D. Kasbiy-pedagogik bilimdonlik qanday komponenti bilan tavsiflanadi?




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/39
Sana25.11.2023
Hajmi1,3 Mb.
#105188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39
Bog'liq
касб й и п а укув кулланма (восстановлен)

D. Kasbiy-pedagogik bilimdonlik qanday komponenti bilan tavsiflanadi? 
A) SHaxsga, insonga yo’nalganlik; pedagogik voqeolikni izchil idrok etashi; 
fan sohasiga yo’nalganlik; pedagogik texnologiyalarni egallash. 
B) Pedagogik voqeolikni izchil idrok etashi; fan sohasiga yo’nalganlik; 
pedagogik texnologiyalarni egallash. 
C) SHaxsga, insonga yo’nalganlik; fan sohasiga yo’nalganlik; pedagogik 
texnologiyalarni egallash. 
D) SHaxsga, insonga yo’nalganlik; pedagogik voqeolikni izchil idrok etashi; 
fan sohasiga yo’nalganlik. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


45 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
§ 4. KASBGA YO’NALTIRISH ISHLARINING TIPLARI HAMDA 
TASHKILIY SHAKLLARI 
 
Hozirgi vaqtda har bir maktab va kasb-hunar kollejlarida o’quvchilarni kasbga 
yo’naltirish bo’yicha xonalar va burchaklar tashkil qilingan. Bularning ishida 
o’qituvchilar, shifokorlar, turli kasbdagi mutaxassislar, kasb-hunar kollejlari, 
jamoa xo’jaliklari, davlat korxonalari qatnashadilar. 
Tumanlar va shaharlardagi kasbga yo’naltiruvchi kabinetlar korxonalarda
qurilishlarda, jamoa xo’jaliklarida kasb haqida maslahat beruvchi punktlarning 
faoliyati metodik rahbarlikni amalga oshiradi, maslahatlar beradi va ma`lumot 
sifatida ahborot ishlarini olib boradi. 
Umumiy o’rta ta`lim maktablari 9-sinf bitiruvchilari akademik litsey va 
kasb-hunar kollejlarida ixtiyoriy majburiy ta`limni davom ettirishadi. Xuddi shu 
jarayonda kasb-hunarga yo’naltirish tizimining ahamiyati ortadi. Agar 
kasb-hunarga yo’naltirish ishlari samarali tashkil etilmagan bo’lsa, 9-sinf 
bitiruvchilarining akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida soha yo’nalishlarini 
tanlashlarida muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Ular quyidagilardan iborat: 
- ba`zi obro’li, zamonaviy kasblarga tanlov nihoyatda katta bo’ladi, ba`zi 
kollejlarda o’quvchilar soni etarli bo’lmasligi mumkin; 


46 
- iqtisod, huquq bilan bog`liq soha yo’nalishidagi kollejlarga yoshlar 
ko’proq qiziqadilar, noyob, fundamental fanlar o’qitiladigan soha yo’nalishlarida 
esa oz sonli o’quvchilargina o’qishni xohlaydilar; 
- o’quvchilarning o’zlari ham, ota-onalari ham ta`lim olishni akademik 
litseyda davom ettirishni istaydilar, ammo bilim, individual, psixofiziologik 
xususiyatlar hisobga olinmaydi va h.k. 
YUqorida qayd etilgan muammoli vaziyatlar vujudga kelmasligi uchun 
kasb-hunarga yo’naltirish ishlarini yaxshi yo’lga qo’yish zarur. Bunday holatda 
turli kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pedagogik tashhis markazlari 
xodimlari, maktab o’qituvchilari, psixologlar, kasb-hunar kollejlari rahbarlari va 
o’qituvchilarning kasb-hunarga yo’naltirish sohasi bo’yicha faoliyatlarini 
uyg`unlashtirish hamda faollashtirish ehtiyoji vujudga keladi. 

Download 1,3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   39




Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



D. Kasbiy-pedagogik bilimdonlik qanday komponenti bilan tavsiflanadi?

Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish