74
maslahatlarni o’sha kasbda uzoq vaqtdan beri ishlayotgan tajribali mutaxassislar
o’tkazadilar.
B) Diagnostik kasb maslahati berish:
Kishini har tomonlama o’rganish asosida undagi qiziqishlar, moyilliklar,
qobiliyatlar hamda shaxsdagi kasbiy jihatdan muhim bo’lgan
ayrim sifatlarni
aniqlab o’rganishga qaratilgandir.
Bunday maslahatdan maqsad – faoliyatning qanday sohasida siz
muvaffaqiyatli ishlashingiz mumkinligini, ya`ni siz qaysi sohada jamiyat uchun
maksimal foyda keltirishingiz mumkinligini hamda o’z
mehnatingizdan mumkin
qadar ko’proq qoniqish hosil qilishingizni oldindan belgilab berishdan iborat.
Diagnostik kasb maslahatini psixologlar o’tkazadilar. Ular shaxsni o’rganishning
anketa to’ldirish, testlar bilan sinash singari har xil metodlarini qo’llaydilar.
V) Tibbiy kasb maslahati:
Odamning salomatligi u tanlagan kasb talablariga qay darajada muvofiq
kelishini aniqlab olishga yordam beradi. Agar siz mo’ljallayotgan kasb qandaydir
bir sabab bilan sog`lig`ingizga to’g`ri kelmaydi, deb topilgudek bo’lsa, u holda
vrach sizga boshqa bir kasbni, ya`ni sizning qiziqishingiz va sog`lig`ingizga zarar
etmaydigan kasbni tanlashga tavsiya qiladi.
G) Tuzatish kirituvchi kasb maslahati:
Odam bir kasbni tanlasa-yu, lekin uning real imkoniyatlari va qobiliyatlariga
o’sha kasb muvofiq kelmagan hollarda bunday maslahat zarur bo’ladi.
Bunday
vaziyatda kasbiy rejani qaytadan ko’rib chiqish yoki unga aniqlik kiritish zarur
bo’lib qoladi. YUqorida sanab o’tilgan kasblar bir-biri bilan o’zaro mahkam
bog`liqdir. Meditsina kasb maslahatiga ma`lumot – axborot berish xarakteridagi va
tuzatish kirituvchi xarakterdagi elementlar mavjud bo’lsa, diagnostik kasb
maslahatida kasb maslahatlarining elementlari uchraydi va hakozo.
Kasb to’g`risida maslahat 3 ta bosqichga bo’linadi.
A) Kasbga tayyorlash. Bunga o’quvchining
maktabni bitirgunga qadar
bo’lgan jarayoni kiradi. Bunda maktabda o’quvchining qiziqishi, xohishi u yoki bu
kasbga moyilligini hisobga olgan holda kasblarga tayyorlanadi, kasblar to’g`risida
75
axborotlar berib boriladi.
B) YAkunlovchi: 8-9 sinfni bitirayotganda kasbga yo’llash ishlarini olib
boriladi. Bu yakunlovchi turda o’quvchilarni qobiliyatiga qarab u yoki bu kasblarni
egallashga yordam berish. Bu xil maslahat maktab doirasidan tashqariga chiqadi va
ko’pincha akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, tashkilotlarda o’quvchi 8-9 sinfni
bitirib chiqib borgan joylarda amalga oshiriladi.
Kasbga ko’nikma hosil qilish. Bu kasbga yo’llash ishi yakunlovchi ish bo’lishi
kerak, chunki o’quvchi zavod va fabrikada, shuningdek o’quv yurtlarida o’z
qiziqqan sohasi bo’yicha ishlaydi va o’qiydi. Ko’nikma hosil qilish sistemali
ravishda
rejani
bajarish
va
musobaqalarda
ishtirok
etish
natijasida
mustahkamlanadi, ishlab chiqarishda qancha og`ir bo’lsa, shuncha ko’p yosh
ishchiga e`tiborni kuchaytirish lozim.
Kasbga layoqatliligi. Kasbga layoqatliligini aniqlash 3 yo’l
bilan amalga
oshiriladi.
A) sog`lig`i to’g`risida;
B) Kasbga taxminiy tayyorgarlikning puxtaligi;
V) Psixofiziologik holati.
Bu layoqatligiga qarab mutaxassislar o’quvchilarga u yoki bu kasbga loyiq
ekanligini aniqlashadi va kasbni o’zgartirish kerakligi yoki sog`liqqa zararligini,
uning organizmi tanlagan kasbiga loyiq emasligi to’g`risida ma`lumot berishadi.
SHuning uchun o’rta maktablar kasb tanlash ishlarini olib borishda asosiy baza
bo’lib hisoblanadi.
Magistrlar ushbu mavzu yuzasidan olib boriladigan ilmiy izlanish hamda
ilmiy-pedagogik ishlarida – kasbga yo’naltirish masalalarida
test metodlaridan
unumli va maqsadli foydalanishga yo’naltiriladi.
Unda, ilmiy pedagogik tadqiqotlarni amalga oshirishning mantiqiy
ketma-ketligiga: tadqiqot farazi hamda izlanish materiallaridagi g`oyalarini
o’rganish va ishlab chiqish mantiqi va metodlari, yangi g`oyani ro’yobga chiqarish
bosqichlari hamda ilmiy pedagogik tadqiqotlarida magistrlik dissertatsiya
mazmunini shakllantirishdan iboratdir.
76
Bu borada o’qituvchining samarali faoliyati uning chuqur va rang-barang
kasbiy
bilimlari, dars berish metodikasini egallaganligi, o’z mehnatining
psixologik asoslarini hisobga olishi bilan bog`langanligi ravshan bo’lishiga olib
keladi.