46
davlatlari o’rtasida mahsulotlarni eksport va import jarayonlarida yuzaga
keladigan
texnik to’siqlarni bartarf etish imkonini beradi.
OIC/SMIIC (Islom Xamkorlik Tashkiloti/Islom Davlatlari Standartlashtirish
va Metrologiya Instituti) tashkiloti va uning asosiy vazifalari
OIC/SMIIC - The Organisation of Islamic Cooperation/The Standards and
Metrology Institute for Islamic Countries (Islom Hamkorlik Tashkiloti/Islom
Davlatlari Standartlashtirish va Metrologiya Instituti). 2010 yil avgust oyida
tashkil
topgan. Tashkilotning shtab kvartirasi Turkiya davlatining Istanbul shahrida
joylashgan. Xozirgi kunda ushbu tashkilotga 57 ta davlatlar a’zo. Islom Hamkorlik
Tashkiloti 25 sentyabr 1969 tashkil topgan.
Birinchi SMIIC standartlarini ishlab chiqarish jarayonlarida Eron, Turkiya,
Malayziya va Quvayt davlatlari ishtirok etgan.
Xozirda SMIIC tashkilotida standarlarni ishlab chiqarish jarayonlari 39 ta
islomiy davlatlar vakillarida iborat texnik qo’mitalar tomonidan ishlab chiqariladi.
SMIIC tashkilotining Istanbulda bo’lib o’tgan 2012 yil may oyidagi 4-
Boshqaruv Kengashi yig’ilishida texnik qo’mitalarning ishlash tartibi bo’yicha
direktivalar qabul qilindi va quyidagi texnik qo’mitalar tashkil etildi:
TS-1 : Halol ozuqa masalalari qo’mitasi;
TS-2: Halol kosmetika qo’mitasi;
TS-3: xizmat joylarini sertifikatlashtirish qo’mitasi;
TS-4: qayta ishlov beriladigan energiya masalalari qo’mitasi;
TS-5: turizm va shunga o’xshash sohalar qo’mitasi;
TS-6: qishloq ho’jaligi faoliyatlari qo’mitasi;
TS-7: logistika qo’mitasi;
Shuningdek akkreditasiya terminologiya va moliya qo’mitasi ham tashkil
qilingan.
OIC/SMIIC tashkilotining asosiy maqsadi:
- tashkilotga a’zo davlatlar orasida o’zaro tan olinadigan yagona standartlarni
joriy qilish.
- islom davlatlari orasida o’zaro tan olinadigan standartlar yordamida
tijoratdagi texnik to’siqlarni bartaraf etish.
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga bo’lgan ishonchni orttirish maqsadida
akkreditasiya va sertifikatlashtirish talablarini belgilash.
-
standartlashtirish, metrologiya va akkreditasiya borasida boshqa bunda
muhtoj davlatlarga islom qardoshligi shiori ostida texnik yordam ko’rsatish va o’quv
seminarlarini tashkillashtirish.
OIC/SMIIC, halol oziq ovqat, kosmetika, servis xizmatlari, energiya qayta
ishlash resurslari, turizm, qishloq xo’jaligi, logistika
va akkreditasiya sohalarida
texnik ko’mitalar tashkil qilingan va faoliyatlarini davom ettirmoqda.
O’zbekiston Respublikasida halol talablarni joriy etish sohasida amalga
oshirilgan ishlar
O’zbekiston Respublikasidagi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalar
tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksport ko’lamini oshirish
maqsadida Respublika va uning xududiy markazlari xodimlaridan iborat 20 nafar
47
xodimlar Turk Standartlari Institutining xalqaro ekspertlari tomonidan TS
OIC/SMIIC 1:2011 "Halol oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha umumiy qo’llanma"
hamda ISO 22000:2005 "Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmenti tizimlari.
Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va iste’mol qilish tizmasidagi barcha
tashkilotlarga qo’yiladigan talablar" nomli standartlari talablari bo’yicha tashkil
etilgan uquv kurslariga o’qitildi.
"O’zstandart" agentligi tomonidan 5 ta jumladan:
1. TS OIC/SMIIC 1:2011 "Halol oziq-ovqat mahsulotlari bo’yicha umumiy
qo’llanma" standarti O'z DSt 3286:2018 taxriri bilan;
2. TS OIC/SMIIC 2:2011 "Halol sertifikatlashtirish idoralariga qo’yiladigan
talablar" standarti O'z DSt 3301:2018 taxriri bilan;
3. TS 13571:2013 "Halol ovqat va ichimliklar tayyorlanadigan, saqlanadigan
va sotiladigan joylar uchun O'z DSt 3286:2018 qo’llanishining muayyan talablari"
standarti O'z DSt 3300:2018 taxriri bilan;
4. MS 2200: PART 1: 2008 "Islom iste’mol mahsulotlari-1 qism. Kosmetika
va shaxsiy gigiyena-umumiy qo’llanma" standarti O'z DSt 3302:2018 taxriri bilan;
5. MS 2200: PART 2: 2013 "Islom iste’mol mahsulotlari-2 qism. Hayvonlar
suyagidan, terisidan va junidan foydalanish-umumiy qo’llanma" standarti O'z DSt
3303:2018 taxriri bilan
O’zbekiston Respublikasida milliy standart sifatida "O’zstandart"
agentligining 2018 yil 20 martdagi №05-937 son qarori bilan qabul qilindi.
Shuningdek, oziq ovqat mahsulotlari ishlab chiqarayotgan va halol talablar
asosida sertifikatlashtirishga talabgor bo’lgan korxonalar uchun menejment
tizimlarini namunaviy xujjatlari ishlab chiqildi va "O’zstandart" agentligi saytiga
joylashtirildi.
Bundan tashqari halol standartlar talablari asosida mahsulotlarni
sertifikatlashtirish tartibi nizomi ishlab chiqilmokda.
TS OIC/SMIIC 1:2011 (O'z DSt 3286:2018) "Halol oziq-ovqat mahsulotlari
bo’yicha umumiy qo’llanma" standartining talablari.
Ushbu standart "O’zstandart" agentligining 2018 yil 4 yanvardagi №05-915
sonli qarori asosida O'z DSt 3286:2018 taxrir raqami ostida O’zbekiston
Respublikasida milliy standart sifatida qabul qilingan bo’lib, halol oziq-ovqat
mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish, sinflarga
ajratish, saqlash, qadoqlash, yorliqlash, tashish va xizmatlar ko’rsatish jarayonlariga
talablar qo’yadi.
Shuningdek, mazkur standartning asosiy bo’limlari, Kirish, Tayyorlash,
Ishlov berish,
Sinflarga ajratish, Qadoqlash, Yorliqlash, Logistika, Saqlash va
Xizmatlar ko’rsatishlardan iborat.
Standartning ishlab chiqishda qo’yidagi standartlardan foydalanilgan,
jumladan,
CODEX STAN 1-1985 "Qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini tamg’alash
uchun umumiy standart" bunda mahsulot nomi, mahsulot tarkibidagi qo’shimchalar
nomi, mahsulot massasi, ishlab chiqaruvchi
korxona nomi va manzili, ishlab
chiqaruvchi korxona joylashgan davlat nomi, partiya tartib raqami, saqlanish
48
muddati va saqlash bo’yicha talablar va qo’llash bo’yicha ma’lumotlar talab
qo’yiladi.
CAC/RCP 1-1969 "Oziq-ovqat gigiyenasining umumiy prinsiplari" Xalqaro
kodeks amaliyoti tavsiyasi, jumladan, oziq-ovqat gigiyenasi prinsiplari, inson
iste’moli uchun ishonchli ozuqalar bo’yicha maqsadlar, oziq ovqat havfsizligi
NASSR yo’nalishi, ozuqa zanjirida gigiyena talablari bo’yicha qo’llanmalar
keltirilgan.
CAC/RCP 58-2005 To’sht uchun gigiyena qoidalari", ISO 22000:2005
"Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi bo’yicha boshqaruv tizimlari-
barcha tashkilotlarga doir talablar" va ISO 22005:2007 "Oziq-ovqat mahsulotlari
tizimida tekshiriluvchanlik tizimini loyihalashtirish va qo’llash
uchun asosiy
prinsiplar va talablar" nomli standartlar talablaridan foydalanilgan.