Mavzu yuzasidan test savollari
1. Mehnat ta`limi asosan necha yilliy yo’nalishda amalga oshiriladi?
A) 4 yillik yo’nalishda – texnik, maishiy xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jaligi
va xalq hunarmandchiligi yo’nalishida.
B) xalq xo’jaligining bara sohalarida
C) 3 yillik yo’nalishda –maishiy xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jaligi va xalq
hunarmandchiligi yo’nalishida.
D) 2 yillik yo’nalishda –qishloq xo’jaligi va xalq hunarmandchiligi
yo’nalishida.
2. Mehnat ta`limi va kasbga yo’naltirish kasbiy tayyorgarlik ishlarni tashkil
etishda qaysi bosqichlarga e`tibor berish zarur?
70
A) 1-bosqich boshlang`ich ta`lim 1-4 sinflar, 2-bosqich tayanch majburiy
ta`lim, 3-bosqich o’rta maxsus kasb-hunar ta`limi.
B) 1-bosqich boshlang`ich ta`lim 1-4 sinflar, 2-bosqich 5-7 sinflar, 3-bosqich
8-9 sinflar
C) 1-bosqich boshlang`ich ta`lim 1-4 sinflar, 2-bosqich 5-9 sinflar, 3-bosqich
akademik litsey va kasb-hunar kolejlari
D) 1-bosqich umumiy o’rta ta`lim 1-9 sinflar, 2-bosqich akademik litsey va
kasb-hunar kolejlari
3.
Ta`lim tizimi xodimlari, mehnat ta`limi o’qituvchisi hamda kasbga
yo’naltiruvchi uchun qanday bilimlar majburiy-zarurdir?
A) fizik
B) kimyoviy
C) tadbirkorlik
D) matematik
71
§ 6. KASBLARGA QO’YILADIGAN PSIXOFIZIOLOGIK
TALABLAR
O’quvchilarni o’rganilayotgan kasbga qiziqishini shakllantirish jarayonida
ularning e`tiborliligi va berilishini ifodalaydigan materiallarni tavsiflaydigan
xolatlar quyidagicha:
1. O’quvchilarda demontaj – montaj ishlarini bajarish, o’lchash, tahlil qilish,
izlash, minimal qo’yimlarni taqozo etadigan aniq bo’g`imlarni tayyorlash orqali
e`tiborlilik shakllanishini ta`minlaydigan ishlar;
2. O’quvchilarda nazorat topshiriqlari, planshetlar, hisoblash mazmunini
o’rganish orqali, detallar, uzellar va mexanizmlarning sxemalari, chizmalari,
jadvallari va konstrutsiyalarini o’rganish orqali belgilashni ta`minlaydigan ishlar.
O’quvchilarda
o’rganilayotgan
kasbiga
qiziqishini
shakllantirishni
ta`minlaydigan intellektual komponentning tarkibiy qismlarini aniqlashda
quyidagilarga alohida e`tibor berish lozim:
Analiz va sintez;
Diqqat va kuzatuvchanlik;
Ajratish va umumlashtirish;
Klassifikatsiyalash va isbotlash.
Kasblarga qo’yiladigan psixofiziologik talablarni umumiy holatini izohlash
uchun:
1. YOshlar tegishli kasbiy niyatlarini shakllantirish metodlarini ishlab
chiqish;
2. Kasbiy qobiliyatlar va kasbga layoqatni shakllantirish metodlarini ishlab
chiqish.
3. Turli kasblarning ijtimoiy mavqeini tenglashtirish metodlarini va
yo’llarini ishlab chiqish.
72
4. Mehnat resurslarini taqsimlash va ularning muhim joylashib qolishi
jarayonini iqtisodiy va ma`naviy tartibga solib turish omillarini ishlab chiqish.
5. Moddiy ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarining yoshlar uchun
jozibali bo’lishini oshirish tadbirlari tizimini ishlab chiqish.
6. Kasb tanlashning tegishli motivlari shakllanishiga ommaviy tarbiya
vositalari ta`siri samaradorligini oshirish tadbirlari tizimini ishlab chiqish.
7. Umumiy ta`lim maktabining oila va ishlab chiqarish bilan hamkorlikda
kasbga yo’naltirish va kasbiy maslaxat bo’yicha olib boradigan ishlari tizimini
belgilashda ―xohlayman‖, ―uddalayman‖ hamda engil sanoat sohasi tarmoqlariga
xos ishlab chiqarish korxonalarini o’rganish jarayonida o’quvchilarni mazkur
sohaga xos kasblarni tanlashga yo’naltirish asoslarini mukammal o’zlashtirishni
ta`minlash zarur.
Bu borada kasbga yo’naltiruvchi mutaxassislarni o’qitish va tarbiyalash
muammolari haligacha to’la bartaraf etilmagan. Maktablarda o’qiyotgan yigit va
qizlarga davlat alohida g`amho’rlik ko’rsatadi. SHu sababli korxona ularga zarur
kasb tayyorgarligi va tarbiya berishni ta`minlashga da`vat etilgan. Tarbiyaviy ishlar
– umumiy ta`lim maktabida olib borilgan ishlarning davomidir. YOshlarni kasbga
tayyorlash jarayoni, mehnatga munosabatini tarbiyalash, amaliy ko’nikma va
malakalarni shakllantirish, o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantirish va
shakllantirish ishlarini o’z ichiga oladi.
Ishlab chiqarish sharoitida yoshlar tarbiyasiga yangi muhit – mehnat va ishlab
chiqarish jamoasi katta ta`sir ko’rsatadi. YOshlar ishchi jamoaning an`analari
bilan tanishadi, uning manfaatlarini o’z manfaati deb tushunadi va o’z mehnat
faoliyatining ijtimoiy ahamiyatini anglay boshlaydi.
Hunar ta`limi yagona tarbiyaviy jarayonning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Boshlang`ich ishlab chiqarish jamoalari doirasida o’quv-tarbiya jarayonlari
ko’pincha bir kishi – o’rta bo’g`in ishlab chiqarish jamoaning muhandis – pedagog
tomonidan amalga oshiriladi. Ayni shu muhandis – pedagog ishlab chiqarish
jamoaga doimiy va uzluksiz pedagogik ta`sir ko’rsatadi. SHuningdek, bu
jamoaning ayrim a`zolari korxonadagi kasb-hunar ta`limi tizimining turli
73
zvenolaridagi tegishli o’quv gruppalariga jalb qilinadilar.
Pedagog olimlarga ishchilarning umumiy va maxsus tayyorgarligi, ularning
ishlab chiqarish malakasi darajasi, umumiy va mehnat madaniyati, jamoa kasbiy
faoliyat jarayonida o’quvchilar o’rtasida shakllanadigan munosabatlar, jamoa
foydalanadigan ma`naviy va moddiy rag`batlar kiradi.
SHaxsiy-psixologik omillarga esa e`tiqod ehtiyoji, moyillik, odatlar, ma`lum
bir faoliyatning biror turini tanlash masalalari kiradi. Inson ongini o’rganishda
shaxsning aniq vaziyatdagi, aniq maqsadi pedagogik-psixologik, kasbiy,
texnik-texnologik foliyatining asosiy maqsadi yoshlarda faqat moddiy boyliklar
yaratish malakasini tarbiyalash emas, balki mehnat qilish ehtiyojini ham tarkib
toptirishdir. Kasbiy yo’naltirish va tarbiya vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish
uchun o’qituvchi yuksak g`oyaviy, printsipial, siyosiy etuk va ma`naviy barqaror
inson bo’lishi shart.
O’zining ishchi – o’quvchilarini bilish va hurmatlash, doimo ularning har
tomonlama kamol topishi uchun qayg`urish, ehtiyoj va qiziqishlarini tushunish, har
biriga yakka holda yondoshish kasbga yo’naltirish, pedagogik mahorat, o’z ustida
uzluksiz ijodiy ishlash, o’z bilimlarini takomillashtirib borish, yuksak saviyaga
erishishi muhim ahamiyatga ega.
Kasb tanlashda yoshlarga yordam berish maqsadida mutaxassislar
(psixologlar, vrachlar, pedagoglar va boshqalar)ning maslahatlari va tavsiyalari
asosiy omillardan biri bo’lib xizmat qiladi. Bizning mamlakatimizda ham shahar,
tumanlarda yoshlarni kasb tanlashga yo’llovchi Tashxis Markazlari ishlab turibdi.
Kasblar bo’yicha maslahat berishning bir necha xillari mavjud bo’lib ular bir
biridan farq qiladi.
|