• Davlatlararo standart "GOST"
  • Korxona standarti
  • Rahbariy hujjat
  • Texnikaviy shartlar (O‘ZTSH)
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/60
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #274164
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60
    Bog'liq
    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

    Xalqaro standart
    - bu standartlashtirish bilan (standartlashtirish bo‘yicha) 
    shug‘ullanadigan xalqaro tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning 
    keng doirasiga yaroqli bo‘lgan standartdir.
    Mintaqaviy standart
    esa, standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan 
    mintaqaviy tashkilot tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga 
    yaroqli bo‘lgan hujjatdir.
    Davlatlararo standart "GOST"
    - bu standartlashtirish, metrologiya va 
    sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash tomonidan qabul qilingan, 
    bajarilishi shart bo‘lgan hujjatdir.
    Milliy standart
    - bu standartlashtirish bilan shug‘ullanadigan milliy idora 
    tomonidan qabul qilingan va iste’molchilarning keng doirasiga yaroqli bo‘lgan 
    standartdir.
    Korxona standarti
    - bu mahsulotga, xizmatga yoki jarayonga korxonaning 
    tashabbusi bilan ishlab chiqiladigan va uning tomonidan tasdiqlangan hujjatdir.
    Standartlarni qo‘llashda turli usullar mavjud. Bir mamlakat doirasida 
    standartlar yangidan yaratilishi mumkin hamda xalqaro, mintaqaviy va davlatlararo 


    13 
    standartlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llanishi ham mumkin.
    Standartlardan 
    tashqari 
    rahbariy 
    hujjatlar, 
    texnikaviy 
    shartlar, 
    standartlashtirish bo‘yicha tavsiyanomalar, yo‘riqnomalar (qoidalar) ham 
    mavjuddir.
    Rahbariy hujjat
    deganda standartlashtirish idoralarining va xizmatlarning 
    vazifalarini, burchlarini va huquqlarini, ularning ishlari yoki ishlarining ayrim 
    bosqichlarini bajarish usullari, tartibini va mazmunini belgilaydigan me’yoriy hujjat 
    tushuniladi.
    Texnikaviy shartlar (O‘ZTSH)
    - bu buyurtmachi bilan kelishilgan holda, 
    ishlab chiqaruvchi tomonidan yoki buyurtmachi tomonidan tasdiqlangan aniq 
    mahsulotga (xizmatga) bo‘lgan texnikaviy talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatdir.

    Download 1,58 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o

    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish