§ 5. MEHNAT TA`LIMI MAZMUNINI KASB - HUNARGA
YO’NALTIRISH ISHLARI BILAN UZVIYLIGI
Mustaqil O’zbekistonning ―Ta`lim to’g`risida‖gi Qonuni, ―Kadrlar
tayyorlash bo’yicha milliy Dastur‖i hamda ular asosida qabul etiladigan boshqa
hukumat rasmiy hujjatlarida maktablar oldiga ulkan vazifalar qo’yilgan. Mazkur
qonun va boshqa muhim hukumat qarorlariga muvofiq o’quvchilar mehnat va
boshlang`ich kasbkorlik ko’nikma va ishbilarmonlik asoslarini o’rganishlari lozim.
Xalq xo’jalik boshqaruvida bozor iqtisodiyoti imkoniyatlari ko’chishi barcha
sohalar singari ta`lim ishlarida ham, jumladan o’quvchilarni mehnatga tayyorlash
masalalariga ham o’z ta`sirini ko’rsatadi.
Har yili umumiy o’rta ta`lim maktablarini 600 mingdan ortiq o’quvchilar
bitiradilar. SHulardan ko’pi akademik litsey va kasb-hunar kollejlariga kirib
o’qishni davom ettiradilar. SHuning uchun maktab o’z tarbiyalanuvchilariga
o’zining munosib o’rnini topishga ko’maklashuvi lozim. SHunda maktabdagi
ta`lim-tarbiya ishining barcha vositalari, jumladan mehnat ta`limi darslari ayniqsa
ana shunga qaratilishi kerak.
Mehnat ta`limi darslari o’quvchilarni har tomonlama etuk kamol topishi,
kasbni to’g`ri tanlashi, xalq xo’jaligida mehnat axloqiy, psixologik va amaliy
tayyorlanishi uchun xizmat qilishi kerak, o’smirlarni hozirgi zamon ishlab
chiqarishning ilmiy asoslari bilan tanishtirish orqali ularning politexnik bilimi
doirasini kengaytirish, ularga shaxsiy imkoniyat, qiziqish va mayllarga ko’ra
hamda mamlakatning kadrlarga ehtiyojini hisobga olib o’z kasbiy mavqelarini
ongli ravishda yordam berishdir.
Mehnat ta`limi to’g`risida gap ketganda ko’p yillar mobaynida an`anaviy
mehnat darslarida asosan metall va yog`ochga ishlov berish, tikuvchilik va
elektrotexnika asoslarini o’rganish ko’zda tutilgan. haqiqatdan, bu sohalar asosida
mehnat ta`limi mazmunini tanlash to’g`ri, chunki ko’p xalq xo’jaligi tarmoq
korxonalari metall va yog`och bazasi asosida ishlab chiqarishni boshqaradilar
hamda kadrlar talabi shunga qaratilgan.
62
Respublikamizning mustaqillikka erishishi tufayli yuzaga keladigan
ijtimoiy-iqtisodiy
o’zgarishlar, bozor iqtisodiyoti qonuniyatlari asosida
yangilanishlar yosh avlodni faol hayotga, mehnat va ma`lum kasb-hunarlarga
tayyorlash ishini tubdan isloh qilish zaruriyatini keltirib chiqarmoqda.
Jamiyatimizning ro’y bergan turli ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar inson shaxsi,
dunyoqarashi turli fazilatlarni shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarni ro’yobga
chiqarish talablarini qo’yadi. Bu hol, o’z-o’zidan yangi zamon ta`lim tizimining
asosini tashkil etuvchi ta`lim mazmunini yangilashni taqozo etadi. Zero, eski ta`lim
tizimida yangi zamon kishisini tarbiyalab bo’lmasligi ayon bo’lib qoldi.
Bozor iqtisodiyotini tez sur`atlar bilan rivojlantirilishi, mutaxassislar
tayyorlash, kadrlarning kasbiy mahoratlarining takomillashishiga zaruriy talabni
keltirib chiqarmoqda. Bu hol umummehnat tayyorgarligi va yoshlarni kelajakda
maqbul kasblarga yo’naltirish tubdan yangilashni taqozo etmoqda. O’zining barcha
ta`limiy, tarbiyaviy, ruhiy, pedagogik, didaktik imkoniyatlarini sarflab bo’lgan
an`anaviy mehnat va kasb ta`limi tizimi endilikda yangi zamon talablariga mutlaqo
javob bera olmay qoldi.
Taklif etilayotgan mehnat ta`limi va kasbga yo’naltirish yangi tizimi hozirgi
va yaqin kelajak talablarini o’zida aks ettirib, majmuaviy maqsadli dastur sifatida
namoyon bo’ladi.
Respublikamizda yoshlarning mehnat ta`limi, kasb tanlash, kasbga
yo’naltirish kasb-hunar tayyorgarligini amalga oshirish ishlari uzluksiz ta`lim
tizimining barcha bo’g`inlarida amalga oshiriladi.
Mehnat ta`limi asosan texnik, maishiy xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jaligi va
xalq hunarmandchiligi yo’nalishida (300 dan ziyod kasbiy faoliyat turlarida)
amalga oshiriladi. YOshlarning kasb tanlashi emas, kasbiy bilimlar, axborot berish,
kabga yo’naltirish, kasbga moslashish va kasbiy tayyorgarlik kabi qismlardan
iborat bo’lib, xalq xo’jaligining bara sohalarida kasbiy faoliyat ko’rsatishni
o’rgatishni qamrab oladi.
63
YOshlarning umummehnat ta`limi barcha turdagi bolalar bog`chalarida
dastlabki tushunchalarni paydo qilish, ish-harakat usullarini shakllantirish
maqsadida ish olib borilmoqda.
O’zbekiston Respublikasida 18 yoshgacha bo’lgan, ya`ni o’quvchilik
yoshidagi bolalar soni aholining qariyib yarmini tashkil etadi. 10,4 mln. yoshlar
bevosita umummehnat ta`limi va kasblarga yo’naltirish ob`ektlari va 18 mln.ga
yaqin kishi esa mehnat va kasbiy tayyorgarlik ishining ob`ektlari hisoblanadi.
SHuning uchun mehnat ta`limi va kasbga yo’naltirish kasbiy tayyorgarlik
ishlarni tashkil etishda quyidagi davrlarga e`tibor berish zarur:
1-davr boshlang`ich ta`lim 1-4 sinflar;
2-davr tayanch majburiy ta`lim;
3-davr o’rta maxsus, kasb-hunar ta`limi.
Bu bosqichda qiz bolalar mehnati bilan o’g`il bolalar mehnatining o’ziga
xosligi hamda normal rivojlanishidagi bilan anomal rivojlanishidagi, ya`ni aqliy va
jismoniy zaif bolalar mehnatini tashkil etishning o’ziga xoslik tomonlarini hisobga
olish talab etiladi.
O’zbekistonda aholining 39,5 foizini shaharlarda, qishloqlarda esa 60,5 foizini
yashashi tufayli shahar va qishloq maktablari, shahar tipidagi qishloq
qo’rg`onlaridagi mehnat ta`limi va kasblarga yo’naltirishni tashkil etish
xususiyatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Mehnat ta`limiga yo’naltirishni tashkil shahar va qishloqlardagi xalq xo’jaligi
sohalarining rivojlanishi bilan chambarchas bog`liqdir. Mehnat ta`limiga
yo’naltirishning ishlab chiqarish sohalariga bevosita bog`liqligi sababli mazkur
sohaning alohida moddiy, texnik va texnologik ta`minotiga muhtoj ekanligi
muammo kelib chiqadi. Boshqa fanlarni o’qitishdan farqli o’laroq mehnat ta`limiga
yo’naltirishning alohida moddiy texnik ta`minotiga asoslanishi, uni samarali
tashkil etishning asosiy garovi hisoblanadi.
Mehnat va kasblarga yo’naltirishning o’ziga xos xususiyatlarining barchasini
o’zida aks ettiradigan o’quv-metodik ta`minotini yaratishda ham o’ziga xoslikni
hisobga olishni talab etadi, bir butun mazmundagi majmualarni yaratish, joylarda
64
har bir ta`lim muassasasini o’z imkoniyatlaridan, kelib chiqib, o’ziga mos
tushadiganini tanlashi yo’lga qo’yish shu sohadagi muhim masalalardan
hisoblanadi.
Mehnat ta`limiga tayangan holda o’quvchilarni kasbga yo’naltirishning
o’quv-uslubiy majmuasini yaratishda dastlab tayanch umumta`lim bo’g`inida 4
yo’nalishni (texnik, maishiy xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jaligi va xalq
hunarmandchiligi) qamrab olishni, keyingi ixtisoslashgan ta`lim bosqichida esa
xalq hunarmandchiligining barcha sohalari qishloq ho’jaligi, sanoat, qurilish, savdo,
madaniyat, m ashiy xizmat ko’rsatish, san`at hamda xalq xunarmandchiligidagi
kasblarga yoshlarni tayyorlash mazmunini yagona tizim sifatida aks ettirish
muammosi turadi.
Uzluksiz mehnat ta`limining o’quv-uslubiy majmuasi jami 113 ta nomni
tashkil etib, umumiy hajmi taxminan 1000-1100 bosma taboq tashkil etishi kutiladi
bunga kasb ta`limi bo’yicha bevosita mas`ul bo’lgan kasb-hunar kollejlari
o’quv-uslubiy majmuasi kirmaydi.
Mehnat ta`limi mazmunidagi yangi yo’nalish – xalq milliy hunarmandchiligi
sohalaridagi kasblardir. Ushbu soha mehnat ta`limi va kasblarga yo’naltirishning
milliy hududiy, tarixiy va etnografik xususiyatlarini o’zida aks ettiradi va o’zining
150 dan ortiq kasbiy faoliyat yo’nalishlarini qamrab olishi bilan hamda alohida
yo’sindagi o’quv-uslubiy majmuasini mazmuniga yo’naltirilishi lozimligi bilan
ajralib turadi.
Mehnat ta`limi negizida kasbga yo’naltirishni zamon va istiqbollardagi
davrlar talabi darajasida tashkil etishning asosiy omillaridan biri, shu sohani
o’rgatuvchi pedagog-mutaxasislarni tayyorlash, malakasini oshirish, qayta
tayyorlash hamda turli kasbiy mahoratini takomillashtirish texnologiyasini ishlab
chiqish va yo’lga qo’yish shu kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. Bu hol
oliy-pedagogik ta`limning o’quv-uslubiy majmuasini, ilmiy-metodik ta`minotni
davr talablariga mos ravishda tubdan o’zgartirishni taqozo etadi. Mehnat ta`limi va
va kasblarga yo’naltirishni tashkil etishda mazkur soha bo’yicha ajratilayotgan
o’quv yuklamalarining soha xususiyatlariga mos kelishi, ya`ni sinfdagi qiz va o’g`il
65
bolalarni guruhlarga ajratib o’qitilishi. Amaliyligi va ishlab chiqarish mazmunida
ekanligi dars soatlari miqdorini mos ravishda ko’paytirilib yo’naltirishni tashkil
etish bo’yicha umumta`lim maktablarining 1-9 sinflari bosqichida, ya`ni 1-4
sinflarda 1 soat, 5-7 sinflarda 2 soatdan 4 soatgacha, 8-9 sinflarda 1 soatdan jami 6
soatdan bo’lishi maqsadga muvofiqdir. SHu bilan birga mehnat ta`limi
mashg`ulotlariga ajratilgan o’quv soatlari miqdori hozirgi vaqtda 4180:4=1045
soatni tashkil etadi. Ammo yaxlit o’quv-uslubiy majmuani yaratadigan
nazariyotchi olimlar, dastur, darslik yaratuvchilar jami 4180 soatni doimo e`tiborga
olishlari shart.
Bu raqam ya`ni dars soatlari miqdori mehnat ta`limi chuqurlashtirilib
o’qitiladigan va maxsus maktablarda (aqliy va jismoniy zaif bolalarni o’qitadigan)
muassasalarda o’zgarishi mumkin, ammo mazmun, odatdagidek davom etadi.
Mehnat ta`limi va kasblarga yo’naltirishni tashkil etishda 5-9 sinflarda mehnat
amaliyotlarini o’tkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Ammo hozirgi davrda bu
muhim tadbirni o’tkazish faqat yuzakichilik va rasmiyatchilikdan iborat bo’lib
qolmoqda. Mehnat ta`limi va kasblarga yo’naltirish umummehnat tayyorgarligi
jarayonida yoshlarni mehnat bozorida raqobatbardosh va o’zlarini qiziqtirgan
kasblarini egallashlari uchun zarur va etarli bilim, ko’nikma va malakalarni
shakllantirishni asosiy maqsad qilib qo’yadi va quyidagi maqsad va vazifalarni hal
etishni taqozo etadi:
Maktabgacha tarbiya bosqichida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga
olgan holda mehnat jarayoni, mahsulotlar, materiallar va buyumlar to’g`risida
dastlabki tushunchalar, tasavvurlar, maqsadli ish harakati usullarini bajarish
to’g`risida ma`lumotlar berish;
Umumta`lim maktablarini boshlang`ich 1-4 sinflarida mehnat ta`limi va
kasbga yo’naltirish ishlari ko’rsatilgan 5 ta asosiy yo’nalish negizi asosida mehnat
harakatlarini bajara olish qo’lda yasalgan buyumlarning kichraygan nushalarini
yasay olish, mehnat va kasb faoliyati jarayonlari to’g`risida dastlabki bilimlar
berish, sodda qurilmalarni tuzish, inson va tabiat, inson va buyumlar munosabatini
uyg`unlashtirish to’g`risida dastlabki tasavvurlar hosil qilish;
66
Tayanch maktablarida mehnat ta`limi va kasblarga yo’naltirishning asosiy
bosqichi amalga oshirilib, o’quvchilarda xalq xo’jaligining turli sohalarida mehnat
qilishga tayyorgaligiga zamin yaratiladi. Bu bosqichda mazkur ta`limning 5
umumkasbiy yo’nalishdagi 300 ga yaqin faoliyat turlari bo’yicha ta`lim-tarbiya
jarayoni amalga oshiriladi.
O’rta maxsus kasb-hunar ta`limi bosqichida o’quvilar xalq xo’jaligining turli
sohalariga (qishloq xo’jaligi, sanoat, qurilish, mashinasozlik, xizmat ko’rsatish,
savdo, san`athamda xalq xunarmandchiligi) tegishli aniq kasblar bo’yicha ma`lum
mahorat darajasida egallashlari uchun imkoniyatlar yaratiladi.
O’quvchilarning unumli mehnati natijasi bozor iqtisodiyoti, mehnat bozori
munosabatlarida o’z aksini topadi, ular o’zi o’qiyotgan ta`lim muassasasi, oilasi va
o’zining moddiy ta`minotiga sezilarli hissa qo’shish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
O’quvchilarning mehnatini tashkil etishda huquqiy, qonuniy, mehnat xavfsizligi,
sanitariya-gigiena qoidalari, ruhiy, jismoniy rivojlanish xususiyatlari kabi omillar
hisobga olinishi shart. O’quvchilarning mehnat va kasb tayyorgarligini amalga
oshirishda iqtisodiy ustivorlik, aqliy hamda jismoniy rivojlanish mukammallikka
erishish asosiy talablari hisoblanadi.
O’quvchilarni kasblarga yo’naltirishda umumehnat kasbiy ta`lim bosqichida
o’tish jarayonida murakkab didaktik mexanizm amalga oshiriladi. Bu o’rinda
ta`lim muassasalari, ota-onalar, jamoatchilik mahalla, davlat va xususiy ishlab
chiqarish korxonaliri, hunarmandlar uyushmalarining amaliy hamkorligini
o’rnatilishi ular faoliyatining yagona maqsadga bo’ysundirilishi mazkur ta`lim
samaradorligi oshishiga olib keladi.
Mehnat ta`limi va kasblarga yo’naltirishning yaxlit maqsadli tizimini yaratish,
yoshlarning bog`cha yoshidan boshla, kattalar ta`limigacha mehnat va kasb
ta`limining bir butun tizimini yaratish mazkur sohaning hayotga uzviyligini
ta`minlashning asosiy sharti hisoblanadi.
Mehnat ta`limi va kasblarga yo’naltirishni tashkil etishda iqtisodiy
omillarning ustivorligini ta`mirlash. SHaxsning o’z mehnati natijalarini ko’ra
olganda, bu natijalardan o’zi ham bahramand bo’la olgandagina u tashabbus va
67
mustaqillik bilan faoliyat ko’rsatadi. Mehnat ta`limi va kasblarga yo’naltirishda
o’quvchilar o’ziga xos erkinlikka mustaqillikka tashabbuskorlikka ega
bo’lganlarida onglilik, faollik va ijodkorlik yuzaga chiqadi.
Mehnat ta`limi va kasblarga yo’naltirishning yaxlit maqsadli tizimini
yaratishda 5 ta asosiy yo’nalishga (texnik, xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jaligi va
xalq milliy hunarmandchiligiga) rioya qilish, ixtisoslashgan ta`limda esa xalq
xo’jaligining turli asosiy tarmoq (qishloq, sanoat, qurilish, mashinasozlik, savdo
xizmati ko’rsatish va san`at) hamda xalq hunarmandchiligi sohalaridagi kasblariga
tayyorlash texnologiyasining bir butunligini saqlashda eskilarni unutmasdan,
yangilarni tadbiq etish va yaratish asosiy tamoyillaridan biri hisoblanadi.
O’quvchilarni xalq xo’jaligining turli sohalari va hunarmandchilik kasblariga
yo’naltirishda ishlab chiqarish markazlari, maktablararo ishlab chiqarish bo’limlari,
tsexlar ustaxonalar faoliyatlarini jonlantirish alohida ahamiyatga molikdir. Bunday
markazlar, tsexlar, bo’limlarda mehnat ta`limi va kasblarga yo’naltirish ishlarini
amalaga oshirishda zaruriy sharoitlar yaratiladi. Bu maqsadda xo’jalik, otaliq
tashkilotlar va o’quv muassasalarining moddiy-texnik negizidan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Mehnat ta`limi va kasb tanlash ishlarini tashkiliy, iqtisodiy, ilmiy-padagogik
boshqarish ishlarini takomillashtirish.
Respublikamizda 18 yoshgacha bo’lgan 10,4 mln. yoshlarning mehnat ta`limi
va kasblarga yo’naltirishnig yagona markaz va hududiy kasbga yo’naltirish xizmati
markazlari tomonidan boshqarilishi, aholining bandlik xizmati va Mehnat Vazirligi
bilan birga ma`lumotlar Banki tashkil etilishini taqozo etadi. YOshalrning mehnat
ta`limi va kasblarga yo’naltirishning dolzarb muammolarini tadqiq etadigan
ilmiy-uslubiy markaz (yoki bir necha xududiy markazlar) tashkil etish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’quvchilarning mehnat ta`limi va kasblarga
yo’naltirishning yagona maqsadli tizimini yaratish, axborotlar bankini tashkil etish
shu sohani tartibga solishdagi dastlabki amaliy qadamlar hisoblanadi.
Bolalar mehnati yuklamalarni me`yorlash topshiriq va vazifalarni yosh,
shaxsiy, jismoniy, aqliy xususiyatlariga qarab belgilash. Qizlar va o’g`il bolalar
68
mehnatining xususiyatlari, mehnat sharoitida mahalliy omillarni hisobga olish,
mehnat xavfsizligi (texnika, elektr, yong`in, suv, gaz, transportda yurish
xavfsizligi) va sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etish maxsus kiyimlar va
jihozlar ta`minotini yo’lga qo’yish moliyaviy va huquqiy kafolotlanishi lozim.
Mehnat ta`limi va kasbga yo’naltirish iqtidorli yoshlarni o’z kasbiy ko’nikma
va malakalarni taqsimlashtirishga mamlakat va chet ellar ilg`or texnologiyalari
bilan tanishtirish bolalar mehnati mahsulotlari ko’rgazmalarni tashkil etishga
sharoit yaratish shu sohadagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan tadbirlardan
hisoblanadi. Bu borada magistrlar mazkr ishlarga ilmiy izlanish mavqeini berishda
quyidagilarni inobatga olishi zarur:
- O’zbekiston Respublikasining tabiiy iqlimi, aholisining yashash tarzi, milliy
va mahalliy xususiyatlarini hisobga olgan holda umumta`lim maktablarida mehnat
ta`limiga yo’naltirishning majmuaviy maqsadi dasturini amaliyotga tadbiq etish
quyidagilarni ko’zda tutadi:
Uzluksiz ta`lim tizimida mehnat ta`limining davlat standartlarini ishlab
chiqish;
Uzluksiz ta`limning boshlang`ich ta`lim bo’g`ini uchun (1-4 sinflar) mazkur
sohaning o’quv-uslubiy majmuasini ishlab chiqish;
Tayanch ta`limi bosqichi uchun (5-9 sinflar) xalq ta`limi tizimining turli
muassasalariga mo’ljallangan o’quv metodik majmualarni ishlab chiqish;
Kasb-hunar kollejlariga mo’ljallangan mehnat va kasb ta`limining
uzluksizligini ta`min etuvchi variantli blok-modulli ilmiy-metodik majmuasini
yaratish.
Mehnat ta`limi va kasbga yo’naltirish ishlarining pirovard maqs adli milliy
rivojlanish g`oyalariga sodiq, mehnat bozoridagi o’quvchini mehnat ta`limi olishga
mavjud bo’lgan usullardan foydalanishga maslahat beriladi.
O’quvchilarning aniq bir qiziqqan kasbini tanlashda, uning tarbiya asoslariga
alohida e`tibor berilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, yog`ochga ishlov berish
texnologiyasidagi kasblar (duradgor, beshikchi, yog`och o’ymakori, mebel
tayyorlovchi va hakozo). Agar bir kasb yuzasidan o’quvchilar axborotga ega bo’lsa,
uning tanlagan kasbiga moslashishi tez va mustahkam bo’ladi.
Magistrantlar diqqatini mehnat ta`limi va tarbiyasini kasb-hunarga
yo’naltirishda uni bevosita hamda bilvosita davomi – tadbirkorlik faoliyati bilan
69
uzviyligini tushuntirishga jalb qilish lozim. CHunki, hozirgi kunda tadbirkorlik
tushunchasi hayotning barcha sohalarida, shu jumladan ta`limning, ayniqsa,
mehnat ta`limi hamda kasb tanlashda o’z aksini topmoqda. Zero, tadbirkorlik hayot
talabiga aylanib bormoqda. SHunday ekan, tadbirkorlik to’g`risida tushunchaga
ega bo’lish, tadbirkorlik malakalarini shakllantirish uchun ta`lim tizimi xodimlari
tadbirkorlik psixologiyasi hamda pedagogikasi to’g`risidagi bilimlarga ega
bo’lishlari, mehnat ta`limi o’qituvchisi hamda kasbga yo’naltiruvchi uchun
majburiy-zarurdir.
SHundan sung, magistrlarning ilmiy izlanishi hamda ilmiy pedagogik jihatdan
o’qishida munosabat ta`sirli va jiddiy bo’ladi. Masalan, magistrlik dissertatsiyasi
uchun tanlangan mavzuga ―Kasbga yo’llash maqsadida o’quvchilarning shaxsini
o’rganish‖da uning iqtisodiy ta`lim fanlarini o’qitishning metodologik
muammolariga yo’naltirilishi, ―kasb‖, ―kasb tanlash‖, ―kasb tanlashga yo’naltirish‖,
―tanlagan kasbiga moslashtirish‖ hamda ―kasb tanlashning pedagogik masalalari‖
shu mavzuga oid ko’p muammolarni o’z echimiga olib kelishi mumkin. Unda,
tarixiylik, fundamentlilik, qadriyatlarga asoslanganlik hamda ustivor yo’nalishlar
belgilanganligi yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar hamda ularda qo’lga kiritilgan
ijobiy natijalar qo’yilgan talablarga javob bera oladi.
|