• Kasbga yo’naltirish nazariyasi
  • Ызбекистон республикаси




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/39
    Sana25.11.2023
    Hajmi1,3 Mb.
    #105188
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
    Bog'liq
    касб й и п а укув кулланма (восстановлен)

    Kasbga yo’naltirish yoshlarga ularning qiziqish, layoqat, qobiliyatlariga va 
    jamiyatning turli xil kasblarga bo’lgan ehtiyojiga muvofiq holda kasb tanlashga 
    yordam beruvchi maqsadli faoliyatdir. U fanlararo rivojlanuvchi nazariya va 
    amaliyotning birligi asosida vujudga kelib, o’quv-tarbiya jarayonida amalga 
    oshiriladi. Bunda asosiy rolni nazariya egallaydi. YA`ni muayyan nazariya asosida 
    u yoki bu g`oya shakllanadi, u amaliy ishni ilmiy-amaliy ishga aylantiradi. 
    Nazariya faoliyat kabi tez hosil bo’lib, yillar mobaynida rivojlanadi. Kuzatish va 
    tadqiqot 
    natijasida 
    nazariya 
    shakllantiriladi 
    va 

    asosiy 
    faoliyatni 
    ixchamlashtirishga xizmat qiladi. 
    Kasbga yo’naltirish nazariyasi kasb-hunarga yo’naltirish faoliyatini 
    samarali tashkil etishga qaratilgan turli xil qarashlar majmuasi, g`oyalar va 
    tasavvurlar yig`indisi bo’lib, u ayni vaqtda ikki jarayonni bir-biriga bog`liqligi 
    qonuniyatlari to’g`risida to’liq tasavvur beradigan ilmiy bilimlarni tashkil etish 
    shakli, yoshlarni shaxsiy qiziqishlari, layoqat va qobiliyatlariga mos keladigan, 
    jamiyat uchun zarur kasblarga yo’llashdir. 
    Kasbga 
    yo’naltirish nazariyasining tarkibiy qismlariga: dalillar, 
    qonuniyatlar va tamoyillar kiradi.
    Kasbga yo’naltirishda ilmiy metodlar asosida olingan ishonchli dalillar juda 


    47 
    oz bo’lishi sababli, bu boradagi muhim vazifalar yangi dalillarni yig`ish hisobiga, 
    bir yoki bir necha farazlar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, har bir hududda 
    yoshlarni ma`lum bir kasbni tanlashlariga ta`sir ko’rsatadigan o’ziga xos omillar 
    mavjud.
    Kasbga yo’naltirish nazariyasining ikkinchi tarkibiy qismi - qonuniyatlardir. 
    Qonuniyatlarni bilish ilmiy tadqiqotning asosini tashkil etadi. Topilgan 
    qonuniyatlar fanning maxsus tilida kasb-hunarga yo’naltirish tushunchasini boshqa 
    fanlarga oid tushunchalar bilan o’zaro aloqadorligini ma`lum aniqlikda ifodalaydi. 
    Har bir nazariyaning rivojlanganlik darajasi faoliyat asosidagi mavjud 
    tamoyillar tarkibi va sifati bilan aniqlanadi. Kasbga yo’naltirish tamoyillarini 
    belgilashda quyidagilarga e`tibor qaratiladi: 
    - onglilik; 
    - muvofiqlik (shaxs qiziqishlari qonuniyatlari bilan jamiyat uchun zarur 
    bo’lgan kasblarga nisbatan ehtiyojning mos kelishi);
    - kasb tanlash faolligi; 
    - rivojlantirish (ushbu tamoyil kasbning shaxs rivojlanishiga xizmat qilishi 
    lozimligi haqidagi g`oyani o’zida aks ettiradi). 
    SHuningdek, kasb-hunarga yo’naltirishda boshqa bir qator tamoyillar guruhi 
    ham mavjudki, ular umumpedagogik tamoyillar bilan uzviy aloqada ifodalanadi. 
    Bular quyidagilardan iborat: 
    - kasb-hunarga yo’naltirishning hayot bilan, mehnat va amaliyot bilan 
    bog`liqligi; 
    - kasb-hunarga yo’naltirishning yoshlar mehnat tayyorgarligi bilan 
    bog`liqligi; 
    - mehnat ta`limi va tarbiyasining yaxshi yo’lga qo’yilishi; bunda 
    o’quvchilarning texnikaviy ijodkorligini tashkil etish, ularning ijtimoiy 
    foydali, unumli mehnatidan mohirlik bilan foydalanish kerak.

    Download 1,3 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ызбекистон республикаси

    Download 1,3 Mb.
    Pdf ko'rish