• Takrorlash uchun savollar.
  • O‘lchash vositalarini ishlab chiqish, yaratish




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet48/60
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #274164
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60
    Bog'liq
    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

    O‘lchash vositalarini ishlab chiqish, yaratish
    (ta’mirlash, sotish, ijaraga 
    berish) 
    uchun lisenziya
    - davlat metrologiya xizmati tomonidan yuridik va jismoniy 
    shaxslarga beriladigan, mazkur faoliyat turlari bilan shug‘ullanish xuquqini 
    guvohlantiruvchi hujjat.
    Takrorlash uchun savollar. 
    1.
    Metrologik xizmat bilan metrologik ta’minotning qanday o‘zaro farqli 
    tomonlari mavjud? 
    2.
    Metrologik ta’minotning tashkil etuvchi asoslarini so‘zlab bering. 
    3.
    Nima uchun metrologik ta’minotning ilmiy asosi metrologiyadan iborat 
    deyiladi? 
    4.
    “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” faoliyati bo‘yicha 
    qanday xalqaro nufuzdagi tashkilotlarni bilasiz? 
    5.
    O‘lchashlar birliligi deganda nimani tushunasiz? 
     
     
     


    62 
    17-amaliy mashg‘ulot 
    Mavzu: Sertifikatlashtirish asoslari 
    Mashg‘ulotning maqsadi: 
    talabalarga O‘zbekiston Respublikasining 
    “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonuni haqida 
    ma’lumotlar berish.
     
    Mazkur qonun 4 bob, 23 moddadan iborat bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasida 
    mahsulotlar, xizmatlar va boshqa ob’ektlarni sertifikatlashtirishning huquqiy, 
    iqtisodiy va tashkiliy asoslarini, shuningdek sertifikatlashtirish ishtirokchilarining 
    huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini belgilab beradi. 
    Qonunning 1-bobi 1-moddasida sertifikatlashtirish bo‘yicha asosiy 
    tushunchalarga alohida ahamiyat berilgan, shuningdek qonunda O‘zbekiston 
    Respublikasida sertifikatlashtirish organlari, ularning faoliyati, sertifikatlashtirish 
    ob’ektlari va sub’ektlari, sertifikatlashtirishni o‘tkazish shartlari to‘g‘risida ham 
    ma’lumotlar keltirilgan. 
    2-bob 7-moddasida ko‘rsatilishicha mahsulotni belgilangan talablarga 
    muvofiqligi tasdiqlangan taqdirda sertifikatlashtirish organi muvofiqlik sertifikati 
    beradi. Tayyorlovchi ana shu sertifikat asosida muvofiqlik belgisini ishlatish 
    huquqiga ega bo‘lishi ta’kidlangan va albatta muvofiqlik belgilari sertifikatlashtirish 
    organlari va sinov laboratoriyalarining akkreditasiya qilinganlik to‘g‘risidagi 
    guvohnomalari “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilangan tartibda Davlat 
    reestridan o‘tkazilishi alohida ko‘rsatilgan. 
    Ma’lumki, sertifikatlashtirish ishlari davlat tomonidan moliyaviy 
    ta’minlanadi. 
    Sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishini davlat tomonidan tekshirish va 
    nazorat qilish “O‘zstandart” agentligining davlat inspektorlari tomonidan qonun 
    hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda amalga oshiriladi. 
    “Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi qonunda 
    sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalarining (markazlarning) 
    javobgarligi haqida ham ma’lumotlar berilgan bo‘lib, 4-bobning 22-moddasiga 
    binoan sertifikatlashtirish organlari va sinov laboratoriyalari (markazlari) 
    muvofiqlik sertifikatini asossiz va qonunga xilof ravishda berganligi uchun, sinov 
    natijalari haqida norto‘g‘ri ma’lumot berganligi uchun qonun hujjatlariga 
    belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. 
    Qonunda ko‘rsatilgan tadbir va tartiblar, albatta sertifikatlashtirish ishlarini 
    yuqori saviyada o‘tkazilishini ta’minlaydi. 

    Download 1,58 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   60




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘lchash vositalarini ishlab chiqish, yaratish

    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish