O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va hududidan olib




Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/60
Sana09.10.2024
Hajmi1,58 Mb.
#274164
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60
Bog'liq
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va hududidan olib 
chiqilayotgan maxsulotlarini sertifikatlashtirish 
Mamlakatimizda mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash-tirish O‘zbekiston 
Respublikasining 1994 yil 28 dekabrdagi “Mahsulot va xizmatlarni 
sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi Qonuniga asosan amalga oshiriladi. Unga binoan: 
“Mahsulotni sertifikatlashtirish” (keyinchalik sertifikatlashtirish) mahsulotga 
o‘rnatilgan talablarga mosligini tasdiqlovchi faoliyat; 
“Muvofiqlik sertifikati” – mahsulotni o‘rnatilgan talablarga mosligini 
tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida berilgan hujjat; 
“Muvofiqlik belgisi” ushbu mahsulot yoki xizmat standartga yoki boshqa 
me’yoriy xujjat talablariga mosligini ko‘rsatuvchi, o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan, 
mahsulotni markalash yoki xizmat hujjatlarida qo‘llaniladigan belgi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: 
- inson sog‘lig‘i va xayoti yuridik va jismoniy shaxslarni mol-mulkiga, atrof-
muhitga xavfsizligini ta’minlash uchun mahsulotlarni nazoratini amalga oshirish 
uchun; 
- xalqaro bozorlarda, mahsulotlarni raqobatbardoshligini ta’minlash uchun; 
- mamlakatimiz va qo‘shma korxonalar, tadbirkorlarni xalqaro iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdoda qatnashish uchun sharoit yaratish 
uchun; 
- iste’molchilarni sifatsiz mahsulotdan himoya qilish (sotuvchi, bajaruvchi) uchun; 
- ishlab chiqaruvchining arizasiga muvofiq mahsulotlarni sifat ko‘rsatkichlarini 
tasdiqlash (sotuvchidan, bajaruvchidan) uchun. 
O‘zbekiston 
Respublikasida 
sertifikatlashtirish 
ishlari 
O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli “Mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” Qarori 
asosida ishlab chiqilgan, Adliya Vazirligida 2005 yil 18 martda 1458 sonli raqami 
bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Mahsulotlarni sertifikatlash-tirish qoidasi” ga 
muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlash-
tirish milliy tizimida (keyinchalik O‘z SMT) mahsulotlarni, shu jumladan, import 
mahsulotlarni sertifikatlashtirishga tayyorlash va o‘tkazish tartibiga bo‘lgan umumiy 
talablarni belgilaydi. 
O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimi yurtimizda ishlab chiqarilgan va 
chet eldan keltirilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirishni sertifikatlashtirish bo‘yicha 
akkreditlangan idoralar, (keyinchalik - SI) ular yo‘q o‘lgan holda sertifikatlashtirish 
milliy idorasi (keyinchalik - SMI) o‘tkazadilar. 
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati, vazirliklar, 
Davlat qo‘mitalari takliflarini inobatga olgan holda o‘rnatilgan tartibda 
sertifikatlashtirish milliy idorasi tomonidan aniqlangan va O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
2004 
yil 

iyul 
318-sonli 
“Mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 


66 
Qarorining 2-ilovasida keltirilgan. 

Download 1,58 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   60




Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilayotgan va hududidan olib

Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish