53
3.
“Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” faoliyati bo‘yicha
qanday xalqaro nufuzdagi tashkilotlarni bilasiz?
4.
HACCP tizimi oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga doir boshqa
tizimlardan farqi?
15-amaliy mashg‘ulot
Mavzu: O‘zbekiston Respublikasining «Metrologiya to‘g‘risida» qonunini
o‘rganish
Mashg‘ulotning maqsadi:
talabalarga O‘zbekiston Respublikasining
«Metrologiya to‘g‘risida» qonunini haqida ma’lumotlar berish.
Metrologiya fan sifatida o‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli bo‘lgan qator
masalalarni o‘z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo‘lib,
o‘lchash, o‘lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy
tushunchasini oladigan bo‘lsak, metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fan.
Inson aql-idroki, zakovati bilan o‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda
rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo‘nalishini olmaylik, albatta o‘lchashlarga,
ularning turli usullariga, o‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu o‘lchash usullari
va vositalari yordamida ularning birligini, yagona o‘lchashni talab etilgan aniqlikda
ta’minlash metrologiya fani orqaligina amalga oshiriladi. Shu sababdan hozirdagi
qaysi bir fan, ilmiy yo‘nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bo‘lmasin, albatta u yoki bu
darajada metrologiya bilan bog‘liq. Inson qo‘li etgan,faoliyati doirasiga kirgan
ammo o‘lchashlar va ularning vositalari yordamisiz o‘rganilgan, izlangan hamda
ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin bo‘lgan birorta yo‘nalish yo‘q. Shuning
uchunham metrologiya, standartlashtirishva sertifikatlashtirish asoslarini bilish, uni
o‘z mutaxassisligi doirasida tushunish va amaliy qo‘llash texnika va texnologiya
soxalaridagi bakalavriat yo‘nalishlari bitiruvchilariuchun muhim omillardan biri
bo‘lib hisoblanadi.
“Metrologiya, standartlashtirishva sertifikatlashtirish” fani texnika,
menejment va marketing sohalari yo‘nalishlarida bakalavrlar va muxandislar
tayyorlashda o‘tilishi lozim bo‘lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta’lim andozasidan
kelib chiqib, ushbu fan talabalarda metrologiya, standartlashtirish va
sertifikatlashtirish bo‘yicha zarur va etarli bo‘lgan asosiy tushunchalarni
shakllantiradi.
“Metrologiya, standartlashtirishva sertifikatlashtirish” fanini o‘rganishdan
maqsad:
talabalarda xalq xo‘jaligining texnika-texnologiya, menejment va
marketing sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog‘liq
bo‘lgan turli metrologik, sifat boshqaruvi va sertifikatlashtirish bo‘yicha masalalar
bilan shug‘ullanish, hamda me’yoriy hujjatlar va standartlar bilan ishlash borasida
etarli bilim va malakalarni hosil qilish.