• Umumtexnikaviy standartlar
  • O‘zlashtirish uchun savollar
  • 3-amaliy mashg‘ulot Mavzu: Standartlarni turlari, tasnifi va ularning mohiyati Mashg‘ulotning maqsadi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet11/60
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #274164
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
    Bog'liq
    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

    Asos bo‘luvchi standartlar
    tashkiliy-texnikaviy jarayonlarning bajarilishi, 
    ishlab chiqish, ishlab chiqarish va mahsulotni qo‘llash jarayonlari tartibini 
    (qoidalarini), shuningdek faoliyatning muayyan sohasida ishlarni tashkil etishning 
    asosiy (umumiy) qoidalarini belgilaydi.
    Umumtexnikaviy standartlar
    mahsulotning texnikaviy jihatdan bir-biriga 
    mos bo‘lishini va o‘zaro almashuvini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqish, 
    ishlab chiqarish va mahsulotni qo‘llashning umumtexnikaviy talablarini, 
    shuningdek mehnat havfsizligi, atrof-muhitni (ekologiya) zararli ta’sirlardan 
    (shovqin, tebranish va boshqalardan) himoya qilish, namunaviy texnologik 
    jarayonlar, mahsulot sifatini nazorat qilish (sinash) usullari, hujjatlarni 
    birxillashtirish talablarini belgilaydi.
    O‘zbekiston Respublikasi standartlari va texnikaviy shartlarini ishlab chiqish, 


    12 
    odatda har bir manfaatdor korxona va tashkilotning muxtor vakili bo‘lgan 
    mutaxassislardan tashkil topgan texnikaviy qo‘mitalar (TQ) kuchi bilan yoki 
    standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
    O‘zlashtirish uchun savollar: 
    1.
    Standartlashtirish davlat tizimi nima? 
    2.
    Standartlashtirish jarayonining bosqichlari. 
    3.
    Standartlashtirish davlat tizimidagi asos bo‘luvchi standartlarga misollar 
    keltiring. 
    4.
    Standart toifasi deganda nimani tushunasiz? 
    5.
    Respublikamizda amal qiluvchi standart toifalarini sanab bering. 
    3-amaliy mashg‘ulot 
    Mavzu: Standartlarni turlari, tasnifi va ularning mohiyati
    Mashg‘ulotning maqsadi: 
    talabalarga standartlashtirish ob’ektlariga 
    qo‘yiladigan talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlarning quyidagi toifalari 
    ma’lumotlar berish.
     
    O‘zbekiston 
    Respublikasi 
    hududida 
    standartlashtirish 
    ob’ektlariga 
    qo‘yiladigan talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlarning quyidagi toifalari amal 
    qiladi: 

    Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar; 

    O‘zbekiston Respublikasining standartlari; 

    Tarmoq standartlari; 

    Texnikaviy shartlari; 

    Korxona standartlari; 

    Xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari.

    Download 1,58 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o

    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish