O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o




Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/60
Sana09.10.2024
Hajmi1,58 Mb.
#274164
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60
Bog'liq
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

majburiy
va 
ixtiyoriy.
Mahsulotni u yoki 
bu sertifikatlashtirishga oidligi, uni tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’siri asosiy 
mezon hisoblanadi. Ana shuning uchun tashqi muhitga, inson salomatligiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi mahsulotlar, albatta, majburiy sertifikatlashtirishga mansub bo‘ladi, 
qolgan 
mahsulotlar 
esa 
sertifikatlashtirilishi 
ixtiyoriydir. 
Majburiy 
sertifikatlashtirish deganda sertifikatlashtirish huquqiga ega bo‘lgan idora 
tomonidan mahsulot, jarayon, xizmatning standartlardagi majburiy talablarga 
muvofiqligini tasdiqlash tushuniladi.
Ixtiyoriy sertifikatlashtirish deganda ishlab chiqaruvchi /bajaruvchi/, sotuvchi 
/ta’minlovchi/ yoki iste’molchi tashabbusi bilan ixtiyoriy ravishda o‘tkaziladigan 
sertifikatlashtirish tushuniladi.
Hozirgi sharoitda tashqi mamlakatlar bilan savdoni, mamlakatlararo iqtisodiy 
aloqalarni, fan va texnikani rivojlanishi uchun hamda chiqarilayotgan 
mahsulotlarning sifatini yaxshilash, ularning raqobatbardoshligini oshirish uchun 
muntazam ravishda sinovlardan o‘tkazish ehtiyoji ortib bormoqda. Sinovlarni 
ko‘pincha uchinchi tomon deb ataluvchi shaxs yoki tashkilot amalga oshiradi va 
ko‘riladigan masalada qatnashayotgan tomonlar odatda ta’minlovchi /birinchi 
tomon/ va xaridor /ikkinchi tomon/ ning manfaatlarini himoya qilib, mutlaqo 
mustaqil ravishda ish ko‘radilar.
Uchinchi 
tomon 
tarafidan 
qilinadigan 
sertifikatlash-tirish 
ishlab 
chiqaruvchilarning ishonchiga sazovor bo‘lmoqda va shu sababli bunday yo‘l keng 
qo‘llanilib, salmoqli ravishda tarqalmoqda. Turli mamlakatlarda uchinchi tomon 
tarafidan bajarilayotgan sertifikatlash-tirish tizimini tashkil etish amalda shuni 
ko‘rsatmoqdaki, uni turlicha tashkil qilish mumkin ekan: ishlab chiqaruvchi 
assosiyasiyalar, yirik iste’molchilar, standartlashtirish milliy tashkilotlari 
tomonidan, masalan, Fransiya va Angliyada 60-yillar boshida ite’molchilar 
tomonidan harbiy maqsadlar uchun elektronika mahsulotlarini sertifikatlashtirish 
tizimi yaratildi.
Ayrim olingan mamlakat miqyosida yaratilgan milliy tizimlar majburiy 
bo‘lgan standartlar doirasini qamrab oladi. Masalan, birinchilar qatorida milliy 
miqyosda qimmatbaho toshlarni sertifikatlashtirish tizimlari qo‘llanilgan.
Sertifikatlashtirish tushunchasi keng ma’noda uchinchi tomon tarafidan 
o‘tkaziladigan texnikaviy me’yorga, ish uslubiga, qoidalariga muvofiqligini qamrab 
olgan har qanday tekshiruvdir. Shuning uchun sertifikatlashtirishni tekshiruv deb 
hisoblab, bosim ostidagi idishlarni, portlash havfidan himoyalangan qurilmalarning, 


65 
kemalarning, suzish vositalarining, tayyoralarning, aviasiya qurilmalarining, atom 
reaktorlarining va tog‘ texnikasining ishlatishdagi havfsizligini ta’minlash uchun 
texnikaviy nazorat o‘rnatuvchi idoralar shartli tekshiruvni amalga oshiradi.

Download 1,58 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   60




Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o

Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish