Ызбекистон республикаси




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/39
Sana25.11.2023
Hajmi1,3 Mb.
#105188
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39
Bog'liq
касб й и п а укув кулланма (восстановлен)

Kasbiy tarbiya shaxsni shakllantirish jarayonidir. Tarbiyaning tarkibiy 
qismlariga: mafkuraviy, ekologik, mehnat, axloqiy, jismoniy, aqliy va estetik 
tarbiyalar kiradi. Kasbiy tarbiya dars va darsdan tashqari faoliyat jarayonida 
amalga oshirilib, kasbni o’zlashtirish bo’yicha o’quv-tarbiya jarayonini pedagogik 
yo’naltiradi. SHunday qilib, kasbiy tarbiyaning bosh maqsadi o’quvchilarning 
mehnatga va kasbiy faoliyatga bo’lgan ehtiyojlarini shakllantirishdan iboratdir. 
Kasbga yo’naltiruvchi xonalar – maktabda o’tkazilayotgan kasbga 
yo’naltirish ishlarining markazi bo’lib, quyidagi vazifalarni bajaradi: 
- o’quvchilarni xalq xo’jaligi tarmoqlari va mehnatning kasbiy bo’linishi 
bilan tanishtiradi; 
- ishlab chiqarish kasblarini targ`ib qiladi,
- maktablarni bitirib chiqqan yigit va qizlarni ishga joylashtirish to’g`risida, 
o’quv yurtlariga talabalar qabul qilish qoidalari haqida axborotlar beradi. 
Kasbga yo’naltiruvchi maktab xonalarining faoliyati quyidagilardan iborat: u 
o’quvchilar uchun metodik sektsiyalar, kengashlar va konferentsiyalar, seminarlar 
tashkil qiladi, ma`ruzalar o’qishni uyushtiradi, tematik konferentsiyalar, 
kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar, bazaviy hisoblanadigan korxonalarga 
tematik sayohatlar tashkil qiladi, ilmiy-texnikaviy filmlarni va o’quv filmlarini 
namoiy qiladi, o’quvchilar bilan ishlash metodlari to’g`risida sinf rahbarlari uchun, 
maktab shifokori va o’smirlarning shifokori uchun doimiy ishlaydigan va davriy 
ko’rgazmalar, seminarlar, ota-onalar uchun ma`ruzalar uyushtiradi, maktablar 
uchun kasbga yo’naltirishga oid metodik materiallar tayyorlaydi va yuboradi, 
kasbga yo’naltirishga doir tavsiya etiladigan adabiyotlarning ro’yxatini tuzadi. 
Kasbga yo’naltiruvchi maxsus xonalarda stendlar, ko’rsatmali qurollar 
bo’lishi lozim. 


54 
Kasbga yo’naltirish ishini amalga oshirishda boshqaruv tizimi xodimlarining 
malakasini oshirish masalasiga muhim o’rin beriladi. Boshqaruv tizimini kasbga 
yo’naltirish rahbar hoimlarining mazmun jihatidan xilma xil ishlari asosiy o’rin 
olishi lozim. 
Kasb tanlashga ijobiy ta`sir o’tkazayotgan maktab o’qituvchilari va 
ota-onalarning roli ancha oshdi. Biroq shuni ham tan olish kerakki, 8-9 sinflarning 
talaygina o’quvchilari moddiy ishlab chiqarish sohasidan tashqari kasblarni 
tanlashni orzu qilmoqdalar. 
Tahlil ma`lumotlari shuni ko’rsatadiki, maktab, oila va ishlab chiqarish 
jamoalari birgalikda sobitqadamlik bilan ish olib borganliklari tufayli 
o’quvchilarning ishchi kasblarini egallashga ijobiy munosabatda bo’lishi o’sib 
bormoqda va kasbga bo’lgan qiziqishlar barqarorlashmoqda.
Mehnat ta`limi darslarining qo’yilishi yaxshilanganligi, ustaxonalarning 
ishlab chiqarish – o’quv, asbob-uskunalari bilan ancha to’ldirilganligi, kasbga 
yo’naltirishning faol metodlaridan foydalanilganligi, bitiruvchi o’quvchilarning 
kasb tanlashga mas`uliyatni sezib munosabatda bo’layotganliklari ishchi kasblari 
nufuzini 40 foizdan 80 foizgacha ko’tarish imkonini berdi. 
Amaliy mashg`ulotlarning birmuncha mazmunli va qiziqarli tashkil etilganligi 
hamda maktabda, o’quv ishlab chiqarish kombinatida va bazaviy korxonalarda 8-9 
sinf o’quvchilarining unumdor mehnati uchun yaxshi moddiy baza yaratilganligi 
tufayli ana shunday ahvolga erishish mumkin. 
YUqori sinf o’quvchilarining hayotiy rejalarini o’rganish maktab va yoshlar 
tashkiloti butun jamoaning ishi bo’lib, onglilik, mustaqillikni tarbiyalash va kasbiy 
ahamiyatga molik qiziqishlarni shakllantirish maktablarni bitirib chiquvchi 
yoshlarga pedagogik yordam berishni ko’zda tutadi. 
YOshlarni asosiy qismini akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga hamda 
ayrimlarini ishga joylashtirish tajribasidan shu narsa ma`lumki, o’quvchilarning 
hammasi to’qqizinchi sinfni tamomlaganlaridan so’ng o’qishni asosiy qismi: 15% 
akademik litsey, 85% kasb-hunar kollejlarida davom ettirmoqchilar. 


55 
SHunday qilib, maktab o’quvchilarini faol kasbga yo’naltirish ishi bilan 
bog`liq holda mehnatga tayyorlashning asosiy bosqichlari: 
- mavjud bilimlarni barqaror qiziqishlar va umumiy manfaatni ko’zlab 
mehnat qilish istagi manbaiga aylantirishga; 
- har bir maktab o’quvchisining mehnat ahamiyatini va mamlakat 
turmushida uning rolini chuqur anglashiga; 
- o’quvchilarda avvalo bo’lg`usi kasbni tanlashga samarali psixologik ta`sir 
o’tkazadigan mehnat malakalarini rivojlantirishga; 
- maktab o’quvchilarida kasb jihatidan muhim shaxsiy xislatlarini 
(mustaqillikni, tashabbusni, jamoa oldida mas`uliyat hissini sezishni, erga, 
korxonaga, jonajon o’lkaga muxabbatni) tarbiyalashga ko’maklashmoqda. 
Tushuntirish ishini tsexda, dastgoh yonida, ta`mirlash ustaxonasida, 
mexanizatsiyalashgan 
chorvachilik 
fermasida, 
texnik 
xizmat 
ko’rsatish 
punktlaridagi unumdor mehnatda o’quvchilarni faollashtirish bilan qo’shib olib 
borish ishchi kasblarini tanlashdagi psixologik to’siqni bartaraf etishning asosiy 
vositasidir. 
Respublika yoshlarni kasbga yo’naltirishni boshqarish tizimining tarkibi 
quyidagi bosqichlar bo’yicha rivojlanadi: 
1-bosqichda. Kasbga yo’naltirishning samarali shakl va metodlarini izlash. 
Amaliy faoliyatini asosan tuman doirasida maktab va kasb-hunar kollejlarida olib 
boriladi. Umumiy ta`lim maktablari va kasb-hunar kollejlarida kasbiy yo’naltirish 
bo’yicha kengashlar, uchrashuvlar, kechalar, bahslar tuman xalq ta`limi bo’limlari 
huzurida esa kasbga yo’naltiruvchi kengashlar tashkil qilinadi. Qishloq yoshlarini 
dehqonchilik fermerlar kasblariga yo’naltirish borasida maktab, qishloq kasb-hunar 
kollejlari jamoa va davlat xo’jaliklarini birgalikda ishlashiga asos solinadi. 
2-bosqichda. Respublika miqyosida boshqaruv tizimi bo’g`inlarini 
shakllantirish harakatlari amalga oshadi. Kasbga yo’naltirish bo’yicha respublika, 
viloyat, shahar va tuman kengashlari, o’quvchilar orasida kasblar bo’yicha 
musobaqalar tashkil qilinadi. 


56 
3-bosqichda. Kasbga yo’naltirish bo’yicha amaliy faoliyatning mazmuni va 
metodlari takomillashtiriladi. Arxivdagi tegishli materiallar o’rganiladi. Bu 
tadbirlar boshqaruvning barcha bo’g`inlarida kasbga yo’naltirish ishlarini 
muayyanlashtirish imkonini beradi. 
Natijada, respublikada tarkib topgan kasbga yo’naltirish boshqaruvi 
tizimining umumlashtirilgan sxemasini tuzish va uni taxlil qilish asosida quyidagi 
xulosalarni chiqarish mumkin bo’ladi: 
Birinchidan, barcha tarmoq vazirliklari, idoralar, o’quv muassasalari, 
shulardan: maktablar, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar kasbga yo’naltirish 
tizimiga qamraladi; 
Ikkinchidan, 
kasbga 
yo’naltirish 
ishlarining 
barcha 
bo’g`inlari 
muvofiqlashtiriladi va ularning o’zaro aloqasi yo’lga qo’yiladi; 
Uchinchidan, boshqarishning har bir bo’g`iniga yuklangan vazifalar 
aniqlanadi. 
Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida, Respublika ta`lim markazida 
mehnat ta`limi va boshqa bo’limlar faoliyat yuritmoqda. 
Kasbga yo’naltirish bilan shug`ullanuvchi yangi tuzilgan va qayta tashkil 
qilingan bo’limlarning vazifasi tuman, viloyat va respublika miqyosida 
rahbarlikning tashkiliy tajribalarini umumlashtirishdan, kasbga yo’naltirish 
boshqarmasi bo’g`inlari ishini kuchaytirishning tashkiliy-metodik tadbirlarini 
ishlab chiqish va tajribada tekshirib ko’rishga yo’naltirilgan. 
SHu tariqa respublikada kasbga yo’naltirishning boshqarish tizimining tarkib 
topishi va rivojlanishi xalq xo’jaligini malakali kadrlarga talab-ehtiyojini hisobga 
olib, kasb tanlashda o’g`il va qizlar yordam berishi: kasbga yo’naltirish ishini 
rejalashtirishi, uning mazmunini belgilash, vazirliklar, idoralar, muassasalar, 
korxonalar bilan birga ta`lim muassasalarining birgalikdagi kuch-g`ayratlarini 
muvofiqlashtirishga qaratilgan. 
Kasbga yo’naltirishni ilmiy boshqarishni hukumat, korxonalar va 
tashkilotlarning ishchi reja asosida tayyorlash va yoshlarni ishchi kasblariga 
yo’naltirish sohasidagi harakatlari tizimi deb hisoblash lozim. SHu boisdan kasbga 


57 
yo’naltirish ishining tashkilotchilari faqat tarmoqlarning emas, balki ayrim 
korxonalarning ham kadrlarga talab-ehtiyojlarini bilishlari va shu haqda maktablar 
va o’qituvchilarga axborot berib turishlari, amaliy tadbirlar dasturini ishlab 
chiqishlari va uni bajarish uchun kuch va mablag`larni safarbar etishlari, boshqaruv 
tizimining barcha bo’g`inlarida nazorat o’rnatishlari va ularga yordam berishlari 
lozim. 
Bu borada maktab bitiruvchilari uchun mehnat va kasbgacha tayyorgarlik 
yo’nalishi (soha va kasbkorlik) bo’yicha o’qish va ishga joylashtirish imkoniyatlari 
kengroq. 
Mehnat va kasbgacha tayyorgarlikni o’qituvchilar, muhandis-muallim, 
usta-hunarmandlar bilan ta`minlash va ularni kasbiy va shaxsiy imkoniyatlarini 
oshirishga sharoitlar mavjud. 
YUqoridagilarni hisobga olgan holda mehnat ta`limi, tarbiyasi va kasb tanlash 
ishlari quyidagi bosqichlar asosida rivojlanadi: 
1-bosqich. Bu davrda davlatning yangi iqtisodiy munosabatlarga o’tish 
siyosatida muhim zveno bo’lib maydonga chiqadigan mehnat ta`limi, tarbiya va 
kasb tanlash ishlari uyg`unlashgan tizimi uchun ximoyaviy chora-tadbirlar talab 
qilinadi. Mehnat ta`limi, tarbiya, kasb tanlash ishlarining bu davrdagi asosiy 
vazifalaridan biri mehnat bozorini malakali raqobatbardosh ishchi kuchi bilan 
ta`minlash, mazmunini muvofiqlashtirish, o’quvchilar uchun ma`lum darajada 
ijtimoiy kafolatlarni amalga oshirishdir. 
2-bosqich. Iqtisodiy vaziyatning barqarorlashtirilishi va rivojlangan mehnat 
bozori shakllanishining boshlang`ich davri bilan xarakterlanadi. Ikkinchi bosqich 
davomida tajribalar jarayonida sinovdan o’tkazilib ma`qullangan yangi turdagi 
maktablar, maktablararo o’quv-ishlab chiqarish kombinatlari, mehnat va 
gimnaziyalar, bozorning aniq ehtiyojlarini qondirish hamda uzoq maqsadlarga 
qaratilgan mehnat va kasbkorlik ta`limining yangi ko’rinishlari faoliyati huquqiga 
ega bo’lish va real keng qo’llash lozimdir. 
3-bosqich. Respublikada bozor munosabatlarini uzil-kesil barpo etish davriga 
mos keladi. 


58 
Bu o’rinda xalq ta`limining mukammalligi, o’qish-o’qitish ishlarini 
mustaqillik talablari asosida isloh qilish va yaxshilash, yangi avlod 
ta`lim-tarbiyasining ma`no va mazmunini kengaytirish uchun bilimdon, 
mustaqillik 
g`oyasi, 
mafkurasi 
va 
ma`naviyati 
bilan 
qurollangan 
o’qituvchi-xodimlar tayyorlash zarurligini hamisha esda tutish zarur. SHu vazifa va 
muammolarni hal etish to’g`risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 
I.A.Karimov shunday deydi: ―nafaqat umumiy ma`lumot va tarbiyani, balki 
kadrlarning kasbkorga yo’nalish olishini, ularni tayyorlash – qayta tayyorlash va 
malakasini oshirishni o’z ichiga oluvchi yagona uzluksiz milliy ta`lim tizimini 
yaratish vazifasi qo’yilmoqda‖
1

Bu borada magistrantlar qayd etilgan fikrlarni o’zlarining izlanishi va 
magistrlik dissertatsiyalarida boyitib, kengaytirib va chuqurlashtirib ifodalaydilar. 
Unda o’quvchilarni kasbga yo’naltirish, kasb tanlash, tanlagan kasbiga 
moslashtirish jarayonida ―kasbiy layoqat va uni tiklanish muassosi‖ga e`tiborni 
qaratishlari lozim. Ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning metodologik tamoyillari: 
insonparvarlik, fanlararo aloqa, asoslanganlik va isbotlilik, tadqiqotlarda evristik 
va nazariy izlanishlar nisbatining o’zaro mutanosibligi o’z aksini topishi lozim. 
Magistrantlarni o’qitish texnologiyasida muhim o’rin egallashi lozim bo’lgan 
o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirilishida pedagogik madaniyat, umuman 
madaniyatda bo’lganidek, predmet hosila va texnik-texnologik jihatlar 
mavjudligiga batafsil to’xtash lozim, shunda mazkur mavzuning ko’p echimlari o’z 
javobini topadi. 

Download 1,3 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   39




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ызбекистон республикаси

Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish