15
don zaxiralarining zararkunandalar tomonidan zararlangani), toifalar (don
naturasiga qarab), guruhlar (kleykovina bo‘yicha) va shu kabilar bilan tavsiflanadi.
Ayrim standartlarda sifatning turli ko‘rsatkichlari klasslarga birlashtirilgan.
Birinchi klassga sifatning klassga kiradigan barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng
yaxshi me’yorlariga ega maxsulotlar kiradi. Shuningdek, hatto past klass talablariga
ham javob bermaydigan mahsulotlar ham nazarda tutiladi.
Standartning maqsadiga qarab unda sifatning asosiy (bazisli) va yo‘l
qo‘yiladigan past (cheklovchi) me’yorlari berilishi mumkin.
Standartlar ushbu mahsulotni baholashda qo‘llaniladigan sifat sinovlari
uslublari, shuningdek, uni saqlash va tashish shartlari xaqidagi kichik bo‘limlar
(havola tarzida) bilan yakunlanadi.
Standartlashda sifatni baholash uslublari alohida o‘rin tutadi. Tovarlar sifatini
me’yorlashtirish ular sifatini belgilashning ham standart uslublarini talab qiladi.
Xom ashyo va tayyor mahsulotlarni baholash ularning iste’molchiga etkaziladigan
turli bosqichlarida amalga oshiriladi. Binobarin, faqat bir xildagi standartlarni
qo‘llash bilan tovarni u yoki boshqa sifat guruhiga kiritishda xatoning oldini olish
va uning uchun hisob-kitob qilishda to‘g‘ri yondashuvga ega bo‘lishi mumkin.