• Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar
  • Mavzu 2. Turizmda marketing konsepsiyasi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi




    Download 414,67 Kb.
    bet6/89
    Sana09.01.2024
    Hajmi414,67 Kb.
    #133091
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
    Bog'liq
    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi s-fayllar.org

    Tayanch iboralar: Turizm marketingi, marketing funksiyalari, mahsulot turlanishi, bozor ulushi, turistik korxona, xizmatlar, bozorni kengaytirish, marketing tadqiqotlari, marketing konsepsiyasi, xizmatlar rentabelligi, iste’molchi, analitik, boshqarish, bozor imkoniyatlari tahlili, uzoq muddatli maqsadli bozorni tanlash, marketing strategiyasi.
    Mustaqil nazorat qilish uchun topshiriq va savollar:

    1. «Turizm marketingi» fanning maqsadlari nimalardan iborat?


    2. «Turizm marketingi» fanning vazifalari nimalardan iborat?


    3. Marketing funksiyalari nimalardan iborat?


    4. Mahsulot turlanishi nima?


    5. Iste’molchilar kimlar?


    6. Uzoq muddatli maqsadli bozor qanday tanlanadi?


    7. O‘zbekistonda turizm marktetingidan foydalanish va uning samarali rivojlanishni ta’minlash uchun qanday shart-sharoitlar talab qilinadi?





    Mavzu 2. Turizmda marketing konsepsiyasi
    Reja:
    2.1. Turizmda marketing konsepsiyasi
    2.2. Turizmda marketingning mazmun va mohiyati.
    2.3. Turistik korxonalarida marketing strategiyasi.



      1. Turizmda marketing konsepsiyasi

    Marketing o‘zining asosiy tavsiflari bilan xo‘jalik faoliyatining boshqa shakllaridan unchalik farq qilmaydi. Shuning uchun ham turizmda zamonaviy marketingning barcha muhim qoidalari qo‘llanilishi mumkin.



    Shu bilan birga turizmda uni faqat tovarlar sotuvida emas, balki xizmatlar savdosining boshqa shakllaridan ajratadigan o‘ziga xos alohidaligi mavjud. Bu yerda xizmatlar savdosi bilan birga tovarlar savdosi (mutaxassislarning baholashi bo‘yicha turizmda xizmatlar ulushi 75 % ni, tovarlar ulushi 25 % ni tashkil etadi) hamda ishlab chiqaradigan joyda turistik xizmatlar va tovarlarning iste’mol qilinishida alohida ahamiyatga ega bo‘lib, aniq vaziyatda o‘ziga xos o‘rin tutadi.
    Mehnatning aniq natijasi (moddiy-buyumlashgan shakldagi tovar)ga ega bo‘lgan an’anaviy ishlab chiqarishda marketing tushunchasi aniqroq ahamiyatga egadir. Turizmdagi faoliyatning natijasi turistik mahsulotdir. Turistik mahsulot o‘z ma’nosi bilan bu turistlarning u yoki bu ehtiyojlarini qondiradigan va ularning to‘loviga bog‘liq bo‘lgan har qanday xizmatdir. Turistik xizmatlarga mehmonxona, transport, sayrgoh, tarjima, maishiy, kommunal, dallolchilik va boshqa xizmatlar kiradi. Ayni vaqtning o‘zida «turistik mahsulot»ni tor va keng ma’noda ko‘rib chiqish mumkin. Tor ma’nodagi turistik mahsulot bu turizm industriyasining (sohaning) har bitta aniq tarmoqda (masalan, mehmonxona xizmati, tur-operatorning tur. mahsuloti, transport korxonasi mahsuloti va h.k.)gi xizmatlari. Keng ma’nodagi muristik mahsulot bu turistik sayohatni (tur)ni yoki u bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan birlikni tashkil etuvchi tovar va xizmatlar majmuasidir.
    Majmuali xizmat, ya’ni turistlarga yagona «paketda» sotiladigan xizmatlarning standart yig‘imi asosiy turistik mahsulotni tashkil qiladi.
    Chet elda standart yig‘imlari yoki xizmatlar paketi asosida sotiladigan turistik sayohatlar odatda, pekidj-tur deb ataladi. Ular ko‘pgina turistik firmalarning faoliyatida bosh vosita bo‘lib hisoblanadi. Aytib o‘tish kerakki, pekidj-turga bo‘lgan talab darajasi mamlakatlar orasida farqlanadi. Ular ulushi barcha sayohatlar ichida 38 % gacha bo‘lgan Belgiya, Germaniya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Daniya kabi mamlakatlarda eng katta e’tiborga sazovor. Gresiya, Ispaniya, Italiyada pekidj-turlarga bo‘lgan talab darajasi 30 % ni ham tashkil qilmaydi.
    Turistik xizmatlarning umumiy tavsiflari bir qatorda o‘ziga xos farqlarni ham kiritish kerak.
    Birinchidan, bu xilma-xil komponentlar orasida uzviy munosabatlarning murakkab tizimi bilan tavsiflanadigan xizmat va tovarlar (moddiy va nomoddiy komponentlar)ning majmuasi.
    Ikkinchidan, turistik xizmatlarga bo‘lgan talab daromad va baholar darajasiga nisbatan juda sezgir, ammo ko‘p hollarda siyosiy va ijtimoiy sharoitlarga ham bog‘liqdir.
    Uchinchidan, iste’molchi, odatda turmahsulotni iste’mol qilishdan oldin uni tasavvur qilolmaydi. Ko‘pgina hollarda iste’mol o‘zi turxizmatni yaratgan joyda amalga oshiriladi.
    To‘rtinchidan, iste’molchi mahsulotni iste’mol qiladigan joyga yetib borish uchun ma’lum masofani bosib o‘tishi kerak.
    Beshinchidan, turmahsulot atrof-muhit va vaqt kabi o‘zgarishlarga bog‘liq bo‘ladi. U talabning tebranishi bilan tavsiflanadi.
    Oltinchidan, turistik xizmatlarning taklifi egiluvchan bo‘lmagan ishlab chiqarishdan farq qiladi. Ular bevosita faqat ma’lum joyda iste’mol qilinadi.
    Mehmonxona, tayyoragoh (aeroport), dam olish maskanlari mavsum oxirida boshqa mintaqaga ko‘chirilmaydi. Ular talab o‘zgarishi bilan vaqt va atrof-muhitga moslasha olmaydi.
    Yettinchidan, turistik mahsulot ko‘pgina korxonalar harajatlari bilan yaratiladi. Ulardan har bittasi ishning o‘ziga xos mehnat usullari, maxsus ehtiyojlari va xilma-xil tijorat maqsadlariga egadir.
    Sakkizinchidan, turistik xizmatlarning mayda kamchiliklari mavjud bo‘lgan holda, yuqori sifati ta’minlanmaydi. Chunki turistlarga xizmat ko‘rsatish xuddi shu ayda-chuyda va kichik detallardan iborat bo‘ladi.
    To‘qqizinchidan, turistik xizmatlar sifatiga baho berish sub’ektiv fikrlarga bog‘liq bo‘lib, iste’molchining sotib olinadigan xizmatlar paketi bahosiga bevosita aloqasi bo‘lmagan shaxslar (masalan, mahalliy fuqarolar, turistik guruhlarning a’zolari) katta ta’sir ko‘rsatadilar.
    O‘ninchidan, turistik xizmatlarning sifatiga fors-major (kutilmagan holat) tavsifiga ega bo‘lgan tashqi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi (tabiiy sharoit, ob-havo, turizm sohasidagi siyosat, xalqaro vaziyat va h.k.).



    Download 414,67 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




    Download 414,67 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand iqtisodiyot va servis instituti xalqaro turizm va turizm servisi kafedrasi Usmanova Z. I. Turizm marketingi

    Download 414,67 Kb.