O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o




Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/60
Sana09.10.2024
Hajmi1,58 Mb.
#274164
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
Bog'liq
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

Sutni kimyoviy tarkibi. 
Sut, tarkibida 100 dan ortiq kimyoviy va biologik 
moddalarni saqlaydigan murakkab ko‘p dischpersli tizimdir. Suv (83-89%) dispers 
muhit hisoblansa, yog‘, oqsil va boshqa komponentlari (11-17%) dispers fazani 
tashkil qiladi. Oqsil moddalari sutda kolloid eritma holda, sut yog‘i esa sut 
plazmasidagi mikroskopik yog‘ donalari ko‘rinishida emulsiyani hosil qiladi.Sutni 
kimyoviy tarkibi doimo birday bo‘lmaydi (5-jadval). U hayvon nasliga, lektasiya 
davriga, oziqlanish uni tarkibi va sharoitiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. 
Sutni quruq moddasi bahor oylarida kamroq va kuzda yuqoriroq bo‘ladi. 
3-jadval 
 
Sutni komponentlari 
Massadagi umumiy % da 
o‘rtacha 
o‘zgaruvchancheg
aralari 
Suv 
87 
83-89 
Sut yog‘i 
3,8 
2,7-6,0 
Azotli moddalar: kazein 
2,7 
2,2-4,0 
Albumin 
0,4 
0,2-0,6 
Globulin va boshqa oqsillar 
0,12 
0,05-0,2 
Oqsil bo‘lmagan azotli moddalar 
0,05 
0,02-0,08 
Sut qandi 
4,7 
4,0-5,6 
Кuli 
0,7 
0,6-0,85 
Sut yog‘i kattaligi 2-3 mkm ga teng bo‘lgan yog‘ donalarini emulsiyasi 
ko‘rinishida bo‘ladi. Sut yog‘i past erish haroratiga (27-34
0
S) ega bo‘lib, asosan 
aralash uch gliseridlardan tashkil topgan. Ularni hosil qilishda 150 ta yog‘ kislotalari 
qatnashadi, ko‘prog‘ini (68-75%) to‘yingan yog‘ kislotalari tashkil qiladi. Yog‘ 
bilan birga lipoidlar ham bo‘ladi. Lipoidlar fosfatidlar (lesetin va kefalin) va 
sterinlardan iborat. 
Oqsil moddalar kazein, albumin va glabulindan tashkil topgan. Oqsillar 
to‘liq 
qimmatli 
bo‘lib, 
tarkibida 
hamma 
almashtirib 
bo‘lmaydigan 
amonokislotalarni saqlaydi.
Oqsillar sutda kaloid holda bo‘ladi. Кazein murakkab oqsil fasforproteid 
bo‘lib, sutda parakazeinatfosfat kompleksi ko‘rinishida bo‘ladi. Ikkta molekula 
kazein o‘rtasida kalsiy ko‘prik rolini o‘ynaydi. Sutni ivitilgan hosil bo‘lgan sut 
kislotasi kazein molekulasidagi kalsiyni ajratib tashlaydi, buning natijasida drein 
kazein kislotasi cho‘kmaga tushadi va sut kislotali quyuq massa hosil bo‘ladi.
Кazein pasterizasiya haroratiga chidamli bo‘lib, shirdon fermenti ta’sirida 
ivib qoladi. Albumin-oddiy oqsil, molekulasida fosfor bo‘lmaydi, azotni miqdori 
kam, oltingugurt ikki marta ko‘p. Suvda eriydi, kuchsiz kislota va ishqorda 75-80


gacha qizdirilganda cho‘kmaga tushadi. Shirdon fermenti ta’sirida cho‘kmaga 
tushmaydi. Globulin zardob oqsili bo‘lib, pasterizasiya qilganda cho‘kmaga tushadi.
Uglevodlar asosan sut qandi-loktoza ko‘rinishida bo‘ladi. Bu glyukoza va 
gallaktozadan tashkil topgan disaxariddir; fruktozaga nisbatan shirinligi 5-6 matra 
kam bo‘lib, gidrolizi sekinroq ketadi. Qizdirganda loktoza oqsil amin guruhlarga va 


27 
erkin holda amonokislotalar bilan reaksiyaga kirishib sutga jigarrang tus beradigan 
mlonoyidlarni hosil qiladi. Loktoza sut kislotali, spirtli, propion kislotani achishi 
natijasida sut kislotasi, spirt uglekislota, moy va limon kislotalari hosil bo‘ladi. 
Mineral moddalar sutda fosfor, limon, xlorid va organik kislotalari oson hazm 
qiluvchi erigan holdagi tuzlar ko‘rinishida bo‘ladi. Sutda Mendeleev davriy tizimini 
80 tacha elementlari bor. Sut tarkibida ko‘pgina miqdorda R, К, Sa, Ci, Na, Co, Mg 
bo‘ladi. Mikroelementlardan marganes, mis, temir, kobalt, yod, sink, qo‘rg‘oshin, 
vanadiy, kumush, nikel va boshqalar bor. 
Mineral moddalar inson hayot faoliyatida katta ahamiyatga ega. Feremntlar 
sutga sut bezlaridan o‘tadi. Feremntlarda lipaza, reduktoza va protoza bo‘ladi. 
Lipaza yog‘ gliseridlarini yog’ kislotasi va gliseringa parchalaydi. Lipaza fermenti 
75-80

S da parchalanib ketadi. Fosfataza fermenti fosfor kislotasi efirlarini gidroliz 
qiladi.
Peroksidaza aktiv kislorod hosil qilib pereokisidni parchalaydi. Pereoksidaza 
80-82

S da parchalanib ketadi. Sutni yaxshi pasteritlazasiya qilinganligini 
preoksidaza ativligi orqali aniqlanadi. Кatalaza fermenti vodorod pereoksidi suvga 
va molekulyar kislorodga parchalaydi. Кatalaza mastit kasali bo‘lgan hayvon sutida 
ko‘p bo‘ladi.
Reduktoza-qaytaruvchi ferement bo‘lib, uning miqdori bo‘yicha sutni 
bakterial zarralanganligi aniqlanadi. Proteazalar oqsilni parchalash xususiyatiga ega. 
Laktaza loktozani glyukoza va gallaktozaga parchalaydi. Sutda ozroq miqdorda 
bo‘lsa ham vitaminlarni deyarli hammasidan bo‘ladi, mg % da: A-0,03; V
1
-0,04; V
2
-
0,0; V
12
-0,004; S-2,0; D
3
-0,00005; N-0,0032; E-0,15; RR-0,15. Immun jism (qarshi 
jism) sutda shakli o‘zgargan psevdoglobulindan iboratdir. Ular bakteriyani 
rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi, lekin sutni pasterizasiya qilganda va saqlaganda 
parchalanib ketadi. Gazlar sutni 1l da 50-80 mg bo‘lib, 27-58 mg ni uglekislota va 
11-16 mg ni azot tashkil etadi.

Download 1,58 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o

Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish