• 5-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Meva sabzavotlarning sifat ko‘rsatkichlari aniqlash usullari Mashg‘ulotning maqsadi
  • O‘lchov uslubi.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/60
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #274164
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60
    Bog'liq
    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

    O‘zlashtirish uchun savollar: 
    1.
    Donning asosiy sifat ko‘rsatkichlariga nimalar kiradi? 
    2.
    Don sifati organoleptik usulda qanday aniqlanadi. 
    3.
    Donning ranggi, hidi va ta’mi qanday bo‘lishi kerak. 
    4.
    Nima uchun hid sog‘lom donda ham aniqlanadi? 
    5.
    Butun va maydalangan donlarning sifat ko‘rsatkichlarini organoleptik 
    baholashning qanday o‘ziga xos xususiyatlari mavjud? 
    5-amaliy mashg‘ulot 
    Mavzu: Meva sabzavotlarning sifat ko‘rsatkichlari aniqlash usullari 
     
    Mashg‘ulotning maqsadi: 
    talabalarga mahsulot sifat ko‘rsatkichlarini 
    aniqlashni o‘rganishdan iborat. 
    Hozirgi kunda qishloq xo‘jaligi mahsuloti sifatini aniqlashning o‘lchov 
    (laboratoriya), ro‘yxatga olish, hisob-kitob, organoleptik, satsiologik, ekspert
    uslublari mavjud. 
    O‘lchov uslubi. 
    Ko‘rsatkichlarni asboblar yordamida o‘lchash va tahlil 
    qilishga asoslangan bo‘lib, miqdoriy ko‘rsatkichlardan foydalanadi. O‘lchov 
    uslublari fizik, kimyoviy, kimyoviy-fizik, mikroskopik, biologik, fiziologik va 
    texnologik uslublarga ajratiladi. 
    Fizik uslublar mahsulotning fizik xossalariga asoslanadi. Fizik uslublarga 
    polyarimetrik, refraktometrik, reologik, dielektrik uslublar kiritiladi. Polyarimetrik 
    uslubdan optik faol moddalar (saxaroza, glyukoza, fruktoza)ni miqdoriy aniqlashda 
    foydalaniladi. Eriydigan quruq moddalar, shakar va yog‘ni aniqlashda 
    refraktometrik uslublardan foydalaniladi. 
    Refraktometrik 
    uslub 
    oziq-ovqat 
    mahsulotining 
    tarkibiy-mexanik 
    xususiyatlarini aniqlash, donning me’yorlarini, cho‘zinchoqligi, yirikligi, to‘laligi, 
    puchligi, tekisligi, yaltiroqligi va naturasini aniqlash, to‘kiluvchanlikni, 
    g‘alviraklikni, tola massasi hajmini, uning mexanik xususiyatlari (pishiqlik va 
    moslashuvchanlik) ni aniqlash maqsadida qo‘llanadi. 
    Dielektrik uslub bilan namlik aniqlanadi. 
    Kimyoviy uslublardan qishloq xo‘jaligi mahsulotining kimyoviy tarkibini, 
    ya’ni shakar, kraxmal, biriktiruvchi to‘qimalar, yog‘, azot birikmalari, mineral 
    elementlar, vitaminlar, suv va boshqa kimyoviy vositalarni aniqlashda foydalaniladi. 
    Fizik-kimyoviy uslublar qishloq xo‘jaligi mahsuloti sifatini aniqlashga 
    ko‘maklashadi: bular – xromatograf (xushbo‘y va bo‘yoq moddalar tabiati va 
    miqdorini, oqsillardagi aminokislota tarkibini, ayrim organik kislotalar mavjudligini 
    aniqlash), potensiometrik (LPU-1 potensiometr yordamida tadqiq qilinayotgan 


    19 
    eritmada vodorod ionlari yo‘nalishini va boshqalarni aniqlash), konduktometrik 
    (eritmaning elektr o‘tkazuvchanligini tadqiq qilish), kolorimetrik (eritmada 
    yorug‘likni yutish bo‘yicha moddalar to‘planishini aniqlash), shuningdek, bu uslub 
    vositasida meva va rezavorlardagi vitaminlar tarkibi aniqlanadi. 
    Biologik uslublardan laboratoriya va yerdagi unuvchanlik, shuningdek, 
    mahsulotlarda toksik moddalar mavjudligi, mahsulotlarga mikroorganizmlarning 
    aralashganligi va ularning tur tarkibi, kuya zamburug‘lari sporalarini aniqlashda 
    foydalaniladi.

    Download 1,58 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   60




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o

    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish