• 3-prinstip. Har bir KNNliri uchun kritik chegeralarni aniqlash.  4-prinstip. KNN monitoring tizimlarini o’rnatish.  5-prinstip.
  • HACCPning afzalliklari
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet36/60
    Sana09.10.2024
    Hajmi1,58 Mb.
    #274164
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60
    Bog'liq
    Samarqand veterinariya meditsinasi instituti (1)

     
    HACCPning prinstiplari. 
    HACCPning zamonaviy tizimlari asosida 
    korxonalarda HACCP ni ishlab chiqish, joriy qilish va muvofaqiyatli boshqarishda 
    ketma-ket joriy qilinuvchi ettita prinstip yotadi: 
     

    1-prinstip.
    Risklar (xatarlar)ning tahlilini o’tkazish. 

    2-prinstip.
    Kritik Nazorat Nuqtalarini (KNN) aniqlash. 

    3-prinstip.
    Har bir KNNliri uchun kritik chegeralarni aniqlash. 

    4-prinstip.
    KNN monitoring tizimlarini o’rnatish. 

    5-prinstip.
    To’g’rilovchi amallarni o’rnatish. 

    6-prinstip.
    Yozuvlarni joriy qilish prosteduralarini o’rtashi. 

    7-prinstip.
    HACCP tizimini tekshirish prostedularini o’rnatish. 
    HACCPning afzalliklari 
    Iste’molchilar har doim sog’lig’i uchun mahsulotlarning sifatli va xavfsiz bo’lishi 
    tarafdori ekan, demak ishlab chiqaruvchilar sifatli xom ashiyoladan foylanaishlari 
    hamda sifatli va xavfsiz mahsulotlar ishlab chiqarishlari lozim. 
    Ma’lumki, insonlar ozuqa sifatida iste’mol qiladigan gusht-sut mahsulotlari sifati 
    hamda em-xashak sifati orasidagi to’g’ri bog’liqlikni keltirish mumkin. 
    Ishlab chiqarish amaliyotida HACCP tizimining tezlik bilan tarqalishi, butun 
    dunyo uni tan olishi va keng doirada qo’llanishi undan kim foydalansa, u bir qancha 
    afzalliklar bilan ta’minlanadi, xususan
    HACCP oziq-ovqat mahsulotlarni ishlab chiqarish stikli – xomashyoni 
    olishdan tortib to uni iste’molchilarga etib borgunigacha bo’lgan barcha 
    bosqichlarida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizlik parametrlarini qamrab oluvchi 
    tizimli yondashuvga asoslangna; 
    mahsulot nuqsonlarini bartaraf etish bo’yicha xarakatlarning kechikmasligi 
    yuzasidan oldini oluvchi chora-tadbirlardan foydalanish; 
    oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash bo’yicha javobgarlik aniqlash; 
    korxonaning imkoniyati va asosiy resurslaridan kelib chiqqan holda ularning kritik 
    jarayonlari va konstentrastiyasini xatosiz aniqlash; 
    ishlab chiqarishning umumiy hajmida nuqsonlar ulushini kamaytirish orqali sezilarli 
    darajada iqtisodga erishish; 
    Don va boshqa 
    ingredientlarning xavfsizligi 
    Em-xashakning 
    xavfsizligi 
    Go’sht, sut, 
    tuxumlarning 
    xavfsizligi 


    50 
    sudda ko’rilishi mumkin bo’lgan ishlarda va noroziliklarni tahlil qilishda muhim 
    hisoblangan 
    ishlab 
    chiqarish 
    mahsulotlari 
    xavfsizligi 
    hujjatlashtirilib 
    tasdiqlanganligiga ishonch hosil qilish. 
    HACCP tizimini joriy qilish korxonalarga bir qator tashqi afzalliklarni beradi 
    :ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga nisbatdan iste’molchilarning ishonchi oshadi; 
    mavjud bozorlardagi sotish ko’lami kengayadi va yangi bozorlarga chiqish 
    imkoniyati ochiladi; 
    muhim tenderlarda qatnashishda qo’shimcha afzalliklarga erishadi; 
    mahsulotlarning raqobatbardoshligi oshadi; 
    mahsulotning barqaror sifatini ta’minlash orqali reklamalar miqdorining 
    kamayishiga erishiladi; 
    sifatli va xavfsiz oziq-ovqat ishlab chiqaruvchining reputastiyasi (obro’si) ortadi. 
    Ishlab chiqarish amaliyotida HACCP tizimining tezlik bilan tarqalish, butun 
    dunyo uni tan olishi va keng doirada qo’llanishi undan kim foydalansa, u bir qancha 
    afzalliklar bilan ta’minlaydi.
    Ana shunda ishlab chiqarishning biron bosqichida oziq-ovqat xavfsizligiga 
    bo’ladigan har qanday tahdid imkoniyati istisno etilgan bo’lur edi. 
    Butun ishlab chiqarish jarayonida potenstial tahdidlarning oldini olishga asoslangan 
    oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmentining tizimini Hazard Analysis and 
    Critical Control Points (HACCP) taminlaydi.
     
    Tizimli yondashuvga asoslangan va butun oziq-ovqat silsilasida oziq-ovqat 
    mah sulotlari xavfsizligini uzluksiz ta’minlashni kafolatlaydigan HACCP tizimi o’z 
    samarasini ko’rsatdi va oradan shuncha yillar o’tib, kurrai zaminimizdagi ko’pgina 
    mamlakatlarda keng ommalashdi. 
    Hozirgi kunda HACCP prinstiplariga rioya qilish Evropa Ittifoqi 
    mamlakatlarida majburiydir 
    (28.01.2002 yildagi 178/2002/ES reglamenti oziq-
    ovqat bo’yicha qonun hujjatlarining umumiy prinstiplari va talablarini belgilaydi)

    Bojxona ittifoqiga a’zo har uchala mamlakatning oziq-ovqat mahsulotlari 
    etishtiruvchilari (tayyorlovchilari)ning hammasi 2014 yil 1 iyuldan e’tiboran 
    HACCP tartib-taomillarini joriy etishlari shart 
    (Bojxona ittifoqining «Oziq-ovqat 
    mahsulotlari xavfsizligi to’g’risida»gi TR TS 021/2011-raqamli texnik reglamenti)

    Mazkur reglamentga muvofiq mahsulot etishtiruvchilarning (tayyorlovchilarning) 
    hammasi HACCP prinstiplariga asoslangan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi 
    menejmenti tizimlarini ishlab chiqishlari, joriy etishlari va qo’llab-quvvatlashlari 
    kerak. Ana shu talablar O’zbekiston korxonalariga ham taalluqlidir. Agar ular oziq-
    ovqat mahsulotlarini nafaqat Evropaga, balki Rossiya, Qozog’iston va Belarusga 
    eksport qiladigan bo’lsalar, mazkur tizimlarni joriy etishlari va qo’llab-
    quvvatlashlari lozim bo’ladi. 
    HACCP tizimi oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga doir boshqa tizimlardan 
    farqi. 
    Oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligining an’anaviy prinstiplarida asosiy maqsad 
    pirovard mahsulotga to’g’ri keladi. Boshqacha qilib aytganda, mahsulot tayyor 
    bo’lganidan keyingina tanlov asosidagi tekshiruvga ro’baro’ bo’ladi. 


    51 
    HACCP tizimida xom ashyo va tayyor mahsulotni, ta’bir joiz bo’lsa, qadam-
    baqadam kuzatib borish prinstipi inobatga olinadi. Bunda korxonadan xom ashyoni 
    faqat ishonchli bo’lgan mahsulot etkazib beruvchilardan olish taqozo qilinadi. 
    Negaki, sifatsiz xom ashyodan sifatli mahsulot tayyorlash mushkul ishdir. Xuddi 
    shuningdek mahsulot kimga etkazib berilayotganligini ham juda puxtalik bilan 
    kuzatib turish lozim. Bu narsa iste’molchilar xavfsizligiga tahdid solingan taqdirda 
    mahsulotni kimdan chaqirib olish mumkinligini bilish uchun zarurdir. 
    HACCP tizimining qiymati muayyan tarmoqning o’ziga, korxona, bino, 
    foydalanilayotgan uskuna, texnologik jarayonlarning holatiga, foydalanilayotgan 
    oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligi yuzasidan korxonada qanday standartlardan 
    foydalanilayotganligiga bog’liqdir. Agar sanab o’tilganlarning hammasi yaxshi 
    holatda bo’lsa, HACCP tizimini joriy etish ancha arzonga tushadi.Bundan tashqari, 
    mazkur tizim samarali amal qilishi uchun, uni muntazam ravishda bir maromda 
    saqlab turish uchun korxona tomonidan sodir etiladigan xarajatlar ham bor. 
    Xodimlarni muttasil o’qitib-o’rgatish, hujjat yuritish va shu singari ishlar bilan 
    bog’liq xarajatlar shular jumlasidandir. Xodimlarning bilim va ko’nikmalari 
    takomillashtirilmas ekan, hatto eng zamonaviy uskunalar ham oziq-ovqat 
    mahsulotining xavfsizligini ta’minlashga qodir bo’lmaydi. 
    Evropalik ekspertlarning ma’lumotlariga qaraganda HACCP tizimini ishlab 
    chiqish va joriy etishga kiritilgan investistiyalar odatda 2–3 yil mobaynida qaytadi, 
    korxonani modernizastiya qilish yuzasidan katta ishlar qilingan taqdirda ham 
    shunday bo’ladi. 
    Biz oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligi menejmenti tizimlarini joriy 
    etish borasida xalqaro tajribaga ega bo’lgan maslahatchilarni, bu sohadagi eng 
    yaxshi mutaxassislarni tanlab olmoqdamiz. Maslahatchilarimiz qanchadan-qancha 
    korxonalarda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi menejmentiti tizimlari joriy 
    etilishini kuzatib turdilar va mijozlarimiz sertifikatlashtirishdan yaxshi o’tdilar. Ayni 
    bir vaqtda mahalliy maslahatchilarni ham jalb etmoqdamiz, ular tajriba orttirishiga 
    ko’maklashmoqdamiz. 
    Shuni aytib o’tish lozimki, HACCP tizimi asosan sifatni ta’minlashga 
    profilaktik yondoshuvda qurilgan va shuning uchun na faqat ishlab chiqarish 
    jarayonilari davomida nazorat vositasi bo’lib hisoblanib, balki, yangi mahsulotlarni 
    ishlab chiqishda sifatni loyihalashtirish uchun qo’llaniladi. 
    HACCP tizimini qo’llashdan asosiy maqsad barcha bosqichlarda (tayyorlash, 
    qayta ishlash, ishlab chiqarish, qadoqlash, saqlash, tashish, tarqatish, yuklash-
    tushirish ishlari, sotishga taklif etish va iste’molchilarga etkazib berish) jarayonlarini 
    uzluksiz tekshirish, tahlil qilish va monitoringini o’tkazish orqali oziq-ovqat 
    mahsulotlarini xavfsizligi va gigienasi ta’minlash bo’lib hisoblanadi.
    To’g’ri qo’llanish sharoitlarida HACCP tizimi o’zida oziq-ovqat 
    mahsulotlarining xavfsizligini samarali boshqarish ishonchini beruvchi sifatida 
    tavsiyalarni namoyon etadi. Tizim korxonalarga xavfsiz mahsulot etkazish va 
    keraksiz vaziyatlar yuzaga kelishini oldini olishni rejalashtirishni imkoniyatini 
    beradi. 
    HACCP tizimining asosiy tamoyillari: 


    52 
    Ichki bozorda ishlab chiqaruvchilar boshqa davlatlarning chakana savdo 
    tarmog’ida ishtirok etishi mumkin. Davlatlararo mahsulotlarni alanishini kengaytish 
    maqsadida qatnashuchi-davlatlar mahsulotga umumiy talablarni kelishuvga ko’ra 
    ishlab chiqishadi va o’rnatishadi. 
    Uning asosiga quyidagi tamoyillar kiritilgan: 

    Download 1,58 Mb.
    1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60




    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti “ Chorvachilik va o

    Download 1,58 Mb.
    Pdf ko'rish