• Majburiy talablar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet33/60
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #274164
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60
    Bog'liq
    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

    Masalan, 
    sertifikatlashning birinchi sanasi 2017 yilning 14 fevrali bo’lsa (amal qilish muddati 
    2018 yil 13 fevralgacha), sertifikatning amal qilish muddatini uzaytirish maqsadida 
    2-inspekstiya 2017 yil 14 oktyabrdan 2018 yil 13 iyungacha bo’lgan davrning 
    istalgan vaqtida amalga oshirish mumkin.
    Qayta sertifikatlashtirish maqsadida o’tkaziladigan inspekstiyalar oralig’i 6 
    oydan kam bo’lmasligi kerak. Inspekstiyalarni o’tkazish davomiyligi kamida 3 
    soatdan iborat bo’ladi. 
    GLOBAL G.A.P. sertifikatiga ega bo’lish uchun quyidagi talablar bajarilishi 
    kerak bo’ladi: 
    Majburiy talablar

    Sifat menejmenti tizimi (SMT) va bajarilishi majburiy 
    bo’lgan talablar 100 % bajarilgan bo’lishi kerak;
    Ikkinchi darajali talablar

    Qo’llaniladigan nazorat nuqtalari ko’rsatkichlari 
    ikkinchi darajali talablarning 95 % i bajarilishi kerak. 
    Tavsiyalar
    :
    muvofiqlikning minimal ko’rsatkichlarini namoyon etmaslik 
    kerak. 
    Ishlab chiqaruvchi tuzilgan shartnoma va umumiy talablarni bajarishi shart. 
    Sertifikatlashtirish organi aniqlangan qandaydir nomuvofiqlik bartaraf 
    etilgandan ko’pi bilan 28 kalendar kuni davomida sertifikatlashtirish haqida qaror 
    qabul qiladi.
    Agar, inspekstiya/audit davomida nomuvofiqlik qayd etilmasa, mazkur 
    inspekstiya/audit tugagandan keyin 28 kun davomida qaror qabul qilishi kerak.


    44 
    Shikoyat va apellyastiya uchun sertifikatlash organida faoliyat yurituvchi 
    bo’lim faoliyat yuritadi. Agar sertifikatlashtirish organi hech qanday chora 
    ko’rilmasa, GLOBALG.A.P. sekretariatiga murojaat qilish mumkin. Buning 
    sekretariat saytidagi maxsus blanka to’ldiriladi va jo’natiladi. 
    Agar 
    joriy 
    inspkstiya/audit 
    davomida 
    nomuvofiqlik 
    aniqlansa, 
    sertifikatlashtirish organi tomonidan quyidagi sankstiyalarni qo’llanilishi kerak: 
    Ogohlantirish; 
    Mahsulot bilan bajarilayotgan barcha operastiyalar to’xtatiladi; 
    Shartnoma bekor qilinadi 
    Agar alohida ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchilar guruhi dastlabki 
    inspekstiya o’tkazilgandan so’ng 28 kun mobaynida majburiy talablarning 100% va 
    ikkinchi darajali talablarining 95% bajarilishini ta’minlamasa GLOBALG.A.P. 
    ma’lumotlar bazasida mazkur ishlab chiqaruvchilar “ochiq nomuvofiqlik” ka ega 
    sifatida qayd etiladi.
    Agar ogohlantirishdan keyin 3 oy mobaynida bu kamchilik bartaraf etilmasa, 
    sertifikat berilishidan oldin to’liq tekshiruvdan o’tkaziladi. Agar ogohlantirishdan 
    so’ng nomuvofiqlik bartaraf etilmasa, mahsulot bilan amalga oshirilayotgan barcha 
    operastiyalar to’xtatiladi. Bu sankstiya bitta mahsulotga, bir necha mahsulotga yoki 
    barcha mahsulotlarga nisbatan qo’llanilishi mumkin. Mahsulotlar bilan olib 
    borilayotgan operastiyalar qisman to’xtatilishi mumkin emas. Nomuvofiqlikni 
    bartaraf etish uchun so’nggi muddat sertifikatlashtirish organi va ishlab 
    chiqaruvchilar o’rtasida kelishiladi (bu muddat 12 oydan ortiq bo’lishi mumkin 
    emas). Sankstiya qo’llanilayotgan vaqt davomida (mahsulot bilan amalga 
    oshirilayotgan 
    barcha 
    operastiyalar 
    to’xtatilganda) 
    ishlab 
    chiqaruvchi 
    GLOBALG.A.P. logotipi, savdo belgisi, listenziyasi va sertifikatidan foydalanishi 
    mumkin emas.
    Belgilangan muddat davomida qo’llanilgan sankiya sababi bartaraf etilmasa, 
    shartnomani bekor qilish sankstiyasi qo’llaniladi. 
    Shartnomani bekor qilish sankstiyasi quyidagi holatda qo’llaniladi: 
    Sertifikatlashtirish organi firibgarlik to’g’risida dalil topsa yoki 
    GLOBALG.A.P. talablariga muvofiqligiga ishonmasa; 
    Ishlab chiqaruvchi yoki ishlab chiqaruvchilar guruhi sertifikat muddati 
    tugagandan so’ng ham ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni realizastiyasida undan 
    foydalanganligiga dalil topilganda. 
    Shartnoma bekor qilinish sankstiyasi qo’llanilgandan keyin GLOBALG.A.P. 
    ga doir barcha imkoniyatlardan foydalanish butunlay ta’qiqlanadi.
    Mazkur sankstiya qo’llanilgandan so’ng 12 oy mobaynida GLOBALG.A.P. 
    bo’yicha sertifikatlashtirilishiga ruxsat berilmaydi. 
    GLOBAL G.A.P. sertifikat faqat ariza yozgan yuridik shaxsga beriladi.
    Sertifikat bir yuridik shaxsdan ikkinchisiga berilishi mumkin emas. Bunday 
    holatlarda to’liq inspekstiya o’kaziladi va yangi yuridik shaxsga yangi GGN – qayd 
    etilish raqami beriladi. 
    Sertifikatlashtirish stikli 12 oy davom etadi. Dastlabki sertifikatlashda 
    sertifikatning amal qilish davomiyligi 1 kuni kam bir yilni tashkil etadi. 


    45 
    Sertifikatlash organi sertifikatlash stikli va amal qilish muddatini kamaytirishi 
    mumkin, ammo bu davomiylikni uzuaytirish mumkin emas.
    Sertifikatlashtirish sohasi, amal qilish muddati sertifikatda aniq va ravshan 
    ko’rsatib qo’yilgan bo’lishi kerak. 

    Download 1,58 Mb.
    1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   60




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o

    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish