bu borada unga kam ko’maklashadi. Biroq hamma joyda uning oldida 
barcha yo’llar ochiq ekanini, hammadan ko’ra ko’proq qiziqarli bo’lgan narsalarni 
qilish lozimligini unga ta`qidlayodilar. SHu boisdan kasbni umuman u tanlaydi: o’z 
xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olmay, ko’proq yoki kamroq yoqadimi, 
baribir ma`lum kasbni tanlab oladi. 
SHunday hollar ham bo’ladi, o’smir chizgan surat va rasmlar o’rtamiyona 
bo’lsa ham u zo’r berib rassom bo’lishga yoki matematikani yaxshi bilmasa ham 
texnika ta`lim muassasalariga kirishga harakat qiladi. 
Afsuski, bunday holda kam emas. Ana shunday yoshlar turmushda 
omadsizlarni, notavon xodimlarning paydo bo’lishiga olib keladi. 


85 
6. O’quvchilarning bu yoki bu kasbga zid bo’lgan o’z jismoniy xususiyatlari 
va nuqsonlarini nazar-pisand qilmaslik. Masalan, mayda ish (soat zavodida, aniq 
asboblar zavodida va shu kabi joylarda) bilan bog`liq kasblar uchun ko’rish 
organining zaifligi, transportda ishlash uchun to’g`ri kelmaydigan daltonizm 
xastaligi, o’smir geolog bo’lishni xoxolasa ham lekin yuragining zaif bo’lishi, 
radiolokatsiyada ishlashni tanlagan yoshlarning eshitish borasidagi kamchiligi, 
dengizda suzish va erdagi transportning ba`zi turlarini va shu kabilar ana shunday 
kamchiliklar jumlasidandir. O’smirlar o’zlari tanlagan kasblarga to’g`ri 
kelmaydigan bu nuqsonlarini bilmasliklari oqibatida mos bo’lmagan kasblar 
bo’yicha ishga yoki tegishli o’quv yurtlariga qabul qilmaganlarida juda ham xafa 
bo’ladilar, tushkunlikka tushadilar. 
7. O’rtoqlarining ta`siri bilan kasb tanlash. O’quvchi o’z istaklarini ro’yobga 
chiqarishni o’ylab ham ko’rmagan bir paytda uning sinfdosh o’rtoqlari kasb tanlash 
haqida fikr yuritadilar. O’quvchi bunda o’rtoqlaridan ajralib qolishni xohlamaydi, 
chunki ularning orzulari yorqin, jozibalidir. SHu tariqa ―men ular bilan birga 
bo’laman, chunki menga baribir‖ deydi. Keyinchalik esa u qiynala boshlaydi, azob 
chekadi: noto’g`ri kasb tanlaganiga pushaymon bo’ladi, o’zini qiziqtirmagan, 
o’ziga yoqmagan kasbda ishlayotganidan xafa bo’ladi. 
8. Tasodifiy sabablar ta`siri ostida kasb tanlash. Ba`zi o’smir mexanika zavodi 
xonadonimizga yaqin bo’lgani uchun slesar bo’lib ishga kirdim, deydi. Ammo o’zi 
bu kasbni uncha yoqtirmaydi. Pedagogika kasb-hunar kollejiga kirishga tanlov 
uncha katta bo’lmaganligi uchun o’sha bilim dargohida o’qishga o’qishga qaror 
qildim, deyishadi ayrim yoshlar. Biroq ular o’qituvchi bo’lishni hayoliga ham 
keltirmagan bo’ladilar. Ba`zi yigit yoki qiz; laborant bo’lib ishga kirdim, chunki 
tanishlarim yordam qildi, deyishadi. Lekin bu ishning o’ziga manzur 
bo’lish-balmasligini sira ham o’ylashmaydi.
O’smirlarning etarli darajada tajribaga ega bo’lmaganliklari va katta yoshdagi 
kishilarning durust, malakali yordam bermaganliklari oqibatida kasb tanlashdagi 
bunday xatorlari oldini qanday qilib olish mumkin? 


86 
Bunga faqat bir xil javob berish mumkin: bu borada katta yoshdagi kishilar bir 
maqsadga qaratib, mutassil, malakali yordam berishlari kerak. O’smirlar esa ana 
shu yordamga tayanib, kelgusidagi hayot yo’li to’g`risidagi masalani mustaqil hal 
qilishari lozim. Ommaviy maktab sharoitida ana shunday yordamni tashkil qilib
uning quyidagi asosiy vazifalarini nazarda tutish kerak. 
- V-IX sinflarning o’quvchilarida kasb tanlash masalasiga jiddiy va 
mas`uliyatli munosabatda bo’lishni tarbiyalash; 
- o’smirlarning qiziqishlari va qobiliyatlarini, fiziologik va psixologik 
xususiyatlarini hamda imkoniyatlarini o’rganish, har bir o’quvchi o’z hayotini 
bag`ishlashni istaydigan faoliyat sohasini belgilab olishida unga yordamlashish; 
- V-IX sinflarning o’quvchilari ana shu sinflarda to’rt yil mobaynida ta`lim 
olgan chog`larida ularni xalq xo’jaligimizning asosiy kasblari bilan asta-sekin 
tanishtirish, ularda asosiy kasblarning sohibi bo’lgan odamlar faoliyatining 
xususiyatlari to’g`risida to’g`ri tasavvurlarni shakllantirish, hozirgi vaqtda davlat, 
viloyat, nohiya g`oyat muhtoj bo’lgan ommaviy kasblarga katta qiziqish uyg`otish 
lozim. Buning uchun har bir o’quvchining qiziqtiradigan kasb bilan chuqur 
tanishtirish, tanlab olinadigan mehnat sohasida muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarur 
bo’lgan malaka va xislatlarni hosil qilish, shu kasbga barqaror qiziqishni tanlagan 
faoliyatga o’xshash bo’lgan ishda o’z imkoniyatlarini maktabdayoq tekshirib 
ko’rish istagini tarbiyalash yuzasidan puxta ishlashni tashkil qilish zarur. 
Korxona va tashkilotlar, jamoa xo’jaliklari va davlat xo’jaliklari mustaqil 
iqtisodiy munosabatlarni o’tishi va ularni mulkchilikning muayyan turi tashkil 
qilinishi hamda ishning boshqa shakllar joriy etilishi tufayli kasbga yo’naltirish 
muammolariga munosabatlarni o’zgartirish to’g`risidagi masala ham ko’ndalang 
bo’lib qolyapti. SHunga muvofiq tarzda kasbga yo’naltirish vazifasi va V-IX 
sinflarda o’quvchilarni kasb tanlashga tayyorlash ishi ham boshqacha tashkil 
etilishi lozim. Bunda barcha o’quvchilar kasblar bilar keng va puxta tanishtirilishi, 
qobiliyatlari va jismoniy imkoniyatlariga muvofiq ularning muayyan faoliyat turiga 
bo’lgan barqaror qiziqishlarini aniqlash, kasbga oid guruh tarzida va yakka tartibda 
maslahatlar o’tkazish, IX sinfni tamomlagandan keyin maxsus o’quv yurtlariga 


87 
o’qishga kirishni xohlovchi yoshlarning o’quv yurtlarini tanlashida ko’maklashish 
lozim. 
X-XI sinflarda kasbga yo’naltirish ishi davom etadi, chuqurlashtiriladi va 
tobora ko’proq tabaqalashtiriladi. 
YAngi iqtisodiy tafakkur hukm surgan hozirgi sharoitda kasbga 
yo’naltirishida tarbiyaviy yondashuvning asosiy xususiyatini va bu sohada olib 
borilayotgan ishni umuman shaxsni shakllantirish ishini bir qismi, deb hisoblash 
kerak. Darhaqiqat kasb tanlash real voqelikdan ajralgan tasodifiy faoliyat emas. 
Yigit va qizning qanday qarorga kelishi va ular bu qarorni qanday qabul qilishi 
ko’pgina omillarga: damiyatning kadrlarga bo’lgan talab-ehtiyojlari muhimligiga, 
mazkur joyga ish kuchiga bo’lgan talablarga va ish sharoitlariga, xalq xo’jaligi 
uchun mutaxassislar tayyorlaydigan o’quv yurtlarining mavjudligiga va ular 
tanlovlarning kattaligiga bog`liq. O’quvchilar aloqada bo’lmayotgan odamlarning 
ta`siri ham katta ahamiyatga egadir. O’smirlarning hayot yo’lini belgilab berishda 
ota-onalarining roli naqadar katta ekanligi hammaga ma`lum. Ko’pincha 
o’quvchilar u yoki bu ishga do’stlari, o’rtoqlari, qarindosh-urug`lari, 
tanish-bilishlarning maslahati bila ukiradilar. Bu borada maktabning ta`siri ham 
kam emas. Nihoyat o’quvchilardan so’rash ko’rsatganidek, bu sohada ijtimoiy 
axborot vositalari: vaqtli matbuot, radio, televedinie, adabiyot katta rol o’ynaydi. 

Download 1,3 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   39




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ызбекистон республикаси

Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish