O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o




Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/60
Sana09.10.2024
Hajmi1,58 Mb.
#274164
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60
Bog'liq
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

tirish belgilaydi.
Muvofiqlik 
bayonoti deb etkazib beruvchining
mahsulot, 
jarayon va xizmatlarning aniq bir standartga yoki boshqa me’yoriy hujjatga to‘la-
to‘kis muvofiqlik xaqida butun ma’suliyatni o‘z ustiga 
olganligini bayon etishiga 
aytiladi.
Bu atamani so‘nggi vaqtlarda “o‘z-o‘zini sertifikatlashtirish” tushunchasi 
bilan almashilayotgani qayd qilinmokda. O‘z-o‘zini sertifikatlashtirish deganda 
mahsulot ishlab chiqaruvchi tomon butun mas’uliyatni o‘ziga olgan holda 
sertifikatlashtirishni o‘zini o‘tkazadi va mahsulotning kerakli darajada sifatliligi 
haqidagi kafolatni o‘z ustiga oladi. Bunday sertifikatlashtirish faoliyatini o‘z-o‘zini 
sertifikatlashtirish deb yuritiladi.
Muvofiqlikni attestatlash uchinchi tomon tarafidan “sinov laboratoriya-sining 
bayonoti” tushunilib, ma’lum namuna mahsulotga bo‘lgan talablarni belgilovchi 
ma’lum standartlar yoki boshqa hujjatlar bilan muvofiq ekanligini bayon etishiga 
aytiladi. 
Sertifikatlashtirish deganda mahsulot /buyum, mol/ yoki xizmat muayyan 
standartga yoki texnikaviy shartlarga mos kelishini tasdiqlash maqsadida 
o‘tkaziladigin faoliyat tushunilib, ushbu faoliyat natijasida mahsulot /buyum, mol/ 
ning sifati haqida iste’molchini ishontiradigan tegishli hujjat - sertifikat beriladi. 
Yana bir zarur atamalardan biri “
sertifikatlashtirish tizimi”
bo‘lib, u 
quyidagicha 
ta’riflanadi: 
Sertifikatlashtirish 
tizimi 

muvofiqlikning 
sertifikatlashtirish faoliyatini o‘tkazish uchun ish tartibi qoidalariga va 
boshqarishiga ega bo‘lgan tizimdir. 
“Sertifikatlashtirish tizimi” atamasidan tashqari Sertifikatlashtirish sxemasi 
kiritilib, uni quyidagicha ta’riflanadi: “Muvofiqlikning sertifikatlash-tirilishini 
o‘tkazishdagi uchinchi tomon faoliyatining tarkibi va tartibi”.
Sertifikatlashtirish tizimlarida qatnashuvchi uchta tushuncha to‘g‘risida 
to‘xtalib o‘tamiz: sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish, sertifikatlashtirish 
tizimida qatnashuvchi va sertifikatlashtirish tizimi a’zosi.


64 
Sertifikatlashtirish tizimidan foydalanish deganda sertifikatlashtirish 
tizimining 
qoidalariga 
muvofiq 
guvohnoma 
talabgoriga 
berilgan 
sertifikatlashtirishdan foydalanish imkoniyati tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimida qatnashuvchi deb ushbu tizimning qoidalariga 
binoan faoliyat ko‘rsatadigan, lekin tizimni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lmagan 
sertifikatlash-tirish idorasi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish tizimi a’zosi deganda ushbu tizimning qoidalariga binoan 
faoliyat ko‘rsatadigan va tizimni boshqarishda qatnashadigan sertifikatlashtirish 
idorasi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish ikki xil bo‘ladi:

Download 1,58 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   60




Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o

Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish