• O‘zlashtirish uchun savollar.
  • 10- amaliy mashg‘ulot Mavzu: Asal va asal turlari Mashg‘ulotning maqsadi
  • Go‘sht sifatiga qo‘yiladigan talablar




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/60
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #274164
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60
    Bog'liq
    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

    Go‘sht sifatiga qo‘yiladigan talablar. 
    Savdoga keltirilgan go‘sht to‘g‘ri 
    ishlov berilgan, buzilmagan, nuqsonsiz va tamg‘a urilgan bo‘lishi kerak. Qoni qotib 
    qolgan, ifloslangan, zararlangan, bo‘yin qismi qorayib qolgan, semizligi bo‘yicha 
    kategoriyasiga to‘g‘ri kelmaydigan, qayta muzlatilgan, noto‘g‘ri arralangan nimta 
    va yarim nimtalar savdoga qabul qilinmaydi. Savdoga keltiriladigan hamma 
    go‘shtlar yangi bo‘lishi kerak. Go‘shtni yangiligini organoleptik, kimyoviy, 
    mikroskopik va gistologik tekshirishlar orqali aniqlanadi. Organoleptik baholash 
    orqali yaroqsiz deb topilgan go‘shtni boshqa usullar bilan tekshirilmaydi. 
    Organoleptik baholashda go‘shtni tashqi ko‘rinishi va rangi, konsistensiyasi, 
    hidi, yog‘ini holati, sho‘rvani sifatining rangi, tiniqligi va hidi bo‘yicha aniqlanadi. 
    Кimyoviy tekshirishlar orqali uchuvchi yog‘ kislotalarini, sho‘rvada oqsilni 
    birlamchi chiquvchi mahsuli aniqlanadi. 
    Mikroskopik tekshirishlar yordamida ko‘klar va tayoqchalarning miqdori, 
    muskul to‘qimasining parvalanish darajasi aniqlanadi. Qo‘shimcha gistologik usul 
    bilan go‘shtni yangiligini, etilganlik darajasini, uzoq vaqt saqlashga va tashishga 
    yaroqliligi tekshiriladi.
    O‘zlashtirish uchun savollar. 
    1. Go‘shtning kimyoviy tarkibi va ovqatlik qiymatining qanday xususiyatlari 
    bor? 
    2. Go‘shtning asosiy turlari qanday belgilarga qarab turkumlanadi? 
    3. Go‘sht sifatiga qo‘yiladigan talablar 


    31 
    10- amaliy mashg‘ulot 
    Mavzu: Asal va asal turlari 
     
    Mashg‘ulotning maqsadi:
    Asal va asal turlari, asal va uning kelib 
    chiqishi, aslning sifatini baholash, asalni saqlash va qadoqlashni o’rgatishdan iborat.
     
    Asal va uning kelib chiqish. 
     
    Asal tarkibida 100 dan ortiq inson 
    organizmi uchun zarur bo‘lgan moddalar bor. Shu sababli asal imunitetni 
    kuchaytiradi, gemoglobin miqdorini oshiradi, turli kasalliklarga bo‘lgan 
    kurashuvchanlikni oshiradi. Asalning kimyoviy tarkibi 75%gacha oddiy qand, 1,9% 
    saxaroza, 5,2% dekstrin, 0,4% oqsil moddasi, 0,1% organik kislotalar, 0,35%gacha 
    mineral moddalar, 16% suv. Bulardan tashqari asal tarkibida vitaminlar, garmonlar, 
    fermentlar va boshqa mineral moddalar bor. Asalning qiymatini va sifatini 
    belgilovchi moddalar biologik aktiv moddalardir. Asalning sifatini soxtalashtirishda 
    kraxmal, qand sharbati, suv, un va daraxt qipig‘i qo‘shilishi mumkin.
    Asal tabiiy va sun’iy bo‘ladi. Tabiiy asal-bu gul nektari yoki gullamaydigan 
    daraxt shirasini asalarilar tomonidan qayta ishlangan mahsulotdir. Asalni 
    to‘yimliligi yuqori, shifobaxsh xususiyatlari bor. Asal inson a’zosida yaxshi hazm 
    bo‘ladi (99%), quvvat qiymati 1289 kJni tashkil qiladi, biologik qimmati ko‘pgina 
    vitaminlar, mineral moddalar borligi bilan, fiziologik qimmati esa aktiv fermentlar 
    va bakterisid moddalarning borligi bilan xarakterlanadi. Asal tarkibida 79% quruq 
    modda bo‘ladi. Quruq modda tarkibiga 70 ga yaqin har xil moddalar kiradi. Asal 
    tarkibiga quyidagilar kiradi: suv 17-21, uglevodlar 75 (asosan glyukoza, fruktoza, 
    ozroq saxaroza); organik (olma, limon, sut va hokazolar) kislotalar; oqsil moddalar: 
    xushbo‘y va bo‘yovchi moddalar, vitaminlar (V
    1
    , V
    2
    , V
    3
    , V
    6
    , N, К, S, R, RR); 
    fermentlar. 

    Download 1,58 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   60




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish