• Hisob kitob uslubi
  • Organoleptik uslub
  • Satsiologik uslub
  • Ekspert uslubi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/60
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #274164
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60
    Bog'liq
    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

    Ro‘yxatga olish uslubi.
    Bu usluborqali muayyan hodisalar, narsalar yoki 
    harajatlarni ko‘zatib va hisobga olib boriladi. Ro‘yxatga olish uslubi muayyan 
    hodisalarni hisobga olish (masalan, sinovlar vaqtida buyumning ishdan chiqishi, 
    turkumdagi no‘qsonli buyumlar miqdori) bo‘yicha olingan axborotlarga asoslanadi. 
    Hisob kitob uslubi:
    Bu uslubga ko‘ra mahsulot sifati ko‘rsatkichlari uning 
    parametrlariga nazariy va (yoki) empirik bog‘lanishidan foydalanish asosida amalga 
    oshiriladi. Hisob-kitob uslubida mahsulot sifati ko‘rsatkichlari boshqa uslublar 
    vositasida olingan parametrlar qiymatidan foydalanilgan hisoblashlar yordamida 
    aniqlanadi (bashorat qilinadi). 
    Organoleptik uslub:
    Bu mahsulot sifati ko‘rsatkichlari qiymatini ko‘rish, 
    hid bilish, eshitish, sezish, ta’m bilish orqali aniqlash uslubidir. Bu uslub vositasida 
    mahsulotning tashqi ko‘rinishi, ta’mi, hidi, rangi (tusi), tarkibi, konsistensiyasi, 
    maydalanish darajasi aniqlanadi. Uslub oddiy va ko‘p vaqt talab etmaydi. Uslubning 
    kamchiligi – kishilar fiziologik xususiyatlariga bog‘liq bo‘lgan subyektivlikdir. 
    Baholash natijalari baholovchilarning tajribalariga, qobiliyatlariga, mahoratlariga, 
    degustasiya shart-sharoitlari va texnikasiga bog‘liq bo‘ladi. 
    Satsiologik uslub:
    Bu uslub mahsulot sifati ko‘rsatkichlari qiymatini 
    mahsulotning haqiqiy yoki nazarda tutilgan iste’molchilar fikrini to‘plash va tahlil 
    qilish asosida aniqlashni nazarda tutadi. Sasiologik uslubda iste’molchilar fikrini 
    jamlash og‘zaki so‘rovlar yoki maxsus anketa – so‘rovnomalarni tarqatish, 
    konferensiyalar, kengashlar, ko‘rgazmalar, degustasiyalar o‘tkazish orqali amalga 
    oshiriladi. 
    Uning yordamida olinadigan ma’lumotlar ko‘p qirraligini va to‘g‘ri to‘zilgan 
    so‘rov natijalarining bog‘liqligini, shuningdek, iste’molchilar bilan takroriy 
    munosabat usullarini hisobga olganda sasiologik uslub katta tashkiliy va tahliliy 
    ishlarni talab etadi. 
    Ekspert uslubi:
    Bu uslubga ko‘ra mutaxassis-ekspertlar guruhining 
    mahsulot sifati to‘g‘risidagi xulosalari ishlab chiqiladi. Boshqa, ancha obyektiv 
    uslublar (o‘lchov, texnologik, fizik-kimyoviy kabilar) samarasiz bo‘lganda yoki 
    vaziyat taqozosi bilan rad etilganda ekspert uslubiga murojaat qilinadi. 
    Ekspert uslubidan mahsulot sifatini organoleptik uslub vositasida aniqlashda, 
    shuningdek, mahsulot sifatini attestasiyadan o‘tkazishda foydalaniladi. 

    Download 1,58 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o

    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish