Javoblar varaqasi
Savollarga javob berib bo’lganingizdan so’ng har bir qatordagi savolga
berilgan javob ballari yig`indisini 2-ustunga yozing. Yig`ilgan ballarning eng
yuqorisiga mos kelgan sohaga oid kasblarga sizdagi qiziqish va moyillik darajasi
yuqori.
Savol raqami
Ballar
yig`in-
disi
Kasb
guruhi
Sohalar
1
2
3
4
1 12 23 34 45 56 67 78
2 13 24 35 46 57 68 79
3 14 25 36 47 58 69 80
4 15 26 37 48 59 70 81
5 16 27 38 49 60 71 82
1-guruh Sanoat
2-guruh Transport
3-guruh Aloqa
4-guruh Qurilish
5-guruh Uy-joy kommunal xo’jalik
105
6 17 28 39 50 61 72 83
7 18 29 40 51 62 73 84
8 19 30 41 52 63 74 85
9 20 31 42 53 64 75 86
10 21 32 43 54 65 76 87
11 22 33 44 55 66 77 88
6-guruh Tibbiyot
7-guruh Qishloq va o’rmon xo’jaligi
8-guruh Pedagogika
9-guruh San`at va madaniyat
10-guruh Ijtimoiy-iqtisodiy soha
11-guruh Savdo va umumiy ovqatlanish
1-guruh. Sanoat.
Sizda sonoat sohasiga mansub bo’lgan kasblarga qiziqish va moyillik mavjud.
Siz samolyotsozlik, energetika, avtomobilsozlik, geologiya, metallurgiya, kimyo
va engil sanoat, oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha mutaxassislar
tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlari, sheningdek, matematika, fizika, kimyo
fanlarini chuqur o’rganishga yo’naltirilgan akademik litseylarda ta`lim olishingiz
mumkin.
2-guruh. Transport.
Sizda avtomobillarni boshqarish, ta`mirlash va ularga xizmat ko’rsatish bilan
bog`liq bo’lgan kasblarga moyillik yuqori. SHu bois siz transport vositalari bilan
ishlaydigan mutaxassislar tayyorlaydigan kasb-hunar kollejlarida yoki matematika
va fizika fanlari yo’nalishidagi akademik litseylarda tahsil olishingiz mumkin.
3-guruh. Aloqa.
Sizda aloqa bilan bog`liq kasblarga moyillik yuqori. Siz telekommunikatsiya,
radio, pochta, elektron uskunalarni boshqarish, xalqaro aloqa, telefon, telegraf va
boshqa sohalar bo’yicha kasbiy tayyorgarlik yo’nalishidagi kasb-hunar kollejlari va
fizika fanini chuqur o’rgatuvchi akademik litseylarga o’qishga borishingiz
mumkin.
4-guruh. Qurilish.
Sizda qurilish sohasidagi kasblarga qiziqish yuqori. Sizga qurilish
avtomobillari va mashinalarini boshqarish, sanitariya-texnik tizimlar, temir-beton
mahsulotlari va konstruktsiyalar, duradgorlik kabi kasblar bo’yicha mutaxassis
tayyorlaydigan kasb-hunar ta`limi muassasalarida o’qishni tavsiya etamiz.
106
5-guruh. Uy-joy, kommunal xo’jalik.
Sizda suv, gaz ta`minoti, turar joy va jamoat binolariga xizmat ko’rsatish bilan
bog`liq bo’lgan kasblarga qiziqish baland.
Siz uy-joy va kommunal xo’jalik sohasi uchun mutaxassislar tayyorlaydigan
kasb-hunar kollejida yoki aniq fanlar yo’nalishidagi akademik litseylarda ta`lim
olishingiz mumkin.
6-guruh. Tibbiyot.
Sizning sog`liqni saqlash sohasining umumiy amaliyot, stomatologiya,
ortopediya, farmatsiya, tibbiy optika va labaratoriya tashxisi sohalaridagi kasblarga
qiziqishingiz yuqori. Tibbiyot yo’nalishidagi kasb-hunar kollejlari yoki kimyo va
biologiyaga ixtisoslashgan akademik litseylarda o’qishingiz maqsadga muvofiq
bo’ladi.
7-guruh. Qishloq va o’rmon xo’jaligi.
Siz qishloq ho’jaligi va o’simlikshunoslik bilan bog`liq bo’lgan kasblar
yoqadi. Sizga qishloq xo’jaligi texnikalarini boshqarish. Ta`mirlash va xizmat
ko’rsatish, gidromelioratsiya, fermer xo’jaligi, agronomiya, zootexnika,
o’simlikshunoslik, chorvachilik sohalari o’qitiladigan yoki biologiya fani chuqur
o’rgatiladigan akademik litseylarda tahsil olishni tavsiya etamiz.
8-guruh. Pedagogika.
Sizda bolalarni tarbiyalash, parvarish qilish va ularni qo’llab-quvvatlashga
bog`liq kasblarga moyillik kuchli. Siz m aktabgacha ta`lim, maktabdan va sinfdan
tashqari tarbiyaviy ishlar, boshlang`ich sinflarda sport va musiqa ta`limiga oid
kasblarga tayyorlaydigan kab-hunar kollejlarida ta`lim olishingiz mumkin.
9-guruh. San`at va madaniyat.
Sizni tasviriy san`at, rassomchilik, xoreografiya, teatr hamda madaniya
oqartuv ishlari qiziqtiradi.
Sizga madaniyat va san`at yo’nalishidagi kasblarga tayyorlaydigan
kasb-hunar kollejlarida ta`lim olish tavsiya etiladi.
10-guruh. Ijtimoiy-iqtisodiy soha.
107
Sizda moliya, buxgalteriya, menejment-marketing, bank, huquqshunoslik,
yong`in xavfsizligi, avtonazorat, ijtimoiy ta`minot va bojxonaga oid kasblarga
qiziqish yuqori.
Sizga ijtimoiy, iqtisodiy sohadagi kasb-hunar kollejlarida va aniq fanlar yoki
ijtimoiy yo’nalishdagi akademik litseyda ta`lim olishni tavsiya etamiz.
11-guruh. Savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko’rsatish.
Sizda umumiy ovqatlanish, savdo, xizmat ko’rsatish, radiotexnika va
teleapparaturalarni ta`mirlash, maishiy gaz va mashinalarni ta`mirlash,
kino-fototexnika xizmatlari ko’rsatish sohalariga qiziqish yuqori.
Sizga savdo, umumiy ovqatlanish va xizmat ko’rsatish bo’yicha kasblarga
tayyorlovchi kasb-hunar kolleji yoki aniq fanlar akademik litseylarida o’qish
tavsiya etiladi.
Bu borada sizlarga maktab sharoitidan kelib chiqqan holatda har bir fan
o’qituvchilari eng avvalo, o’z fanlari mazmunidagi kasblar to’g`risidagi dastlabki
tushunchalar berishga intiladilar. Matematika o’qituvchilari eng avvalo, o’z kasbi
matematika o’qituvchisi, informatika kasbi, iqtisodchi, moliya xodimlari, qayd
etilgan tarmoqlardagi boshqa kasb va mutaxassislar to’g`risidagi axborotlar bilan
matematika bilim va ko’nikmalar negizida shakllanadigan boshqa kasblarni
tanlashga tavsiya etishga zamin bo’ladi. Fizika fanida o’qituvi o’z kasbi bilan bir
qatorda elektr, atom, elektron, radar, mexanika, lokator, radio va boshqa fizika
bo’limlari tarmoqlari bilan uzviyligi mavjud kasblar to’g`risitda ma`lumotlar
negizida shu sohalarda ishlaydigan kasb va mutaxassislar tarmoqlari bilan
tanishtirishga barcha ma`lumotlarni darslik, televizor, internet, audio-video
vositalardan foydalanish hamda mazkur kasblar bilan akademik litsey va
kasb-hunar kollejlariga maqsadlashtirilgan ekskursiyalar imkoniyatlaridan unumli
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Biologiya fani o’qituvchisi o’quvchilarni o’z
kasbi hamda shu kasb negizida uyg`unlashgan botanika, zoologiya, anatomiya,
fiziologiya, o’simlikshunoslik va boshqa predmetlar, qishloq xo’jalik sohasining
dehqonchilik,
chorvachilik,
o’rmonchilik,
bog`dorchilik,
paxtachilik,
bug`doychilik, urug`chilik va shunga bog`langan boshqa o’nlab tarmoqlarda
108
faoliyat yuritayotgan yuzlab kasb va mutaxassisliklar bilan olib boriladigan kasb
tanlash ishlari turli shakl va metodlardan foydalangan holda o’quvchilarga o’z
kelajagini tanlashga imkoniyatlar mavjuddir.
SHunday qilib maktab sharoitidan va imkoniyatlaridan foydalanib o’quvchilar
9 yil mobaynida 20 dan ortiq fanlarni o’zlashtirish jarayonida har biridan kamida
25 kasb va mutaxassislik faoliyatlarini o’rganib, unda: a) umumiy yondoshuv; b)
integratsiyalash holatida; v) bevosita tanlagan kasbi yuzasidan bitta-ikkitasiga
tanlangan kasb bo’yicha amaliy ish, faoliyat ko’rsatgan holda mehrni uyg`otishiga
imkoniyatlar yaratilgan.
SHuni ham ta`kidlash zarurki, barcha yigit-qizlar, o’quv predmetlari qatorida
alohida o’z mavqeiga ega bo’lgan murakkab predmetlardan biri – bu mehnat ta`limi
fanidir. Mazkur fanni o’zlashtirgan o’quvchiga xalq xo’jaligining turli
tarmoqlariga xos kasblar yuzasidan materiallarni, asbob-uskunalar, mashina va
moslamalarni nafaqat o’rganishi, ulardan foydalanish hamda ular yordamida
unumli foydali maxsulotlar tayyorlashni uddalay olganlari 70-80 foiz maktab
bitiruvchilari tashkil topganlar. Undan tashqari, maktab bitiruvchilari qayd etilgan
asoslarga tayanib o’zlari sevgan kasblar tanlaganlar. Undaqa maktab bitiruvchilari
yil sayin oshib o’zlarini o’rni zamonaviy kollejlarda o’qishni davom etib ―kichik
mutaxassis‖ darajali kasb egasi bo’lmoqdalar.
SHunday texnologiyalar asosida 6-7 sinflar bo’yicha materialarni
o’zlashtirgandan so’ng, 8-9 sinflardagi materiallar 5-sitnfdan tanlab olingan
yo’nalishda ishlab chiqarish sohasini hamda shu sohadagi kasblar misolida
ma`lumotlarni to’plab o’rganish maqsadga muvofiqdir.
|