• Ekspert-auditor quyidagi vazifalarni bajaradi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet53/60
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #274164
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60
    Bog'liq
    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

    Takrorlash uchun savollar. 
    1.
    Sertifikatlashtirishning tarixini bilasizmi? 
    2.
    Sertifikat nima? 
    3.
    Respublikamizda sertifikatlashtirishning eng yuqori rivojlanish davri qaysi 
    vaqtlarga to‘g‘ri keladi? 
     
    18-amaliy mashg‘ulot 
    Mavzu. O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimi
    Mashg‘ulotning 
    maqsadi: 
    talabalarga 
    O‘zbekiston 
    Respublikasi 
    sertifikatlashtirish milliy tizimi haqida ma’lmotlar berish. Sertifikatlashtirish bilan 
    bog‘liq bo‘lgan faoliyatda faol qatnashuvchi shaxs bu ekspert-auditordir. U odatda 
    sifat tizimlarini, ishlab chiqarishni va mahsulotni sertifikatlashtirishda, sinov 
    laboratoriyalarini akkreditlashda va boshqa ishlarda qatnashishi mumkin. 
    Ekspert-auditor deb, sertifikatlashtirish sohasida muassasa va korxonalar 
    faoliyatini baholash va nazorat qilish huquqiga ega bo‘lgan attestatlangan shaxsga 
    aytiladi. 
    Ekspert-auditor sifatida “O‘zstandart” tomonidan belgilangan tartibda 
    attestatlangan fan, sanoat, maishiy xizmat, institutlar va boshqa tashkilotlarning 
    vakillari hamda belgilangan hujjatlar bilan ishlashda etarli chuqur bilimga ega 
    bo‘lgan xususiy shaxs ham bo‘lishi mumkin. 
    Ekspert-auditor quyidagi vazifalarni bajaradi: 

    mahsulot, jarayon, xizmatlarni, sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni 
    sertifikatlashtirish; 

    sertifikatlashtirilgan mahsulot, jarayon va xizmatlarning tavsiflarini hamda 
    sertifikatlashtirilgan sifat tizimlarini va ishlab chiqarishning turg‘unligini 
    nazorat qilish; 

    sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditlash idoralari, sinov laboratoriyalarini 
    (markazlarini) va ularning faoliyatini nazorat qilish; 

    sertifikatlashtirishda tavsiyalar berish. 
    Ekspert-auditor o‘z faoliyatini sertifikatlashtirish milliy idorasi, bir turdagi 
    mahsulotni sertifikatlashtirish idoralari, sifat tizimlarini va ishlab chiqarishni 
    sertifikatlashtirish doirasida amalga oshiradi. 

    Download 1,58 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o

    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish