|
Xavf-xatarlar (xavfli omillar) tahlilini o’tkazishBog'liq Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)Xavf-xatarlar (xavfli omillar) tahlilini o’tkazish.
Jarayon tarkibidagi
operastiyalar ro’yxatini tayyorlash, qo’llaniladigan nazorat usullarini bayon
etish, ahamiyatga ega bo’lgan xavf-xatarlarni yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
bosqichlarni aniqlash lozim.
Xom-ashyoni olishdan boshlab to yakuniy
mahsulotgacha bo’lgan barcha bosqich jarayonlarini to’liq aks ettiruvchi ishlab
chiqarish jarayonlarining blok-sxemasi tuziladi. Sxema tuzilganidan so’ng, har bir
bosqichda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha mavjud xavfli omillar
identifikastiyalanadi ya’ni bunda axamiyatga ega xavflarni aniqlash uchun xavf-
xatarlar darajasi aniqlanadi va ularni nazorat qilish uchun zaruriy chora-tadbirlar
bayon etiladi. Bu xavf-xatarlarni tahlil qilish HACCP tizimida asosiy bosqichi
bo’lib hisoblanadi.
Kritik nazorat nuqtalarini (KNN) o’rnatish.
Xavfl
i
omillar ta’siri
ehtimolligini minimumga keltirish yoki qaytarilmasligi uchun nazorat qilinishi zarur
bo’lgan jarayon bosqichlari va operastiyaning kritik nuqtasi aniqlanadi.
Parametrlarning yuqori qiymatlari (kritik chegaralari)ni o’rnatish
.
Har
bir
aniqlangan KNN bo’yicha nazorat chora-tadbirlari qo’llaniladi.
KNN nazorat qilish uchun monitoring tizimini ishlab chiqish.
KNN
nazorat
qilish prostedurasini, kuzatish va o’lchashlarning davriylik tizimini, ya’ni
o’rnatilgan chegaralar doirasida KNN holatini tasdiqlash maqsadida aniqlash lozim.
Rejalashtirilgan sinovlar yoki o’lchashlar yordamida kritik nazorat nuqtalarini
nazorat qilish imkonini beruvchi monitoring tizimi yaratiladi.
Nazoratdagi KNN u yoki bu chegaradan chiqishlari to’g’risidagi
monitoring natijalariga muvofiq qo’llaniladigan to’g’rilovchi amallarni aniqlash.
|
| |