Ekspert-auditor muayyan talablarga javob berishi lozim




Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/60
Sana09.10.2024
Hajmi1,58 Mb.
#274164
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60
Bog'liq
Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

Ekspert-auditor muayyan talablarga javob berishi lozim: 

to‘liq oliy ma’lumotli va sertifikatlashtirish sohasida etarli bilimga ega bo‘lib, 
faoliyati sertifikatlashti-rishning ma’lum turi bo‘yicha attestatlangan bo‘lishi 
kerak; 

oliy o‘quv yurtini tamomlagandan so‘ng kamida 5 yillik amaliy stajga ega 
bo‘lishi, shundan kamida 3 yili standartlashtirish, metrologiya, sinovlar, sifatni 
boshqarish va ta’minlash sohalarida ishlagan bo‘lishi kerak. 
Ekspert-auditor chuqur bilimli, tadbirkor bo‘lmog‘i lozim. U quyidagi sohalar 
bo‘yicha bilimlarni mukammal egallagan bo‘lishi shart: 


67 

respublika sertifikatlashtirish milliy tizimining qoida va tartiblar; 

sertifikatlashtirish o‘tkazish bo‘yicha bilimlar va me’yoriy hujjatlarni tushunish; 

sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha asosiy ishlar mazmuni; 

sertifikatlashtirish va akkreditlash bo‘yicha iqtisodiy va huquqiy asoslari; 

mamlakat ichidagi va chet ellardagi sertifikatlashtirish va akkreditlash tajribasi; 

standartlashtirish, metrologiya va sifat tizimlarining asoslari; 

tekshiruv o‘tkazish va sifatni boshqarishning statistik usullari. 
Ekspert-auditortahlil qilish, mantiqiy asoslash, o‘zining fikrini qattiq va 
asoslangan holda himoya qilishlik; ijodiy qobiliyatga va murakkab vaziyatda to‘g‘ri 
qaror qabul qilish xususiyatlariga ega bo‘lishi; haqqoniy, ma’suliyatli, prinsipial 
ravishda hayrihoh, xushmuomalali, odobli va o‘zini tutabilishlik kabi shaxsiy 
sifatlarga ega bo‘lishi kerak. Ekspert-auditor tekshirilayotgan ob’ektning xodimlari 
bilan aloqada bo‘lish va kerakli hujjatlar bilan tanishish; ma’lumot uchun har qanday 
qo‘shimcha ma’lumotlar talab qilish (sertifikatlashtirish maqsadlari uchun); tizimda 
amaldagi me’yoriy-uslubiy hujjat-larni takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklifini 
berish; sertifikatlashtiriluvchi mahsulot, jarayon, xizmatlar, sifat tizimi va ishlab 
chiqarish bo‘yicha rejalarni tuzatish yuzasidan o‘z mulohazalarini kiritish huquqiga 
egadir. 
Korxonalarda sertifikatlashtirish sohasidagi ishlarni inobatga olib, 
sertifikatlashtirish milliy idorasi “O‘zstandart” tomonidan ekspert-auditorlar 
tayyorlash maxsus kurslari tashkil etilib, bu sohadagi o‘qishning tashkiliy tomonlari 
O‘zSMSITIning asosiy faoliyatlaridan biri deb qaralmoqda. Ekspert-auditorlarni 
tayyorlash odatda ikki bosqichda olib boriladi: nazariy bilimlarni olish va 
attestatlash natijasida ularga tegishli rasmiy hujjatlar topshirish. 
Maxsus kurs tinglovchilarining nazariy bilimlarini “O‘zstandart” agentligi 
tomonidan tuzilgan maxsus komissiya baholaydi. Baholanish natijalari etarli 
darajada bo‘lsa, ularga sertifikatlashtirish milliy tizimining ekspert-auditori degan 
guvohnomasi beriladi (agar attestatlashdan o‘tmasa rad etiladi). Ekspert-auditorlar 
ularga yuklatilgan vazifalari bo‘yicha muayyan burch va ma’suliyatlarga egadirlar. 

Download 1,58 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60




Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ekspert-auditor muayyan talablarga javob berishi lozim

Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish