8
— O‘zbekiston rahbariy hujjati – O‘z RH
— Tavsiyalar– O‘z T
Tarmoqlar bo‘yicha yuritiladigan me’yoriy hujjatlar:
Tarmoq tashkilotlar
tomonidan tasdiqlanadi.
— Tarmoq standarti – TSt
— Tarmoq klassifikatori – TT
— Norma va qoidalar –*)
— Rahbariy hujjat – RH
— Tavsiyanomalar – T
Ma’muriy-hududiy me’yoriy hujjatlar:
Viloyat hokimlari tomonidan
tasdiqlanadi.
— Ma’muriy-hududiy standart – MHSt
Korxona bo‘yicha me’yoriy hujjatlar:
Korxona rahbarlari tomonidan
tasdiqlanadi.
—Texnik shartlar – TSh
—Korxona standarti – KSt
Standartlashtirish tub mohiyati bilan ishlab chiqarishni tashkil etishning eng
samarador formalari haqidagi fandir.
Standartlashtirish iqtisod, texnologiya va fundamental fanlar singari asosiy
yo‘nalishlarni bir-biriga bog‘lovchi vosita hamdir.
Ko‘pgina texnika jihatidan ilg‘or mamlakatlarda standartlashtirish
masalalariga o‘suvchi qiziqish qayd qilinmoqda, uning asosi bo‘lgan
standartlashtirishning nazariyasiga ham katta e’tibor berilmoqda.
Standartlashtirishni texnika taraqqiyotida, ishlab chiqarishda eng ratsional
joriy qilish, mahsulot sifatini yaxshilash, mehnat harajatlarini va moddiy resurslarni
ta’sirchan vositalaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.
1993 yilning 28 dekabrida metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha qabul
qilingan qonunlar bilan bir qatorda "Standartlashtirish to‘g‘risida" qonun ham qabul
qilindi. Bu qonun respublikamizda standartlashtirish sohasi va standartlashtirish
tizimi uchun asosiy hujjat hisoblanadi.