60
tegishli bo‘lgan kattalikning miqdoriy aniqlanganligi.
Kattalikning qiymati
– kattalik uchun qabul qilingan birliklarning ma’lum
bir soni bilan kattalikning o‘lchamini ifodalash.
Kattalikning sonli qiymati
– kattalikning qiymatiga kiruvchi nomsiz son.
Parametr
– berilgan kattalikni o‘lchashda yordamchi sifatida qaraladigan
kattalik.
O‘lchash vositasi
– metrologik tavsiflari me’yorlangan (MTM), o‘lchami
(belgilangan xatolik chegarasi) ma’lum vaqt oralig‘ida o‘zgarmas deb qabul
qilinadigan, kattalikning o‘lchov birligini qayta tiklaydigan va (yoki) saqlaydigan,
o‘lchashlar uchun mo‘ljallangan texnik vosita.
Kattalik o‘lchovi
– o‘lchov qiymatlari belgilangan birliklarda ifodalangan va
zarur aniqlikda ma’lum bo‘lgan bir yoki bir nechta berilgan o‘lchamlarning
kattaligini qayta tiklash va (yoki) saqlash uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositasi.