3
Kirish
Inson iste’mol qilgan taomlari hisobidan o‘nadi, o‘sadi va ijtimoiy faoliyat
ko‘rsatadi. Uning sog‘lig‘i va umri iste’mol qilinadigan taom va boshqa mahsulotlar
sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham ularning sifatiga katta ahamiyat
beriladi. Barcha rivojlangan mamlakatlarning tajribasi shuni ko‘rsatadiki, mahsulot,
shu
jumladan
oziq-ovqat
mahsulotlari,
sifati
faqat
standartlashtirish,
sertifikatlashtirish va uni boshqarish faoliyatini o‘zluksiz o‘tkazish
orqali
ta’minlanadi. Mahsulot sifatini ta’minlashga uning sifat va gigienik ko‘rsatkichlarini
me’yorlashtirish va ma’lum bir miqdorlarda chegaralash orqali erishiladi.
Bugungi kunda dunyo mamlakatlari halqlari o‘zaro hamkorliksiz yashashlari
qiyin, chunki bir mamlakat o‘zida etishmaydigan mahsulotlarni boshqalaridan olsa,
boshqalari esa o‘zida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning oshiqcha qismini boshqa
mamlakatlarga sotadi. Bundan tashqari bir mamlakatda erishilgan fan,
texnika va
ilg‘or tajriba yutuqlaridan dunyoning barcha mamlakatlari ham manfaatdor bo‘ladi.
Demak, dunyo mamlakatlari o‘rtasida xalqaro savdo-sotiq ishlari, ilmiy texnikaviy
hamkorlik mavjud bo‘ladi va bundan keyin ham davom etadi. Mamlakatlar
hamkorligida xalqaro bozorga chiqariladigan mahsulot va xizmatning sifati o‘ta
katta ahamiyatga ega, chunki xalqaro bozor raqobatida faqat yuqori sifatli va narxi
nisbatan past mahsulot yutib chiqadi.
Ichki bozorda va mamlakatlar o‘rtasida savdo-sotiq
ishlarini amalga
oshirishda hamda ilmiy-texnikaviy hamkorlik qilishda mahsulot yoki xizmatning
sifati bilan bog‘liq texnikaviy to‘siqlar va muammolar kelib chiqishi mumkin.
Mahsulot sifati bilan bog‘liq texnikaviy to‘siqlar
va muammolar uning sifat va
gigienik ko‘rsatkichlarini xalqaro, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning
standartlari va bugungi kundagi ichki va tashqi
bozor talablari bilan
uyg‘unlashtirilgan standartlar hamda mahsulot sifati bilan bog‘liq boshqa me’yoriy
hujjatlarni amalga kiritish orqali bartaraf qilinadi.
Standartlashtirish, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish iqtisodiy
rivojlangan davlatlar qatoriga qo‘shilishga intilayotgan hamda xom ashyo bazasidan
tayyor mahsulot ishlab chiqaradigan mamlakatga aylanishga
harakat qilayotgan
O‘zbekiston Respublikasi uchun katta ahamiyatga ega. Uning jahon bozorida va
iqtisodiy hamkorlikda o‘ziga loyiq joyni egallashi
uchun barcha sharoitlari
(resurslari, qulay iqlim sharoiti va moddiy-texnikaviy bazasi) mavjud.