• Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta’minotning vazifasiga quyidagilar yuklatilgan
  • Metrologik ta’minotning to‘rtta tashkil etuvchisi mavjuddir
  • Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta’minot




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet43/60
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #274164
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60
    Bog'liq
    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

    Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta’minot 
    O‘lchash informasiyasiga nafaqat miqdor bo‘yicha talablar, balki sifat 
    bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga uning (o‘lchashning) aniqligi, ishonchliligi, 
    tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi.
    Bu sifat tavsiflarining barchasining asosida metrologik ta’minot yotadi. 
    Metrologik ta’minotni shunday ta’riflash mumkin: 

    o‘lchashlar birliligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun 
    zarur bo‘lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me’yorlarning, ilmiy va 
    tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbiq etilishi.
    Ushbu tavsifdan kelib chiqib aytish mumkinki, metrologik ta’minotning 
    vazifasiga quyidagilar yuklatilgan: 

    o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va tadbiq 
    etish; 

    o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya etish 
    borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish

    hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish; 

    o‘lchash vositalarining davlat sinovlari; 

    o‘lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestasiyasi va hokazolar.
    Metrologik ta’minotning to‘rtta tashkil etuvchisi mavjuddir: 
    1.
    Ilmiy asosi: metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fandir; 
    2.
    Texnikaviy asoslari - kattaliklar birligining davlat etalonlari, kataliklar 
    birligini etalonlardan ishchi vositalarga uzatish, o‘lchash vositalarini yaratish va 
    ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yish, o‘lchash vositalarining majburiy davlat sinovlari va 
    ularni bajarish uslublarining metrologik attestasiyasi, o‘lchash vositalarini ishlab 
    chiqishda, ta’mirlashda va ishlatishda majburiy davlat qiyoslashidan o‘tkazish, 
    modda va materiallarning tarkibi va xossalari bo‘yicha standart namunalarni 
    yaratish, standart ma’lumotnomalar, mahsulotning majburiy davlat sinovlari.
    3.
    Tashkiliy asosi - davlat va mahkamalardagi metrologik xizmatdan tashkil 
    topgan O‘zbekiston Respublikasi metrologiya xizmati; 
    4.
    Me’yoriy-qonuniy asoslari- tegishli respublika qonunlari, davlat 
    standartlari, davlat va tarmoqlarning me’yoriy hujjatlari.

    Download 1,58 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   60




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishlab chiqarish va uning tarmoqlarida metrologik xizmat va ta’minot

    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish