Sifat menejmenti tizimini joriy etish bosqichlari.
Hozirda O‘zbekistonda ISO
9000:2000 seriyasidagi standartlar qo‘llanilishi boshlangan. 1-rasmda ISO
9001:2000 afzalligining strukturaviy elementlari. 2-rasmda ISO 9001:2000
Standartlarining joriy etilishi sabablari va shu standartlar talablariga muvofiq Sifat
menejmenti tizimini ishlab chiqish va joriy etish bosqichlari keltirilgan.
Sifat to‘garaklari. Mahsulot sifatini yaxshilashda zarur va muhim
omillardan biri sifat to‘garaklari (guruhlarining) faoliyatidir.
Sifat to‘garaklari ishchilar, muxandislar va xizmatchilardan tashkil topgan
ixtiyoriy jamoa yig‘ilmalaridir. Ularning soni va tarkibi ishlab chiqarishning
ehtiyojidan va aniq ish sharoitlaridan kelib chiqadi.
Sifat to‘garaklarining asosiy maqsadi sifatni yaxshilashning tub mohiyatini
anglash, texnologik jarayonlarni takomillashtirish, mehnatni va ishlab chiqarishni
tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan takliflarni joriy qilishdan iborat. Buning uchun
ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ishonchliligini, chidamliligini oshirish, yuqori
navli buyumlarni ishlab chiqarishni ko‘paytirish, yaroqsiz (brak) likni va
reklamasiyalarni kamaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarish
sur’atini yaxshilash, resurslarni tejamkorlik va iqtisod qilib sarflash lozim. Ko‘pgina
mamlakatlar o‘z mahsulotlarining sifatini oshirish uchun ma’lum tadbirlar,
tajribalarga suyanib ozmi ko‘pmi yutuqlarga erishgan. Quyida biz dunyodagi
rivojlangan mamlakatlarning bu sohadagi tajribalaridan misol keltiramiz.
Yaponiya davlati dunyodagi rivojlangan mamlakatlar ichida ajralib turadi. Bu
69
erda sifat to‘garagiga alohida e’tibor bilan qaraydi. 60-yillar boshida Yaponiyada
birinchi marta sifat to‘garagi vujudga keldi. Buning sababi bor, albatta. Yaponiya
joylashishiga qarab aholisi zich yashaydigan geografik ob’ekt bo‘lib, o‘zining er osti
boyliklariga deyarli ega emas. Territoriyasining taxminan 70 foizi tog‘liklarni
tashkil etgan bo‘lib, sanoatning rivojlanishida o‘zining hom ashyosiga umid
bog‘lashi o‘rinsiz bo‘lar edi. Bu holda Yaponiya o‘z xalqini oziq-ovqat bilan
ta’minlay olmas, sanoatni esa etarli darajada rivojlantira olmasdi. Sanoat va
energetika uchun tashqaridan keltiriladigan hom ashyo tilla, qimmatbaho toshlar va
eksport mahsulotlari bilan to‘lanishi mumkin edi.
AQShda sifat to‘garaklaridagi tashkiliy guruhlarga qo‘yiladigan
talablar:
1. To‘garakda qatnashish ihtiyoriy bo‘lishi lozim. To‘garak a’zolari va
ularning rahbarlari hal qilinuvchi muammolarni o‘zlari tanlaydilar. To‘garakda faqat
ma’muriyatga tegishli muammolar ko‘rilmaydi. To‘garakni tuzilishida
muammolarni hal qilish prinsiplarini o‘rganadilar, bu o‘z navbatida to‘garakning
kelgusidagi ishlarini muvaffaqiyatli bo‘lishiga asos bo‘ladi.
2. To‘garak qatnashchilari ish vaqtida yig‘ilishadi (haftasiga 1 soat).
Yig‘ilishning umumlashgan tartibi:
- ochish, yangi a’zolarni qabul qilish, umumiy tavsifga ega bo‘lgan yangiliklar
va tashkiliy masalalar - 5 minut,
- to‘garak ishining xaftalik yakuni - 5 minut
- mahorat oshirishda yangiliklar va yangi materiallarni o‘rganish haqida -5
minut,
- amaliy masalalarga qo‘llanuvchi yangi o‘zlashtirilgan bilimlar 40 minut,
- yakun yasash, natijalarni baholash - 5 minut.
To‘garak rahbarlari etarli malakaga ega bo‘lmog‘i, ishonch qozonmoqligi va
to‘garakni boshqarishga ihtiyoriy roziliklarini bermog‘i lozim. Ular firma
boshliqlari va kasaba uyushmalari bilan aloqada bo‘lishlari shart.
3. Hamma darajadagi mutaxassislar texnikaviy maslahatchilar sifat to‘garagi
ishiga yordam berishga majburdirlar, ularning iltimosiga binoan majlislarga
qatnashishi ham mumkin.
4. Kichik va o‘rta holdagi firmalar o‘zlarining sifat to‘garagi ishlarini
muvofiqlashtiruvchi xodimiga ega bo‘ladi, katta firmalarda esa bunday shaxslar bir
va undan ortiqni tashkil etishi mumkin. Muvofiqlashtiruvchi xodim sifat to‘garagi
va to‘garaklar orasida hamda rahbariyat o‘rtasidagi aloqa o‘rnatuvchi shaxsdir.
5. Firma tarkibidagi o‘rta rahbarlar ustalar, texnologlar tomonidan doimiy
himoya qilinadi.
6. Firmaning eng yuqori rahbariyati tomonidan sifat to‘garaklarining rejalarini
himoya qilish kafolatlanadi.
Sifat to‘garaklarining samaradorligi haqidagi fikr juda e’tiborga sazovordir,
so‘ralganlardan 30 foizi har bir sarflangan dollar evaziga 1 dan 3 dollargacha oylik
tariqasida, 20 foizi esa 4 dan 12 dollargacha olganliklarini aytdilar. 48 foizi esa
o‘zlarining bu masalada aniq ma’lumotlari yo‘qligini ko‘rsatdi, faqatgina 2 foizi esa
bu harakatlar o‘zini o‘zi oqlayolmaydi deb javob berdi.
70
So‘rov natijalaridan ko‘rinib turibdiki, hamma tekshirilgan to‘garaklar-ning
faqatgina 37 foizi samarali ishlagan. Buning natijasida xulosalar qilinib,
to‘garakning tayyorlov ishlariga yanada e’tibor berildi. Maxsus rejalar tuzildi,
rejalarni bajarish uchun maxsus muvofiqlashtiruvchi xodim tayinlandi. To‘garak
rahbarlariga bo‘lgan talablar qayta ishlab chiqildi. O‘qish dasturlari kuchaytirildi,
birinchi navbatda to‘garak rahbarlarining malakasiga e’tibor oshirildi. Ular statistik
nazorat usullarining asoslarini o‘rgandi, mavjud muammolarni hal qilish usullari va
boshqa o‘quv uslubiy taraflariga e’tibor berildi. Bundan tashqari baxs o‘tkazish
qoidalari, tortishuv va janjallarni hal qilish usullari, eshitishga o‘rgatish, janjalli
sharoitlarni keltirmaslik kabilar to‘garak rahbarlariga maxsus kurs tariqasida
o‘rgatildi. Natijada to‘garak rahbarlari to‘garak a’zolarini o‘qitishni boshladi, hamda
to‘garaklar faoliyatini tashkil qilishda katta e’tiborni uslubiy ta’minlashga qaratdilar.
Bu maqsadlarda ko‘pgina kompaniyalar, universitetlardagi mutaxassislar yoki
maslahatchi firmalar yordamiga murojaat qiladi.
Sifat to‘garaklaridan foydalanishda, amerikalik korxona egalari ularning
ishlarini mahalliy sharoitlarga moslashgan holda olib boradilar va shuning uchun
aksariyat hollarda Amerikadagi to‘garaklarning faoliyati Yaponiyadagidan
farqlanadi. Xususan, agar Yaponiyada faqat 50-60 to‘garaklar o‘zlarining darslarini
ish soatlarida bajarsa, Amerikadagi to‘garaklar esa o‘z rejalariga ko‘ra, deyarli
ishchi soatlarda o‘tkaziladi. Amerikadagi korxona egalari sifat nazorati
to‘garaklarini joriy qilishda ishchilarni to‘garaklarda qatnashishini har taraflama
rag‘batlantiradi. Bundan ko‘rinib turibdiki, to‘garaklarning "insonga" bo‘lgan
yo‘nalishi, alohida o‘rin egallaydi. Masalan, "Ford" kompaniyasi o‘zining
to‘garaklarini yaratilishining asosiy maqsadini "insonning fikr almashuvini
yaxshilash, uning ishdagi sifatini, ijodiy potensialini oshirish" deb e’lon qilgan.
Ayrim G‘arbiy Evropa kompaniyalari boshqarishning Yaponiya usuli deb
ataluvchi usulini o‘rganishda ishlarining oqilona elementlarni joriy qilish bilan
boshladilar. Eng ko‘p tarqalgani Sifat to‘garaklari bo‘ldi. Birinchilardan bo‘lib, bu
usulni qo‘llagan davlat Buyuk Britaniyadir. Biroz keyinroq Fransiyada,
Germaniyada, Italiyada, Ispaniyada, Niderlandiyada shunga o‘xshash to‘garaklar
tarqala boshladi. Hozirgi vaqtda shunday to‘garaklar deyarli hamma mamlakatlarda
mavjuddir. G‘arbiy Evropa korxonalarida to‘garaklarning natijalarini joriy qilish
deyarli yuqori samaradorlik bilan amalga oshirilmoqda.
Sifat to‘garaklarining faoliyati faqatgina korxona ishlarini yaxshilash bilan bir
qatorda boshqarish apparatining ishlarini yaxshilash, ish yuritishni osonlashtirish,
hujjatlar sonini kamaytirish, kelishib olish va qarorlar qabul qilishni
takomillashtirish masalalari bilan ham shug‘ullanadi.
Mutaxassislarning fikricha G‘arbiy Evropa firmalarida to‘garaklarning joriy
bo‘lishi Yaponiyanikidan jadalliroq ekan.
Belgiyada shunday to‘garaklar tashabbuskorlari sifat to‘garagining amaliy
assosiasiyasiga birlashgan. Mamlakat bo‘ylab sifat to‘garaklari faoliyat
ko‘rsatayotganliklari qayd qilingan. Mamlakatdagi ko‘pgina firmalar sifat nazoratini
yalpisiga joriy qilish yo‘lini tutdi. Bu esa o‘z navbatida sifat to‘garagining mavqeini
birmuncha oshirdi.
71
1986 yili Italiya milliy assosiasiyasi sifat to‘garaklarini tashkil qildi va hozirga
kelib bu mamlakatda 400 dan ortiq korxonalarda sifat to‘garaklari mavjud bo‘lib,
ularning soni 4 mingdan ortib ketdi.
Mutaxassislarning fikrlariga qaraganda korxonalarda tuzilgan sifat
to‘garaklari 96 foiz yutuqlarga ega bo‘lmoqda.
Sifat to‘garagining Shved assosiasiyasi 110 korxonani birlashtirgan, hammasi
bo‘lib mamlakatda 500 shirkatlar o‘z rejalariga ega. Bulardagi eng faol sifat
to‘garaklarining soni 30 dan ortiqni tashkil qiladi.
Xitoy Xalq Respublikasida sifat to‘garaklari ham asta-sekin ko‘paya bordi.
1980 yilda mamlakat bo‘yicha 400 mingdan ortiq "Sifat to‘garaklari" bor deb
hisoblanar edi. 1985 yilga kelib, ularning soni 500 mingdan oshdi. Xitoy to‘garaklari
muxandis-texnik xodimlarni, ishchilarni va boshqaruv bo‘g‘inidagi xizmatchilarni
birlashtiradigan to‘garaklarni o‘z ichiga oladi.
Bu tadbirlarning hammasi nimalarga olib keladi, sanoatga nima beradi?
Dastavval, korxona xodimlari tomonidan o‘zlarining maqsadlari va vazifalarini aniq
bilish va ko‘rishdan iborat. Sifat to‘garaklari kollektivga ta’sir ko‘rsatib, ularni
mahsulotning sifatini yuqori darajada ta’minlashga xodimlarni safarbar qiladi.
Shuning uchun ko‘pgina mamlakatlarda bu masalaga birinchi navbatdagi masala deb
qaralmoqda. Bu muammoni echishda korxona rahbari va kollektiv tadbirlarga
ishonch hosil qilib, qo‘lni qo‘lga berib bir tanu, bir jon bo‘lib harakat qilishlarini
hayotning o‘zi taqozo qilmoqda. Ana shundagina sifat to‘garaklari o‘z samaralarini
bera boshlaydi.
|