• Sifatning virtual sxemasi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet39/60
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #274164
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60
    Bog'liq
    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

    Asosiy vazifalar
    esa talabalarni uzluksiz 
    ta’lim tizimida "Metrologiya, standartlashtirish va sifatni boshqarish" bo‘yicha 
    tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va 
    chuqurlashuvchi metrologiya, standartlashtirish, kvalimetriya sifatni o‘lchash va 


    54 
    sertifikatlashtirish bo‘yicha fundamental ma’lumotlar o‘rganiladi. 
    Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bo‘lishidan qat’iy nazar, uning 
    asosiy baholash kriteriyasi (ko‘satkichi) bo‘lishi kerak. Agarda har bir inson o‘z 
    ishiga yuqori ma’suliyat bilan qarab asosiy baholash kriteriyasiga munosib ravishda 
    ish ko‘rsa hayotimiz kundan – kunga yaxshilanib borishi turgan gap, bu esa butun 
    mamlakat bo‘ylab sifat masalasini yuqori darajaga ko‘taradi. Quyida sifatning 
    virtual sxemasi (chizmasi) keltirilgan.
    Sifatning virtual sxemasi
    Bu sxemani chuqur o‘rganib va tahlil qilib, quyidagi xulosalarni keltirishimiz 
    mumkin: 
    - Mahsulot sifati, kishilar hayotining ravnaqi, uning sifati (yashash darajasi) 
    oldindan yaratilgan sifat fundamenti (poydevori) ga bog‘liqdir; 
    - Sifatning yuqori darajasi bu yurtimizning ilmiy, texnikaviy yuksalishi bilan 
    chambarchas bog‘liqdir; 
    - Ilmiy texnikaviy yuksalish esa sifatning asosiy uch belgisi bo‘lgan
    - Standartlashtirish, metrologiya va setifikatlashtirish rivojini ta’minlab 
    beradi; 
    - Sifatning uch asosiy belgisiga dunyoda mavjud bo‘lgan va faoliyat 
    ko‘rsatayotgan standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilotlar: Xalqaro – 
    standartlashtirish tashkiloti (ISO), Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro 
    tashkilot (MOZM), Xalqaro savdo tashkiloti (VTO) o‘zining ijobiy ta’sirini 
    o‘tkazadi va o‘tkazib kelmoqda. 
    Shuning uchun ham ushbu fanni uch qismda (metrologiya, standartlashtirish 
    sertifikatlashtirish) o‘rganish natijasida talabalar metrologiya bo‘yicha asosiy 
    qoidalarni, talablar va me’yorlarni, standartlashtirish va sifatni boshqarishdagi 
    davlat bayonnomalari va me’yoriy hujjatlar bilan ishlashni bilishi va mavjud 
    bilimlarini, tajribalarini amaliy faoliyatda qo‘llay bilishi lozim hisoblanadi. Bu 
    hozirgi kunda, ayniqsa, jahon andozalariga mos keluvchi mahsulotlarni ishlab 
    chiqish va uning raqobatbardoshligini ta’minlashda o‘ta muhim masalalardan biri 
    sanaladi. 

    Download 1,58 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   60




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o

    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish