• Davlat boshqaruv idorasining metrologik xizmati
  • Metrologiya bo‘yicha milliy idora
  • O‘lchash vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish
  • O‘lchash vositalarini kalibrlash
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/60
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #274164
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60
    Bog'liq
    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

    Metrologik xizmat
    – MX o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajarish 
    va metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshirish uchun qonunga muvofiq 
    tashkil etiladigan xizmat. 
    Davlat metrologik xizmati
    – Mamlakatda o‘lchashlar birliligini ta’minlash 
    bo‘yicha ishlarni mintaqalararo va sohalararo darajada bajaruvchi va davlat 
    metrologik tekshiruvi va nazoratini amalga oshiruvchi metrologik xizmat. 
    Davlat boshqaruv idorasining metrologik xizmati
    – mazkur vazirlik 
    (mahkama) doirasida o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajaruvchi va 
    metrologik nazorat hamda tekshiruvini amalga oshiruvchi metrologik xizmat. 
    Yuridik shaxs metrologik xizmati
    – mazkur muassasa (tashkilot) da 
    o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajaruvchi va metrologik tekshiruv hamda 
    nazoratini amalga oshiruvchi metrologik xizmat. 
    Metrologiya bo‘yicha milliy idora – 
    davlatda o‘lchashlar birliligini 
    ta’minlash ishlariga rahbarlikni bajarishga vakolatli davlat boshqaruv idorasi. 
    Metrologik tekshiruv – 
    o‘lchash jarayoni elementlarini me’yoriy hujjatlar 
    talablariga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlashni o‘z ichiga olgan vakolatli idoralar 
    va shaxslar faoliyati. 
    Metrologik nazorat – o‘lchash jarayoni elementlarining holati, ishlatilishi va 
    o‘rnatilgan tartibda metrologik qoidalar amalga oshirilganligini baholash uchun 
    vakolatli idoralar va shaxslar faoliyati. 
    O‘lchash vositalarini tekshiruvdan o‘tkazish
    – o‘lchash vositalarining 
    belgilab qo‘yilgan texnikaviy talablarga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash 
    maqsadida davlat metrologiya xizmati idoralari (vakolat berilgan boshqa idoralar, 
    tashkilotlar) tomonidan bajariladigan amallar majmui.
    O‘lchash vositalarini kalibrlash
    – metrologik jihatlarning haqiqiy 
    qiymatlarini va o‘lchash birliklarining qo‘llashga yaroqliligini aniqlash hamda 
    tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi bajaradigan amallar majmui.

    Download 1,58 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   60




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o

    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish