32
to‘q-jigarranggacha, mazasi shirin, begona maza aralashmagan bo‘lishi kerak.
Tarkibidagi suvi ko‘pi bilan 21%, redusirlangan qand (glyukoza va fruktoza)-
kamida 79% (quruq modda ichida), saxaroza ko‘pi bilan 7% (quruq modda ichida)
bo‘lishi kerak. Diastaz soni amililotik fermentlar aktivligini (1
g quruq modda
hisobidagi asalga 5 mm 1% li kraxmal eritmasi) xarakterlaydi.
Sun’iy asal oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqariladi. Sun’iy asal
quyuq qiyomga o‘xshash mahsulot. Sun’iy asalni saxaroza eritmasigi ovqat
kislotasini qo‘shib qizdirib (bunda saxaroza gidrolizga uchrab glyukoza va fruktoza
hosil bo‘ladi), so‘ng unga asal essensiyasi yoki qisman tabiiy asal qo‘shiladi. Sun’iy
asal tarkibida 20% suv, 30%
gacha saxaroza, 50% gacha glyukoza va fruktoza
bo‘ladi. Sun’iy asal quvvatliligi bo‘yicha tabiiy asalga yaqin bo‘lsa ham, ozuqalik
qimmati ancha kam, chunki unda vitaminlar, fermentlar, antimikrob, bakterisid va
mineral moddalar yo‘q.