• Go‘shtning semizlik kategoriyalari.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/60
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #274164
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60
    Bog'liq
    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

     
    9-amaliy mashg‘ulot 
    Mavzu: Go‘sht va go‘sht mahsulotlari sifatini boshqarish
     
    Mashg‘ulotning maqsadi: 
    Go‘sht va go‘sht mahsulotlari sifatini 
    boshqarishni o’rgatishdan iborat.
    Go‘shtni sinfiy tuzilishi. 
    Qishloq xo‘jaligida etishtiriladigan hayvonlar 
    (so‘yishga mo‘ljallangan moy) va parrandalar go‘sht sanoatini xom ashyosi 
    hisoblanadi. So‘yilgan molturiga qarab (qora mol) go‘shti, qo‘y, echki, ot, kiyik, 
    quyon, yovvoyi hayvon go‘shti va hokazo bo‘ladi. 
    Molni go‘sht berish mahsuldorligi olinadigan go‘shtining miqdori va sifati 
    bo‘yicha aniqlanadi va tirik, qabul qilib olish, so‘yilgan massasi va go‘shtining 
    chiqishi bilan aniqlanadi. Tirik massasi-bu tirik molning massasi. Qabul qilib olish 
    massasi-bu molni massasida uni qorin-ichagiga 3% chiqarib yuborilgandagi 
    massasi. So‘yilgan massasi-bu so‘yib ishlov berilgandan keyingi yangi nimta 
    massasi. Tirik, qabul qilib olishi, so‘yilgan massalari kg da foydalaniladi. Go‘shtni 
    chiqishi so‘yilgan massaini qabul qilib olingan massasiga nisbatan % da 
    ifodalanganidir.
    Qora mol go‘shtini chiqishi 55-70% ni qo‘y go‘shtini chiqishi esa 55-56% 
    ni tashkil qiladi. 
    Qora mol naslini mahsuldorligiga qarab 3 ta yo‘nalishga bo‘linadi. Go‘sht 
    beradigan, sut beradigan va go‘sht sut beradigan. Go‘sht sanoati uchun go‘sht 
    beradigan naslni ko‘paytirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu nasl qoramollar sifatli 
    go‘sht beradi, go‘shtni chiqishi ham yuqori bo‘ladi. mol nimtasini asosiy qismini 
    mushak to‘qimasi tashkil qiladi.
    Yog‘ o‘rtacha miqdorda muskullar orasida eg‘iladi. Qo‘yni go‘shti yung 
    beradigan, sut beradigan, go‘sht-yog‘ beradigan nasllarga bo‘linadi. Qo‘yni dumbali 
    nasli 20 kg gacha dumba yog‘i beradi. Qo‘yni go‘sht-yung beradigan nasli, yuqori 
    sifatli go‘sht beradi.
    Go‘shtning semizlik kategoriyalari. 
    Go‘shtning semizlik kategoriyalari 
    tamg‘alab belgilanadi. Har qaysi tamg‘ada respublikaning qisqartirilgan nomi, 
    korxona nomeri, go‘shti qaerda tamg‘alangani, yana «Vetkorik» so‘zi ko‘rsatiladi. 


    29 
    1-kategoriyali mol go‘shtiga binafsha rangli dumaloq tamg‘a bosiladi. Har qaysi 
    nimtaning tashqi tomoniga beshta tamg‘a bosiladi. Кurak, ort, bel, son va ko‘krak 
    qismlariga.
    2-kategoriyali mol go‘shtiga binafsha rangli kvadrat tamg‘a bosiladi. Har 
    qaysi nimtaga 2 ta dan-kurak va son qismlariga bittadan tamg‘a bosiladi.
    1- va 2-kategoriyali buzoq go‘shtini ham katta mollar go‘shti singari 
    tamg‘alanadi, lekin tamg‘alarning o‘ng tomoniga qo‘shimcha qilib «M» harfi 
    qo‘yiladi.
    Oriq mol go‘shtiga qizil rangli uchburchak tamg‘a qo‘yiladi.
    Semizligi bo‘yicha kategoriyalarni tamg‘alash namunalari. 
    1 hamma turdagi 1-kategoriyali go‘sht 
    2 hamma turdagi 2-kategoriyali go‘sht 
    3 hamma turdagi oriq go‘sht 
    1-kategoriyali qo‘y va echki go‘shtlariga ham dumaloq tamg‘a bosiladi, har 
    qaysi tanaga 5 ta: ikkala nimtaning kurak va son qismlariga bittadan hamda 
    to‘shning o‘ng tomoniga batta tamg‘a qo‘yiladi. 2-kategoriyali qo‘y va echki 
    go‘shtlarini ikkala nimtaning kurak va son qismlariga hamma bo‘lib to‘rtta kvadrat 
    tamg‘a bo‘lishi kerak. Oriq qo‘y go‘shtiga binafsha rangli uchburchak tamg‘a, oriq 
    echki go‘shtiga esa qizil rangli uchburchak tamg‘a bosiladi. 

    Download 1,58 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o

    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish